Davr boshidagi mablag‘lar va manbalar
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Download 50.24 Kb.
|
joriy nazorat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv Passiv
- I bo‘lim bo‘yicha jami I bo‘lim bo‘yicha jami
- II bo‘lim bo‘yicha jami II bo‘lim bo‘yicha jami
- Aktiv bo‘yicha jami Passiv bo‘yicha jami
- Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summasi, ming so‘m
- Aktiv Summa (ming so‘mda) Passiv Summa (ming so‘mda)
- Balans 75600 Balans 75 600
- Aktivlar Summa (ming so‘m) Majburiyatlar Summa (ming so‘m)
- Jami aktivlar 1 421 102 Jami passivlar 1 421 102
4-variant 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra tuzilgan AJ buxgalteriya balansi quyidagi aktiv va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi: Asosiy vositalar - 3 354 000 Qo‘shilgan kapital - 8 956 000 Uzoq muddatli investitsiyalar – 125 000 Boshqa joriy majburiyatlar – 41 050 000 Davlat byudjetiga soliqlar bo‘yicha qarz – 50 000 000 Bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar – 28 400 000 Mol etkazib beruvchi tashkilotlarga korxonaning qarzi – 2 631 000 Tovar moddiy zahiralar - 64 369 000 Debitorlar - 85 399 000 Taqsimlanmagan foyda - 29 803 000 Pul mablag‘lari - 2 196 000 Ustav kapitali - 9 603 000 Nomoddiy aktivlar - 15 000 000 Topshiriq: Ushbu ma’lumotlardan foydalanib AJning xususiy kapital miqdorining aniqlang; 2022 yil 1 yanvar holatiga buxgalteriya balansini tuzing.
5-variant Korxona hisobot yilida 340 000 ming so‘mlik mahsulot sotdi, shu jumladan QQS – 40 800 ming so‘m. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 200 000 ming so‘mni tashkil qilgan. Davr xarajatlari 48 000 ming so‘mni tashkil qilgan. Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 82 000 ming so‘m summada daromad oldi, shu jumladan QQS – 9 840 ming so‘m. Mulkni ijaraga berish korxona uchun asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi. Foyda solig‘i stavkasi – 15%. Topshiriq: Korxonaning soliq to‘lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang; Korxona tomonidan to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘ini aniqlang; Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang; Quydagi amallarni aks ettiring:
6-variant Korxona hisobot yilida 120 000 ming so‘mlik mahsulot sotdi. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 80 000 ming so‘mni, mahsulotlarni sotish xarajatlari 10 700 ming so‘mni tashkil qilgan. Korxonada hisobot yilida boshqarish bo‘yicha joriy xarajatlar 10 200 ming so‘mni tashkil qilgan. Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 20 400 ming so‘m summada daromad oldi. Mulkni ijaraga berish bilan bog‘liq xarajatlar (amortizatsiya ajratmalari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarning tegishli ulushi) 10 600 ming so‘mni tashkil qilgan. 10 440 ming so‘m summada yagona soliq to‘lovi hisoblangan. Topshiriq: Korxonaning soliq to‘lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang; Korxona tomonidan to‘lanadigan yagona soliq summasini aniqlang; Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang; Quydagi amallarni aks ettiring:
7-variant “FAYZ” korxonasining 2022 yil 30 sentyabrdagi aktiv va majburiyatlarining holati keltirilgan:
Korxona oktyabr oyida quyidagi xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirgan: Xaridorlarga pul o‘tkazib berdi – 2600 ming so‘m; Kassaga pul olib kelindi – 5600 ming so‘m; Ishchilarga ish haqi hisoblandi – 4200 ming so‘m; Ustav kapitaliga tasischilarning ulushi asosiy vosita tariqasida kiritildi – 8900 ming so‘m; Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblandi – 1500 ming so‘m; Qisqa muddatli bank kreditlari to‘landi – 1000 ming so‘m; Ishchilarga ish haqi berildi – 4700 ming so‘m; Materiallar harid qilindi – 2500 ming so‘m. Topshiriq: “FAYZ” korxonasining oktyabr oyida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring; 2022 yil 1 noyabr holatiga buxgalteriya balansini tuzing. 8-variant «M» kompaniyasi 2022 yil 30 noyabr holatidagi balansi quyidagi ko‘rinishga ega:
Dekabr oyida korxona tomonidan quyidagi muomalalar sodir bo‘ldi (ming so‘mda): Mulk egalaridan naqd pulda omonatlar qabul qilindi – 1 800 so‘m; Kompaniyaga uskuna sotib olindi – 4 000 so‘m; Mol yetkazib beruvchilardan TMZ sotib olindi – 9 000 so‘m; Kreditor qarzlar (schyotlar) to‘landi – 5 400 so‘m; Boshqa kompaniyaga uskuna sotildi – 1 400 so‘m; Debitorlik qarzlari (olinadigan schyotlar) kirim qilindi – 8 400 so‘m; Topshiriq: Korxonaning noyabr oyida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettiring; 2022 yil 31 dekabr holatiga buxgalteriya balansini tuzing. 9-variant Korxonaning 2022 yil 31 may holatidagi balansi quyidagi ko‘rinishga ega: (ming so‘mda)
Download 50.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling