Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk,xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi
Download 40.09 Kb.
|
Huquq 4ta kitob
“Davlatu saltanat uch narsa bilan:mulk,xazina va lashkar bilan tikdir.Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi.” (Amir Temur) “Fozil davlat uning aholisi ózaro yordam berishiga,insonparvarlikka,insoniy mehr-oqibatga,uning oliy boylik ekanini payqab olishga ,yaxshilashga asoslanishi kerak.” (Farobiy) “Davlat ishlarining tòqqiz ulushi kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirishini angladim.” (Amir Temur) “Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa,u inqirozga yuz tutadi.” (Abu Bakr Xorazmiy) “Podshoh òzlarini adolat bilan bezatishlari kerak,xalq bunday podshohga ehtirom kòrsatishi zarur.” (Abdulloh Muqni’). “Aflotunning aytishicha,eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir.Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni òrganishi zarur,chunki ular keyinchalik xalqning òziga foyda keltiradi.” (Abu Nasr Farobiy) “Adolat-oxiratda najot,dunyoda saodat boshi.” (Ali ibn Abu Tolib) “Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga òxshaydi.Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.” (Amir Temur) “Qudratimizga shak-shubhangiz bòlsa,biz qurgan binolarga boqing.” (Amir Temur) “Hukumat-sòzlovchi qonun,qonun esa gung hukumatdir.” (Sitseron Mark Tulliy) “Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug’iladi.” (Monteskiyo) “Ozod bòlish uchun qonunlarning quliga aylanishga tòg’ri keladi.” (Sitseron Mark Tulliy) “Qattiq jazo choralarini qòllab,jinoyat uchun òzaro javobgarlik tizimi joriy etilganida odamlar òzlarida qonun kuchini sinab kòrishga jur’at qila olishmaydi.” (Shan Yan) “Dono vazir shuldurki,òz òrniga qarab,goh qattiqqiòllik,gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi.Bunday vazir ortiqcha qattiqqòllik ham qilmaydi,kòp muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi.Agar kòp muloyimlik qilsa,dunyo talab,tamagir odamlar uni yutib yuboradilar.Agar ortiqcha qattiqqòllik ishlatsa,undan qochadilar va unga murojaat qilmaydilar.Demak,dono vazir shuldirki,saltanat korxonasining ishlarini eng tòg’ri chora-yu tadbirlar qòllab,yaxshi anglagan holda amalga oshirib,davlatni tartib-intizomga keltiradi.” (Amir Temur) “Inson tarbiyasining darajasi boshqaning huquqini hurmat qilish bilan belgilanadi.” (Muhammad Kamol Pilav) “Oltin va kumushi bòlmagan odam kambag’al emas,balki es-xushi va kasb-hunari bòlmagan kishi kambag’aldir.” (Majiddin Xavofiy) “‘Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar kòp?’ degan savolga:Sababchisi siz-u biz.Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida òzimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz” (Abu Ali ibn Sino) “Platon menga dòst,lekin haqiqat qimmatlidir” (Aristotel) “Agar sen inson bòlsang,xalq ehtiyoji tòg’risida qayg’urmaydiganni inson deb atamagin” (Alisher Navoiy) “Barcha g’alabalar òz ustingdan g’alaba qozonishdan boshlanadi.Bu eng oliy hokimiyat.Òz ehtiyojlaring quliga aylanish-eng qiòrqinchli qullikdir.” (Seneka) “Mehnat-g’alaba,shon-shuhrat va boylik kaliti.” (Xalq maqoli) “Agar davlat qonunlarga tayanmasa,u òzining shon-shuhrati va buyukligini uzoq vaqt saqlay olmaydi.” (Amir Temur) “Bekorchilik va maishatparastlik nafaqat odobsizlikni tug’diradi,ular bir vaqtda bemorlikka ham sabab bòladi.” (Abu Ali ibn Sino) “Birovga choh qazima,òzing tusharsan” “Zòravonlik-oxiri vayronlik” “Inson òzi boshiga balo keltirar” “Och qornim,tinch qulog’im” “Òz baxtim òz qòlimda” “Tòqlikka shòxlik” “Xòrlik òlimdan yomon” “Òg’ri òg’irlab yòlga tushar,oxiri borib qòlga tushar” “Yomon bilan yurdim,qoldim uyatga,yaxshi bilan yurdim,yetdim niyatga” (Xalq maqoli) “”Jahling chiqqanida sòzlaringga diqqat qil…Kattalrdan oldin yurma.Birov gapirayotganida oraga gap suqma” (Luqmoni Hakim) “Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yòl qòysa,shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” (Fitrat) “Tuhmatchi bir soatda bir oyga tatigulik fitna qòzg’atadi” (Alisher Navoiy) “G’ofil odam kòz yumib g’aflat uyqusiga botadi,ey,irodali mard ,g’ofil bòlma,hushyor bòl” (Yusuf Xos Hojib) “Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki,u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi” (Jan Jak Russo) “Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bòlmaydilar.Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yòl topadilar” (Aflotun) “Qanoat-harom bilan halolning chegarsini belgilaydigan vijdin qozisi” (Hikmat) “Insonning eng katta dushmani-bu uning nafsi” (Hikmat) “Pora faqat nohaqlig-u zolimlarga yordam beruvchidir” (Mahmud Zamaxshariy) “Pora ònglanib ketgan ishlarni buzadi,bitayotgan ishlarni barbod qiladi” (Yusuf Xos Hojib) “Axborot-bu bizning tashqi dunyoga moslashish jarayonida undan oladigan ma’lumotlarni òzida ifoda etadigan tushunchadir” (N.Viner) “Soliqlar ularni tòlovchi shaxslar uchun qullik emas,balki ozodlik alomatidir” (A.Smit) “Qonun qudratli,biroq ehtiyoj yanada kuchliroq” (Gyote) “Xijolat va tortinchoqlik qayg’u va yomonlik tufayli tinchlikning buzulishidir.Bundan inson òzining òtmishi,hozirgi payti va kelajakdagi mavqeyi qanday bòlishidan qat’i nazar,òzini òzi koyiydi” (Abu Ali ibn Sino) “Vaqtni ‘essiz’,’qaniydi’,’koshkiydi’lar bilan òtkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan” (Kubro) “Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida sòz eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda” (Paulo Koelyo) “ Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga-ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilishi shart. Ijtimoiy adolat-bu siyosiy qarashlari,jinsi,millati,tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar,qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir” (Shavkat Mirziyoyev) “ ‘Xalq davlat idoralariga emas,davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak’ degan prinsip barcha bo’g’indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak ” (Shavkat Mirziyoyev) “Bizning maqsadimiz-xalq hokimiyatini so’zda emas,amalda ta’minlashdan iborat.Bu-biz yashayotgan bugungi murakkab davrning asosiy talabidir” (Shavkat Mirziyoyev) “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlshning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi” (Shavkat Mirziyoyev) “Jamiyatda ‘Qonun va adolat-ustuvor,jinoyatga jazo-muqarrar’ degan prinsipni qaror toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz” (Shavkat Mirziyoyev) “Davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so’zsiz ta’minlanishi shart” (Shavkat Mirziyoyev) “Harbiy xizmat jarayonida har bir yosh askar bilan alohida ish olib borishimiz,ularni avvalo,Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk,jasur ajdodlarimizni munosib vorislari,ona Vatanni haqiqiy himoyachilari etib tarbiylashimiz darkordir” (Shavkat Mirziyoyev) 2019-yil 29-may Bosh prokrotura huzurida MIB(Majburiy ijro byurosi) tashkil etildi. 2018-yil 14-martda Prezidentimiz farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi. 2018-yil 5-aprelda “Davlat xavfsizlik xizmati tòg’risida”gi qonun qabul qilindi. 2019-yil 1-yanvardan yangilangan Soliq tizimi amalga kiritildi. 2018-yil 23-fevralda Vazirlar Mahmasining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi qonunga 2000-yil 25-mayda; “Mikromoliyalash to’g’risida”gi qonunga 2006-yil 15-sentabrda; “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi qonunga 2006-yil 20-sentabrda”; “Bojxona kodeksiga” 2016-yil 20-yanvarda zarur òzgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. 2017-yil 9-avgustda “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi F-5017 farmoyishga binoan barcha tashkilotlar “Ijro.gov.uz” yagona elektron tizimga ulandi. 2019-yil 9-yanvar kuni Prezidentimiz “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi qarorga imzo chekdi.”Shaxs-oila-mahalla-ta’lim muassasasi-tashkilot-jamiyat” prinsipi belgilanib,”Yòl xaritasi”belgilandi. 2018-yil 1-iyul holatiga ko’ra yurtimizda Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tgan fuqarolik jamiyati institulari soni 9478 tani tashkil etadi. O’zbekiston “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh tòg’risida”(Jeneva,1973-yil 26-iyun)gi konvensiyaga O’RQ 140-son qonuni bilan 2008-yil 4-aprelda; “Bolalar mehnatining eng o’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”(Jeneva,1999-yil 17-iyun)gi konvensiyaga O’RQ-144 son qonuni bilan qo’shilgan. Konstitutsiya loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlangan va 6000 dan ortiq taklif asosida 80dan ortiq o’zgarish kiritildi. O’zbekistonda ilk bor 1991-yil 29-dekabrda prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi. 2002-yil 27-yanvardan O’zbekiston 2 palatali parlament tizimiga òtdi. O’zbekiston YXHT(Yevropa xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Xalqaro tashkilot)ga 1993-yil 26-fevralda; YUNESKO(BMT ning Ta’lim,fan va madaniyatga ixtisoslashgan muassasasi)ga 1993-yil 29-oktabrda; YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondiga 1995-yil 22-dekabrda; SHHT(Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga 2001-yil 15-iyunda qabul qilindi. 2018-yil 25-yanvardan 11- yillik maktab tizimiga òtildi va mutaxasislikka ega bòlish uchun 6 oydan 2 yilgacha òqitish muddatlari belgilandi. 2019-yil 1-yanvardan “chiqish vizasi” berish to’xtatildi. Oliy Majlis huzurida 1995-yil Ombudsman tashkil etildi. Ijroiya hokimiyati tizimida 1996-yil 31-oktabrda Inson huquqlari bo’yicha Milliy Markaz tashkil etildi. 1993-yil 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni etib belgilnadi. 1993-yil 7-mayda Prezident farmoniga muvofiq mammlakatizmizda 1-orden “Sog’lom avlod uchun” ta’sis etildi. O’zbekistonda 2008-yil 7-yanvarda “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi qonu qabul qilindi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasi qabul qilindi. O’zbekistonda prezident lavozimi 1990-yil 24-martda joriy etilgan. 2017-yil 6-aprelda Konstitutsiyamizning 80,81,83,93,107,110,111 va 112 moddalariga òzgartirishlar kiritildi.Fuqarolik,jinoyat,ma’muriy va iqtisodiy sudlari yagona-Oliy Sudga birlashtirildi. 1994-yil 1-iyuldan so’m muomalaga kiritilgan va 1995-yil 15-oktabrdan yurtimizda barcha to’lovlar so’mda amalga oshiriladi. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yil 10-dekabr BMT bosh assambleya 217A(lll) rezolutsiyasi bilan qabul qilingan. 1946-yil YUNISEF tashkil etildi. 1959-yil BMT Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. 1979-yilni BMT Xalqaro bola yili den elon qildi. 1989-yil 20-yanvarda Bola huquqlari haqidagi Konvensiya qabul qilindi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun 1994-yil 22-sentabrda tasdiqlandi va 1995-yil 1-apreldan kuchga kirdi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-avgustdagi qonuni bilan tasdiqlangan.1996-yil 29-avgustagi qonuni bilna tasdiqlangan.1997-yil 1-martda Fuqarolik kodeksi qabul qilindi.6 bo’lim,71bob va 1199 moddadan iborat. 1996-yil 26-aprelda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. O’zbekistonda ilmiy va badiiy ijod sohasidagi munosabatlar: Konstitutsiya; Fuqarolik kodeksi; “Mualliflik va turdosh huquqlat to’g’risida”gi qonun 1996-yil 30-avgust; “Mulkchilik to’g’risida”gi 1992-yil; “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining himoyasi to’g’risida”gi qonun 1995-yil; “Soliq kodeksi” 1997- yil orqali tartibga solinadi. Intelektual mul sohasidagi munosabatlar: Bern konvensiyasi bitimlari (1971-yil 24-iyul); Butunjahon mullifli huquqi konvensiya bitimlari(1952); MDH doirasidagi bitimlar(1995-yil 10-fevral) orqali tartibga solinadi. “Shuhrat”-1994-yil 5-mayda tasis etilgan. “Mehnat shuhrati”- 1995-yil 30-avgust tasis etilgan. BMT 1993-yil 20-sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994-yil 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadigan bòlindi. Jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrdagi qarorga muvofiq 1995-yil 1-apreldan kuchga kirdi. 2003-yil Nyu-Yorkda Korrupsiyaga qarshi konvensiya qabul qilingan. 2013-yil 26-dekabrda “O’zbekiston Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. O’zbekiston: “Biologik xilma-xillik to’g’risida”gi (1992,Rio-de-Janeyro); “Dunyoning madaniy va tabiiy merosini himoya qilish to’g’risida”gi(1972); “Osiyo va Afrika botqoqliklarida yashovchi va ko’chib yiruvchi qushlarni himoya qilish to’g’risida”gi(1995-yil 16-iyun); “Yo’qolish arafasidagi yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to’g’risida”gi(1973-yil 3-mart); “Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir”(1976-yil 10-dekabr); BMT iqlim o’zgarishiga to’g’risidagi Doiraviy konvensiyasi(1992-yil 9-may); “Ozon qatlamini saqlash to’g’risida”gi Vena konvensiyasi,”Ozon qatlamini buzuvchi moddalar tòg’risida”gi Monreal protokoli(1985-yil 22-mart); YXHT ning”Energetik xartiyasi”(1991-yil 17-dekabr); “Qattiq q’urg’oqchlikni boshdan kechirayotgan va cho’lga aylanib borayotgan mamlakatlarda,ayniqsa Afrikada cho’lga aylanib borishlarga qarshi kurash tòg’risida”gi Konvensiya(1994-yil 17-iyun)larga qo’shilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan.5 qism,53moddadan iborat. Download 40.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling