Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
Etiologiya. Hozirga qadar vazorenal gipertenziyaning 40 ga yaqin sabab-lari mavjud. Vazorenal gipertenziya, kelib chiqish sabalariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma sabablari orasida quyidagalar ko‘proq uchraydi: buyrak arteriyalarining fibroz-mushak displaziyasisi, aorta va buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, buyrak arteriyalari anevrizmalari, tug‘ma arterio-venoz oqmalar. Ortirilgan sabablar: ateroskleroz, nospesefik aorto-arteriit, nefroptoz, buyrak infarkti, buyraklar jarohati, buyraklar o‘smalari. Ateroskleroz 40 yoshdan oshgan shaxslarda vazorenal gipertenziyaning asosiy sababi hisoblanadi va 60-85% gacha bemorlarda uchraydi. Atersklerotik pilakcha (blyashka)lar ko‘pchilik hollarda buyrak arteriyasini aortadan chiqish qismida yoki uning uchdan bir proksimal qismida joylashadi. Ko‘pchilik hollarda buyrak arteriyasining bir tomonlama zararlanishi kuzatiladi, ayrim hollarda arteriya ikki tomonlama shikastlanadi, bu odatda 1/3 bemorlarda uchraydi va vazorenal gipertenziyaning bir muncha og‘ir kechishiga olib keladi. Kasallik, aksariyat erkaklarda ayollarga nisbatan (2-3 marta ko‘p) uchraydi. Vazorenal gipertenziyaning sabablari ichida fibroz-mushak displaziyasi atersklerozdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Fibroz-mushak displaziyasisi asosan navqiron yoshda va hatto bolalik yoshida (12- 44 yoshgacha) uchraydi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 28 yoshni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga qaraganda 4-5 marta ko‘proq kasallanadi. Morfologik jihatidan fibroz-mushak displaziyasisi asosan buyrak arteriyalari, ularning tarmoqlarini qamrab oladigan, arteriyaning mushak, intima qatlamlarida distrofik va sklerotik o‘zgarishlar kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda arteriyaning mushak elementlarini giperplaziyasi mikroanevrizmalar hosil bo‘lishi bilan birga kuzatiladi. Natijada torayish va kengayishlarni (anevrizmalar) aralash joylashishi kuzatiladi. Bu arteriyalarga o‘ziga xos tus beradi, ular marvarid yoki munchoq iplariga o‘xshab qoladi. Patologik jarayon 2/3 hollarda bir tomonlama bo‘ladi. Vazorenal gipertenziyaning sabablaridan biri nospesifik aortoarteriit (Takayasu kasalligi) hisoblanadi. Nospesefik aortoarteriit tarqalgan xarakterga ega bo‘lgan kasallik bo‘lib, patologik jarayon asosan aorta ravog‘i tarmoqlari, torakoabdominal aorta va uning tarmoqlarida kuzatiladi. Vazorenal gipertenziyaning boshqa sabablari orasida nospesifik aortoarteriit 17-22% ni tashkil qiladi. Bu kasallikda buyrak arteriyalarining zararlanishi aksariyat ikki tomonlama bo‘ladi va har ikkala jinsdagi shaxslarda ham kuzatiladi, biroq asosan yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. Kasallik odatda 11-20 yoshda boshlanadi, 2-3 yildan so‘ng buyrak arteriyalarining torayishi yuzaga chiqadi. Patogenezi bo‘yicha bu kasallik autoimmun xarakterga ega bo‘lib, etiologiyasi xozirgacha to‘liq aniqlangan emas. Klinik jihatdan kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, leykositoz, EChT ning ortishi, gipergammaglobulinemiya, fibrinogenning oshishi va S-reaktiv oqsili paydo bo‘lishi kabi belgilar bilan boshlanadi. Vazorenal gipertenziya yana quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buyrak arteriyasining ekstravazal kompressiyasi oqibatida, buyrak arteriyasi o‘tkir trombozi yoki emboliyasi natijasida, buyrak arteriyalarida anevrizma hosil bo‘lishi, buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, nefroptoz, o‘sma, kista, buyraklarning rivojlanish nuqsonlarida va boshqalarda.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling