Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni asoslash
- Tarbiyaviy maqsadlar
- Maruza masalalari
- Muhokamaga muxtoj bo‘lgan savollar va ularga ajratilgan vaqt
- Qayta aloqa o‘rnatish uchun auditoriyaga beriladigan savollar
MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI
Mavzuni asoslash: Bugungi kunda yurak-qon tomirlar tizimining kasalliklari aholining umumiy kasallanish strukturasida birinchi o‘rinni egallab, mehnat qobiliyatini yo‘qotish, erta nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma'ruza maqsadi: talabalarga simptomatik arterial gipertenziya buyicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish. Tarbiyaviy maqsadlar: simptomatik arterial gipertenziya, uning bulishi mumkin asoratlari va ularni oldini olish xamda davolash buyicha talabalarni bor bilimlari diapazonini kengaytirish, klinik fikrlash kobiliyatini rivojlantiradi, talabalarni amapliy mashgulotlarga tayerlashdan iborat. Ma'ruza masalalari: Simptomatik arterial gipertenziya xakida tushuncha, uning tasnifi, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, diagnostikasi va differensial diagnostika, davolash usullarini (jarroxlik va endovaskulyar) yoritish hamda xirurgik amaliyotlarda uchragan misollarni demonstrasiya qilish (bemorlar, slaydlar, angiogrammalar). Muhokamaga muxtoj bo‘lgan savollar va ularga ajratilgan vaqt: Motivasiya, mavzuni asoslash – 5 min. Qisqacha anatomo-fiziologik ma'lumotlar – 5 min. Simptomatik arterial gipertenziya etiopatogenezi – 10 min. Simptomatik arterial gipertenziya klinik manzarasi – 20 min. Diagnostika va differensial diagnostika – 20 min. Simptomatik arterial gipertenziyani davolash – 20 min. Kasallik profilaktikasi – 10 min. Qayta aloqa o‘rnatish uchun auditoriyaga beriladigan savollar: 1. «Essensial gipertenziya» tushunchasi? 2. «Simptomatik gipertenziya» tushunchasi? 3. Vazorenal gipertenziyaning asosiy etiologik sabablar. 4. Buyrak usti bezi gipertenziyasining asosiy etiologik omillari. 5. Aldosteroma nima? 6. Feoxromasitoma nima? 7. Fibromuskulyar displaziyada angiosemiotika. 8. Vazorenal gipertenziyada bajariluvchi operasiya turlari. 9. Buyrak usti bezi gipertenziyasida bajariluvchi operasiya turlari. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling