Davlatning monopoliyaga qarshi faoliyati
Qo‘mitaning reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha ishlari hisoboti
Download 137 Kb.
|
Monopoliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi byudjet xarajatlari
- Atrog muhitni muhofaza qilish xarajatlari
- Uy-joy va communal xo’jaligini moliyalash
- Noishlab chiqarish sohasini moliyalashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasida joriy yilning 9-oyi mobaynida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon va Farg‘ona viloyatlari halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqqan holda, 9-oylik yakunlari va Qo‘mita oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishida 2006 yilga belgilangan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq, Qo‘mitaning o‘tgan 9-oy mobaynidagi faoliyati zarar ko‘rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor, istiqbolsiz korxonalarni ixchamlashtirishga, kommunal xo‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uni jadal rivojlantirish uchun sog‘lom raqobat muhitini yaratish va monopoliyaga qarshi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchiliklar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi. Hisobot davrida zarar ko‘rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor, istiqbolsiz korxonalarni tugatish va ixchamlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga binoan, Qo‘mita tomonidan 632 yirik korxonada monitoringlar o‘tkazilib, ularda ishlab chiqarish va moliyaviy ixchamlashtirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari boshlandi. Olib borilgan ishlar natijasida 486 korxonada ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni yaxshilangani kuzatildi, 345 korxona o‘rtacha oylik ishlab chiqarish va sotish xajmlarini 20% oshirishga erishdi. Shunisi muhimki, ishlab chiqarish quvvatlaridan uzoq muddat davomida foydalanilmay kelinayotgan ixchamlashtirilayotgan korrxonalar negizida 97 ta qo‘shma va sho‘’ba korxonalar tuzildi. Ularda hammasi bo‘lib 4541 yangi ish joylari barpo etildi va 7274 ish joyi qayta tiklandi. Shuningdek, istiqbolsiz va kam quvvatli korxonalarning mol-mulkini manfaatdor investorlarga sotish bo‘yicha ma’lum ishlar amalga oshirildi. Natijada, tekstil va boshqa tarmoqlardagi 217 korxona qayta tashkil etildi. Hay’tni ta’kidlashicha, o‘tgan hisobot davrida zarar ko‘rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarning soni anchagina qisqardi. Xususan, 2006 yilning 1 sentabr holatiga zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar soni o‘tgan yilga nisbatan 46 ga kamaygan va 110 tashkil etgan, bunda davlat ulushi bo‘lgan zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarning soni 92 tadan 66 taga qisqargan. Respublika bo‘yicha inflatsiya darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, tabiiy monopoliyalar va monopolist-korxonalar mahsulotlari (xizmatlari) narxlarini asossiz oshishini oldini olish maqsadida, Qo‘mita tomonidan 5 asosiy yo‘nalish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tabiiy monopoliyalar xizmatlari tariflarini shakllantirish va qo‘llashni optimallashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, respublika bo‘yicha suv va issiqlik ta’minoti tariflarini o‘sishiga yo‘l qo‘yilmadi va 2005 yil darajasida ishlab turishga erishildi.Olib borilgan ishlarni tasdig‘i sifatida, davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan monopol xizmatlar narxlari (tariflari)ni shakllantirish va qo‘llash tartibini belgilovchi normativ bazani takomillashtirilishi hisoblanadi. Xususan, bino va inshootlarni baholash bo‘yicha kadastr ishlari narxlari To‘plamini ekspertiza qilish natijasida, turli xildagi kadastr ishlarining narxlari 25% dan 50% gacha kamaytirilishiga erishildi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish maqsadlarida, iste’molchilar tomonidan ko‘rilgan 2346,8 mln.so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarga qaytarib berildi. Ko‘rilayotgan choralar kichik tadbirkorlikning ko‘lami va xajmini oshib borishiga yordam bermoqda. Biroq, erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, ba’zi hududiy organlar faoliyatida ma’lum kamchilar mavjud. Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Toshkent viloyatlari hududiy organlariga qarashli 136 korxona belgilangan ish rejasini bajarmagan. Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy organlari esa monopolist korxonalarning mahsulotlari va xizmatlari narxlari (tariflari) ustidan tegishli nazorat olib borish bo‘yicha rejalarni bajarmagani ta’kidlandi. Shuningdek, tashqi boshqaruv kiritilgan korxonalarda ham belgilangan ish rejalarini bajarishga yetarli e’tibor qaratilmagan. Kichik va o‘rta biznes, fermer xo‘jaliklari vakillari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga yetarlicha e’tibor ajratilmagan. Ba’zi mintaqalarda, masalan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda sezilarli kamchiliklar mavjud. Ushbu mintaqalarda jamoat tashkilotlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Hay’at yig‘ilishi yakunida qabul qilingan qaror aniq chora-tadbirlarni bir butun kompleksini va alohida tarzda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon va Farg‘ona viloyatlari halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida belgilab bergan vazifalarini bajarishni o‘z ichiga oldi. Oldinga qo‘yilgan vazifalar doirasida, Qo‘mita va uning hududiy organlari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan birgalikda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, iste’mol tovarlari, yo‘lovchi transporti xizmatlari bozorlarini, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga rioya qilinishini o‘rganish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda va ularni bajarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bir vaqtni o‘zida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari bilan birgalikda 2007 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobilyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalariga ega bo’lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalari, nagironlar, ishsizlar, yolg’izlar, va qaramog’ida bolalari bo’lgan ayolla r juda kam daromad oladi. Bu esa jamiyatda daromad taqsimlashining nomutanosibligini keltirib chiqaradi. Shuni oldini olish, aholini ijtimoiy himoyalash uchun davlat budjeti tomonidan mablag’lar ajratiladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi byudjet xarajatlari: Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan moddiy ishlab chiqarish sohasidagiboshqa mulkchilik shakllari paydo bo’ldi va davlatning bu sohadagi xarajatlari qisqardi. Korxonalar moliyasi-davlat moliya tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Chunki, faqat moddiy ishlb chiqarish sohasida jamiyat yalpi ichki mahsuloti yaratiladi, markazlashtirilgan pul mablag’lari jamg’armalariga qayta taqsimlash tartibida kelib tushadigan va byudjet tizimi daromadlarining asosiy qismini ta’minlaydigan dastlabki pul jamg’arilishi yuz beradi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalari rivojlanishini moliyalash o’z mablag’lari, moliya bozoridan jalb qilingan pul mablag’lari, byudjetdan va nobyudjet jamg’armalaridan ajratiladigan mablag’lar hisobiga amalgam oshiriladi. Korxonalarni investitsiyalash , ularning rivoji va quyidagi vazifalarni hal qilsh imkoniyatini yaratadi: Moliyaviy va moddiy resurslarni jamg’arish hisobiga o’z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish; Yangi korxonalar barpo etish; Biznesning yangi loyihalarini o’zlashtirish natijasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash. Hozirda capital qo’yilmalari maqsadli dasturlarni moliyalashga yo’naltirilmoqda. Bu esa moliyaviy resurslarni xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanishining eng muhim yo’nalishlarida to’plash imkoniyatlarini yaratadi. Hozirda ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo’llb quvatlash aksariyat hollarda hollarda qaytarish asoslarida raqobatchilik bo’yicha joylashtiriladigan o’zini tez qoplaydigan tijorat loyihalarini moliyalash ko’zda tutiladi. Bu esa investitsiya sohasiga xususiy investorlarning qo’shimcha mablag’larini jalb etish va davlatning tijoratni moliyalash amaliyotini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratadi. O’zbekistonda bir qator tumanlar energetikasinin\ rivojlantirish, tibbiyot sanoati, transport, aloqa, agrosanoat kompleksi va boshqalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqarish sohalariga qaytarilmaydigan investitsiyalarning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Atrog muhitni muhofaza qilish xarajatlari: Atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshilash bilan bog’liq tadbirlarni moliyalash uchun byudjetdan mablag’lar ajratiladi. Bu mablag’lar quyidagilarga yo’naltirilgan: Davlat iqtisodiy nazoratini amalgam oshirish; Qo’riqxonalar va milliy narxlar tashkil qilish va ularni saqlash; Maqsadli dasturlarni bajarish ( Orolni saqlash respublika jamg’armasi) Uy-joy va communal xo’jaligini moliyalash: Xozirgi urbanizatsiyalashgan jamiyatdagi eng muhim faoliyat- uy-joy communal xo’jaligi (UKX) hisoblanadi. Zamonaviy shaharlar va ishlab chiqarishni UKX xizmatlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Tarmoq sifatida UKX bir qator kichik tarmoqlarni o’z ichiga oladi: Uy-joy xo’jaligi; Suvva konalizatsiya xo’jaligi Issiqlik enegetika xo’jaligi Shahar yo’lovchilar transporti Mehmonxonalar Aholi yashash joylarini obodonlashtirish UKXni saqlash va rivojlantirish xarajatlarini moliyalash manbalari: Byudjet vositalari; UKX yurudik va jismoniy shaxslarga o’z xizmati va mahsulotlarini sotishdan olinadigan mablag’lar; Korxonalarning o’zlariga qarashli UKX ob’ektlarini saqlash uchun ajratiladigan vositalar. Byudjet mablag’lari hisobidan aholi yashash hududlarini ko’kalamzorlashtirish, yoritish, tozalash ishlari to’liq moliyalashtiriladi. Suv-kanalizatsiya xo’jaligi capital qo’yilmalarini byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Shahar yo’lovchilar transporti, uy-joy xo’jaligi va turar joylarni isitish uchun issiqlik energetikasi byudjetlardan dotatsiyalar ajratishni talab qiladi. Noishlab chiqarish sohasini moliyalashtirish. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling