Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
Davolash. Davolashning kuyidagi turlarini farq qilish mumkin:
Konservativ usul – operasiya o‘tkazishga monelik bo‘lganda. Xirurgik usul: - rekonstruktiv operasiyalar: transaortal endarterektomiya, buyrak arteriyasi replantasiyasi, buyrak arteriyasini protezlash - ikkilamchi geperaldosteronizmni korreksiya qilish uchun buyrak arteriyalari va buyrak usti bezidagi simultan operasiyalar. - nefrektomiya.
Rentgenendovaskulyar usullar: buyrak arteriyalarini translyuminal angioplastikasi (yoki rentge-noendovaskulyar dilyatasiyasi - RED) stentlash yoki usiz; ikkilamchi giperaldosteronizmni korreksiya qilish uchun buyrak usti bezlaridagi simultan REA. Renovaskulyar gipertenziyani davolashning eng samarador usuli xirurgik usul bo‘lib, buyrak arteriyalarining stenozi sababini bartaraf etish va buyrakka normal qon oqimini tiklashga qaratilgan. 1952 yilga qadar xirurgik davolashning yagona usuli nefrektomiya bo‘lgan, u bir tomonlama zararlanishda va kasallikning o‘tib ketgan bosqichida amalga oshirilar edi. Hozirga kunda buyrak ichi qon tomirlari torayishida yoki zararlangan buyrak gipoplaziyaga uchraganda va uning faoliyati yaqqol buzilgandagina nefrektomiya bajariladi. Bundan tashqari buyrak o‘lchamlarining 8 sm va undan kichik bo‘lishi ham nefrektomiya uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Qolgan hollarda buyrakda qon oqimini tiklashga qaratilgan, a'zoni saqlab qoladigan operasiyalardan keng qo‘lamda foydalaniladi. Xirurgik davolash natijalari vazorenal gipertenziya tashxisi va uning paydo bo‘lish sababi nechog‘lik erta aniqlansa, shunchalik samarador bo‘ladi. Ayni vaqtda vazorenal gipertenziyali bemorlarda xastalik hatto xavfli kechganda ham bemorga individual tanlangan gipotenziv vositalar yordamida ba'zan yaxshi natijaga erishishga muvaffaq bo‘linadi. Biroq buyrak arteriyasi stenozi isbotlanganda muolaja o‘tkazish tavsiya etilmay-di, chunki arterial qon bosimining pasayishi buyrakda qon oqimini yanada yomonlashuviga va qisqa vaqt ichida buyrakning ikkilamchi bujmayishiga, faoliyatining yo‘qotilishiga olib keladi. Kasallikning etiologiyasiga ko‘ra balonli dilatasiya eki stentlash 80% hollarda muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Biroq bu muolajalar invaziv bo‘lib, arteriyaning yorilishi yoki qirqilishiga, buyrak yoki oyoklarning ateromatoz emboliyasiga, kontrast keltirib chiqargan nefropatiya sababli o‘tkir buyrak etishmovchiligiga, punksiya sohasidan qon ketishiga va (kamdan-kam hollarda) bemor o‘limiga olib kelishi mumkin. Bu usullar, xirurgik vaskulyarizasiya, ballonli dilatasiya va stentlash imkoni bo‘lmagan bemorlar, shuningdek operasiya qilishni talab qiladigan qo‘shilib kelgan qorin aortasi zararlangan bemorlar uchun zahira usul bo‘lib qoladi. Arterial gipertenziyasi yuqori va yomon nazorat qilinadigan giperten-ziyali bemor, buyrak o‘lchamlari kichraygan va faoliyati anchagina pasaygan bo‘lsa nefrektomiyaga ko‘rsatma hisoblanadi. Davolash usulini qoniqarsizligining asosiy sabablari kuyidagilar:
Nefroangiosklekroz, Shunt restenozi, Patologik jarayonning kuchayishi, Ikkilamchi giperaldosteronizm, Konrlateral buyrak arteriyasi stenozi, Shunt anevrizmasi. Buyrak usti gipertenziyasi ko‘pincha uning o‘smalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Aldosteroma, feoxromositoma, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining aralash o‘smalari, kortikosteroma, androsteroma, kortikoesteroma ko‘plab uchraydi. O‘smalarning hamma turlari ham xavfsiz, ham xavfli bo‘lishi mumkin. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling