Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
Kazus 6 Daʼvogar - “Termiz Аgromashmontaj” MChJ taʼsischisi Sh.Mamadaliev javobgar – “Termiz Аgromashmontaj” MChJiga nisbatan 2019 yil yanvarda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, mulk huquqidan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan huquqi (taʼsischilar umumiy yigʼilishiga qatnashish, kun tartibidagi masaladan xabardor boʼlish, kun tartibidagi masala boʼyicha qaror qabul qilishda ishtirok etish va ovoz berish)ni tiklab, qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, javobgar – “Termiz Аgromashmontaj” MChJ taʼsischilari nomidan soxtalashtirilgan 2009 yil 25 maydagi taʼsischilar umumiy yigʼilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʼragan. Аniqlanishicha, “Termiz Аgromashmontaj” MChJining 2009 yil 25 maydagi taʼsischilar umumiy yigʼilish bayonnomasiga koʼra, jamiyatning 2008 yildagi moliyaviy va iqtisodiy koʼrsatkichlari boʼyicha jamiyat raisining hisobotini maʼqullash, yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʼrib chiqish, boʼsh turgan avto ulov ayvoni va yer maydoni bilan Аgrosanoat birja savdosi orqali sotish, yer maydoni va ayvonini baholash uchun tuzilgan komissiya tarkibini tasdiqlash toʼgʼrisida qaror qabul qilingan. Daʼvogarning daʼvo arizasida, “Termiz Аgromashmontaj” MChJining 2009 yil 25 maydagi taʼsischilar umumiy yigʼilish bayonnomasidan xabari boʼlmaganligi, ushbu qarordan 2018 yil noyabr oyida xabar topganligi, jamiyat tomonidan qonun talablari buzilgan holda qaror qabul qilinganligi toʼgʼrisida vaj keltirilib, “Termiz Аgromashmontaj” MChJ taʼsischilari nomidan soxtalashtirilgan 2009 yil 25 maydagi taʼsischilar umumiy yigʼilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʼragan. “Termiz Аgromashmontaj” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan maʼlumotnomaga koʼra, Sh.Mamadalievning jamiyatdagi ulushi 2,9 foizni tashkil etadi.
Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling