Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
Aldosteroma (birlamchi giperaldosteronizm, Konn sindromi) buyrak usti bezi po‘stloq qismining koptokcha sohasidan rivojlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda o‘sma xavfsiz tabiatli bo‘ladi va faqat 5% hollarda xavfli o‘sishi aniqlanadi. O‘sma to‘qimasi ortiqcha miqdorda aldosteron ishlab chiqaradi.
Patogenezi. Aldosteronning ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda turli-tuman biokimyoviy va morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Bu kasallik uchun dastavval sezilarli tarzda elektrolit muvozanatining buzilishlari xos. Aldosteron buyrak kanalchalariga ta'sir etib, kaliy va suv reabsorbsiyasi kamayishiga, natriy reabsorbsiyasi ko‘payishiga olib keladi. Kaliyning siydik orqali jadal suratda chiqarilishi, gipokaliemiya rivojlanishiga (3,0 mmol/l dan kam) olib keladi. Hujayradagi kaliy ionlari natriy va vodorod ionlari bilan almashinadi. Natriyurez pasayishi ho‘jayra ichi va hujayra tashqarisidagi bo‘shliqda natriy ionlari oshishiga olib keladi. Natriy gidrofil ion bo‘lgani uchun suvni tutib turadi va o‘ziga tortib oladi. Natijada to‘qimalar shishishi, ayniqsa qon tomir devori shishi rivojlanadi, uning ichki bo‘shlig‘i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon tomir tonusi, periferik qon tomir qarshiligi ortadi va arterial gipertenziya rivojlanadi. Kasallik aksariyat navqiron yoshdagi ayollarda uchraydi. Aldosteroma simptomlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyromushak simptomlar; aldosteronni bevosita buyrakka ta'siri natijasida vujudga kelgan simptomlar; arterial qon bosimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan simtomlar. Nerv mushak simptomlari gipokalemiya va nerv-mushak o‘tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak bo‘shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo‘lib, tez-tez charchashlar, oyoq mushaklarini egallay-digan bo‘sh falajliklargacha olib keladi. Paresteziya va talsavalar (mushak tortishishi) ko‘plab qayd etiladi. Buyrak simptomlari orasida ko‘proq poliuriya, nikturiya, gipostenuriya kuzatiladi. Siydik orqali ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilishi sababli, polidipsiya (tashnalik) yuzaga keladi. Arterial gipertenziya - aldosteromaning asosiy, ba'zan esa yagona simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi o‘rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol (220-250/120-140 mm Hg) gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog‘liq kuchli bosh og‘rig‘iga shikoyat qiladilar. Arterial gipertenziya yurak chap qorinchasining yaqqol gipertrofiyasiga olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo‘ladi. Ko‘z tubi tomirlari zararlanib, ko‘pincha ko‘rish faoliyati buziladi. Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko‘rinishlarini va laboratoriya tekshiruvlari ma'lumotlarini tahlil qilishga asoslangan. Radioimmun tahlil plazmada, bazal sharoitlarda aldosteron konsentrasiyasini oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so‘ng uning parodoksal pasayishi, plazma renini aktivligining kamayishini aniqlay-di. Biokimviy tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi. Siydik ishqoriy reaksiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo‘lishi mumkin. Asbob-uskuna yordamida tekshiruv usullari orasida UZI va KT ning ahamiyati katta. Aldosteromalar kichik o‘lchamlarda (1,5-2 sm) bo‘lganligi sabali ularni UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin. Diagnostikaning eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi. KT da zichliga past bo‘lgan (10-14 Nn birligi) tuzilmalar aniqlanadi. Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operasiyasi bajariladi.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling