Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar


Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki


Download 214.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana09.01.2022
Hajmi214.19 Kb.
#257183
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
korparativ

Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  Daʼvogar  tomonidan  mazkur 

masala boʼyicha daʼvo talabi keltirilishiga  Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha 

masʼuliyatli jamiyatlar  toʼgʼrisida”gi 

Qonunning 

8-moddasi 

va 


Oʼzbekiston 

Respublikasi Oliy xoʼjalik sudi 

Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ 

nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʼgʼrisida” 2014 yil 20 iyundagi 262-sonli qarori 

Oʼzbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  asos  boʼlgan    normalar  hisoblanadi. 

“Masʼuliyati 

cheklangan 

hamda 


qoʼshimcha 

masʼuliyatli 

jamiyatlar 

toʼgʼrisida”gi  Qonunning  8-moddasi  va  Oʼzbekiston  Respublikasi  Oliy  xoʼjalik  sudi 

Plenumining  “Iqtisodiy  sudlar  tomonidan  korporativ  nizolarni  hal  etishning  ayrim 

masalalari  toʼgʼrisida”  2014  yil  20  iyundagi  262-sonli  qarori  19-bandining  ikkinchi 

xatboshisida,  agar  daʼvogar  ishtirokchining  ulushi  yoki  bir  nechta  ishtirokchilarning 

jami  ulushlari  jamiyat  ustav  fondi  (ustav kapitali)ning  oʼn  foizidan  kam  boʼlsa  yoxud 

daʼvo  arizasi  jamiyatning  oʼzi  tomonidan  berilgan  boʼlsa,  daʼvo  arizasini 

qanoatlantirish  rad  etilishi  lozimligi  toʼgʼrisida  tushuntirish  berilgan.  Demak 

da’vogarning  ulushi  2,9  %  bo’lsa,  normalarga  asosan,  da’vo  arizasini 

qanoatlantirish rad etilishi lozim. Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli 

jamiyatlar  toʼgʼrisida”gi  Qonunning  41-moddasiga  asosan,  jamiyat  ishtirokchilari 

umumiy  yig‘ilishining  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonun  hujjatlari,  jamiyatning  ustavi 

talablari  buzilgan  holda  qabul  qilingan  hamda  jamiyat  ishtirokchilarining  huquqlari  va 

qonuniy  manfaatlarini  buzadigan  qarori  ovoz  berishda  ishtirok  etmagan  yoki  bahsli 

qarorga  qarshi  ovoz  bergan  jamiyat  ishtirokchisining  arizasiga  ko‘ra  sud  tomonidan 

haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.  Bunday  ariza  jamiyat  ishtirokchisi  qabul  qilingan 

qaror  to‘g‘risida  bilgan  yoki  bilishi  lozim  bo‘lgan  kundan  e’tiboran  ikki  oy  ichida 



berilishi  mumkin.  Agar  jamiyat  ishtirokchisi  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  qarorni  qabul 

qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza 

shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Da’vogar 

ishtirok etmaganini isbotlashi lozim bo’ladi. 

 


Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling