Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
Savollar I. Masalaning nazariy-doktrinal asoslari
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
Savollar
I. Masalaning nazariy-doktrinal asoslari 1. Jamiyat taʼsischisining (ishtirokchisining) jamiyatni boshqarishdagi huquqlarini tahlil qiling. MChJ faoliyatning istalgan (qonunchilik bilan taqiqlanmagan) turini amalga oshirishga haqlidir, lekin 2001 yil 6 dekabrdagi N 310-II Oʼzbekiston Respublikasining «Masʼuliyati cheklangan va qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq, MChJ ustavida ushbu MChJ faoliyatining narsasi belgilangan boʼlishi lozim, yaʼni maxsus huquqiy layoqati belgilanadi.
Bizning fikrimizcha, bu holat bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyatining ruhiga mos kelmaydi, sababi shuki, bu tadbirkorlik subʼektining tanlov erkinligini cheklaydi, chunki taʼsischilar oʼzlari tuzayotgan MChJ shugʼullanishi mumkin boʼlgan barcha faoliyat turlarini aniq va toʼliq oldindan koʼra oladi, deb tasavvur qilish qiyin. MCHJ ishtirokchilari jamiyatni boshqarishda bir qancha huquqlarga ega. MChJning, shuningdek, uning ishtirokchilarining huquqiy maqomi Oʼzbekiston Respublikasi FK, Oʼzbekiston Respublikasining «Masʼuliyati cheklangan va qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida»gi Qonuni bilan belgilanadi. Yuqoridagi Qonun MChJning huquqiy maqomini, uning ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini, uning tuzilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibini belgilab beradi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʼgʼrisidagi qonunchilik boshqa qonunchilik hujjatlarini ham oʼz ichiga oladi.
MChJ oʼzining rivojlanishi uchun aktsiyalarni chiqarish orqali mablagʼlarni jalb etishi mumkin emasligini ham aytib oʼtish lozim. Shuning uchun qarz mablagʼlari MChJ qoʼshimcha resurslarining asosiy manbai hisoblanadi. Ularni olish uchun MChJ xoʼjalik shirkatining ishtirokchilari shirkat majburiyatlari boʼyicha subsidiar javobgarligi bilan bogʼliq boʼlgan xoʼjalik shirkatining oʼziga xos afzalligidan foydalana olmaydi (qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyat bundan istisno–Oʼzbekiston Respublikasi FK 63-moddasiga qarang). Ustav kapitali miqdori kichik boʼlganda MChJ ishtirokchilari uni rivojlantirish uchun MChJ qarzlari boʼyicha javobgarlikni oʼz zimmalariga olishga, oʼz kafilligi bilan kreditlar qaytarilishi va MChJ qabul qilgan boshqa majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashga, shuningdek, MChJ ga qarz olish, ijara shartnomalari va hokazolar boʼyicha pul mablagʼlari va
mol-mulkini berishga majbur boʼladi. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonunning 8-moddasiga asosan quyidagi huquqlar keltirib o`tilgan: ➢ ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; ➢ qonun hujjatlarida va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
➢
➢ jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o‘zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
➢ jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish; ➢ jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling