Davr haqiqati va qahramon talqini Annotatsiya
Download 13.87 Kb.
|
maqola erkin vohidov
Basic concepts. Freedom, patriotism , poetry, literature, the spirit of the people , works, laws, poet, statesman.
Xalq ruhi , ozodlik, vatanparvarlik tuygularni singdirishda sheriyatning roli va orni beqiyosdir. Sheriyat oziga xos timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuygular uygotadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yoq qilib bo’lmaydi.O’ttizinchi yillar adabiyoti xususan, Cho’lpon, Fitrat, A.Qodiriylarning asarlari xalq ruhiga joylab ulgirgan edi. Ammo ularning asarlaridagi bu xususiyatlarni, hozirgacha chuqur o’rganganimiz yo’q. Holbuki, bu mavzu mustaqillikka erishilgan hozirgi sharoitda milliy umuminsoniy qadriyatlaridan kelib chiqib, teran va ob’ektiv ishlansa ozodlikni mustahkamlashga demokratiyani rivojlantirishga, fuqarolar tafakkurini charxlashga, xalqni manaviy ruhiy jihatdan yuksaltirishga sabab boladi. Manaviyati va marifati yuksak, tafakkur darajasi keng va chuqur xalq vakillarigina mustaqillikning qadriga yetadi, chinakam vatanparvarlarga aylanadi.Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: "Xalqimiz ozini ozod, erkin deb bilib, muhtojlik va qaramlik iskanjalaridan xolos bolgan, qaddini rostlagan, erkin nafas olganda iqtisodiy isloxotlar muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin". Manaviyat va marifat vatanparvarlik va istiqlol, erkinlik va iqtisodiyot tushunchalari korinmas rishtalar orqali bir-biriga uzviy boglangan. Binobarin, manaviy, milliy umuminsoniy qadriyatlarni uluglagan, qaramlikka qarshi asarlarga boy adabiyot, oxir-oqibat iqtisodiy-manaviy kamolot uchun hizmat qiladi. Demak, hurlik va vatanparvarlikni ruhiga joylagan, hayotni yuksak poetik shaklda badiiy tadqiq etgan sheriyat namunalarini haqqoniy tahlil etish, shu orqali yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mustaqillik mafkurasini va she’riyat qonunlarining ayrim qirralarini ochib beradi. Zero, chinakam she’riyat hayotning inson ruhiyatining eng murakkab va chigal tomonlarini favqulotda san`atkorona aks ettira oladi. Bechoralarga ham nafim tegadi) odamning taskiniga oxshash bir narsadan osib chiqmaydimi? Ammo odam bu quyoshni tan oladimi? Tan olsa turmush tarzini o’zgartirib yashay boshlaydimi? U turmush tarzini ozgartgani bilan fojianing mohiyati ozgarmay qolaveradi-ku! Har qanday o’xshatish yarim mohiyatni ifodalaydi. Aslida baxt, fojia daganlari mavhum narsalardir. Qodir va ojiz inson deganlari esa mavjud, konkret hodisadir. Sanat bu konkret hodisaga tik qarashdan qo’rqqani uchun mavhum narsalarni oylab chiqdimikin, yo ular vositasida insonga tik qaramoqchi bo’ldimi? Yo baxt va fojia insonning qandaydir ilohiy kengliklar chegarasida ushlab turish uchun kashf etildimikin? Baxt ham, fojia ham hech narsa. Buni his etish uchun yolgon tasavvurlardan voz kechib, qalbning asl suratiga nazar solish kerak. Tasavvur-ongning qiz siynasidek toza tomirlarida narsa-hodisalar qoldirgan dagal barmoq izlari. Baxtning baxtsiz oqibati-fojiasi. Bu oqibatning ozini bir baxt borligini tan olish boshqa bir baxtsizlikka sabab bo’ladi-insonda shunday hadiksirash mavjud. Bunday hadiksirashning mavjudligi fojia baxt ichida jon saqlashdan dalolat emasmi? Har qanday baxtning fojia orttiradi. Fojia-baxtni yuqori darajada anglashdir! Jisman etirof etilgan rohatni ruhan rad etish, vujudning bir lahzalik ruhiga aylanib, ruhning ming yillik vujud ichida qiynalishi, ruhga qarab dunyoning suratini chizish, dunyoni kuzatib ruh qasrini barpo etish, taqiqlangan to’g’rilikka intilib, taklif etilgan egrilikdan voz kechish-bular hammasi baxt va fojianing mundarijasi bola oladi. Baxt va fojiani yaxlit narsaning ikki tomoni sifatida anglash-insonlikni anglashdir. Yaxlit narsaning ozi insondir. Baxt va fojia butunlay davr tarbiyasida emas. Davr ularni gosht berib semirtirishi yoki ochlikdan sullaytirishi mumkin. Davr baxt va fojiani o’z farzandlari sifatida tilga olib faxrlanishga haqli, ammo ularni men tuqqanman deb maqtanmaydi. Baxt va fojia insonning oz tabiati bilan uygun tarzda barpo etilgan ruhiy erk. Ularning son va sifati, qiymati va bahosi faqat davr bozoridagina moddiylashadi, turli shakllarga ega bo`ladi. Insonning insonligi uning baxtini qanchalik ifodalasa fojiasini ham shunchalik oshkor etadi. Insonning insonlik fojiasi bor. Bu fojianing hamkori yoq. U ruhiy dolga. Lekin uning varaqchasiga davr "Baxt" yoki "Baxtsizlik" muhrini urib beradi. Xosh, fojianing mohiyati nimada? Mohiyat insonning jisman (ozgalar bilan) birdam ekanligi-yu ruhan yolgiz, yagona ekanligida. Inson moddiy olamning moddiy bir bolagi (jisman olganda). Lekin ruhan mustaqil bir olam. Shu haqiqatni anglagan odam, shu haqiqat stixiyasi bilan harakatlangan yurak oz qismatini fojia xalqalardan iborat zanjir sifatida tasavvur etsa ajab emas. Yagonalikni yaxlit butunlikdan farqlash, qismning ozi yagonaligi jihatdan butunga teng ekanini his etish, butunninng ozi yoqligi, uni tashkil qiluvchi qismlar borligini anglashfojianing asl sabablari bolsa ehtimol. Ruhning faoliyati borliq harakatga teskari proportsional. Uning yolg’izligi qancha kuchli anglansa, vujudning borliq harakati uygunlashuv uchun intilishi shuncha oshadi. Shuni ham alohida takidlash kerakki, badiiy asarni qolipga solish oxir oqibatda insonni, uning ruhiy galayonlarni jilovlaydigan olchamlar oylab topishga olib boradi. Insonning insoniy tamoyillarini hisobga olmaslik adabiyotni sonsiz sotsiologiyaga, siyosiy kaltakkaaylantirib qoyadi. Adabiyot muayyan ijtimoiy muhit devorlari panasida qolib ketmasligi lozim. U, aksincha, insonning eng ibtidoiy birlamchi fazilatlarini panalab turgan davrlar osha sakrab, bola-inson, farishta inson bilan yuzma-yuz keladi. Shu nuqtadan turib, insonning orqadagi baxti, oldindagi fojiasini, oldindagi baxti orqadagi fojiasini koradi. Baxtni (zamona baxtini) yonaltirish, fojiani ("qora otmish fojiasini") sohtalashtirish insonning ruhiy olamini, uning ruhiy deolektikasini xasposhlashga, insonni tabiat farzandi qilib emas, zamona zurriyodi etib tariflashga yol ochib beradi. Inson ruhidagi ming yillik buloqlarga chim bosildi. U ruhiyat chashmalaridan simirib poklanish orniga davr tofonlarida chayqalib holdan toydi. Inson baxtning mohiyatini, bu mohiyatning fojiasini unita boshladi. Demakki, u insoniy muvozanatini yo`qotdi. Baxtning fojiaviy qimmati, fojianing baxtga teng qiymati bor. Bu haqiqat 60- yillarnig jonbaxsh shabadalarida tagin koz ochdi. Adabiyot yana oyga chomdi: insonlik baxtmi, fojiami? Inson olsa, yana qayta tiriladimi? Tirilsa, olmay yashab keta oladimi? Olmasa, hayot neligini unitib qoymaydimi? Hayot neligini unitgan odam olmaydimi? Tirilish yashashni bildiradimi? Yashab keta olish uchun tirilmoqning ozi kifoyami? Inson yaxlit holda sinfiy ham, partiyaviy ham, ijobiy ham, salbiy ham emas. Sinfiylik (boshqa, «iylik»lar ham) uning umumehtiyoj qozoni qarshisida hamma bilan bir, ammo istemol dasturxoni boshida yolgiz, yagona ekanligidan anglashilsa, ehtimol. Inson qismatiga baxt va fojia mixlab berilgan boladi. Bir inson baxti (insoniyat) fojiasiga ters, insonlar (insoniyat) baxti shaxs fojiasiga zid kelib turadi. Nazrul Islom fojiasi faqat ming yillik aqidalar talashi ichida qovrilgan. Hindiston. O’zbekiston fojiasigina emas, insonning, insoniyatning fojiasi hamdir. Dunyoda begona dard yoq. Dunyoda hamma uchun mushtarak dard bor. Bu dardni anglash, his etish, unga bir umrlik fidoiylik, yoki unga begonalik insonni turfa xil bolaklarga va bolakchalarga bolib tashlaydi. Lekin inson qaysi bolak yoki bolakchaga aylanib umr kechirmasin oxir-oqibatda osha buyuk dard mohiyati bilan yuzma-yuz keladi. Umr- osha mohiyatga borish yoli. Hayot-ana shu mohiyatga kiygazilgan chiroyli libos! Birq bu libos ostida har kim ozi orzu qilgan narsani koradi. Insonlarning xuddi ana shu mohiyatiga bolgan munosabatlari yigindisidan baxt va fojia deyilgan nisbiy qiymatlar toqib chiqariladi. Demak, baxt va fojianing asl va insoniy qiymatlari bor. Ularning birinchisi insonning insoniy tabiati sharti sifatida doimiy bolsa, keyingilari insonning tabiiy intilishlari va borliq harakati toqnashuvlari natijasida tugiladigan ruhiy illyuziyalar sifatida otkinchi boladi. Ammo doimiyning ozi muayyan davr uchun otkinchi deganimiz esa muayyan davr uchun doimiy boladi. Demak, ular ortasida teskari nisbat qonuni amal qiladi. Ular ortasidagi ziddiyatlar jamiyatda turli tushunchalar va aqidalar kurashi bo`lib moddiylashadi. Nazrul Islom tabiatida falakning bosh dardi-insoniylik fojiasi kuchli: inson tabiatan erkin, inson tabiatan mahkum, inson tabiatan qodir, inson tabiatan ojiz, inson tabiatan xoliq, inson tabiatan muslim. Uni yolga solaman deganlar, oxiroqibatda yolsiz qoladilar. Uni yoldan uraman deganlar oxir-oqibatda yolga solib qoydilar. Erkin Vohidovning «Istambul fojiasi» sheriy dramasida ham poklik bilan nopoklik togrilik bilan egrilik, halollik bilan kozboyamachilik, adolat bilan adolatsizlik, samimiylik bilan nosamimyilik ortasidagi keskin tafovut va kurash qayta kurash davri talablari asosida yorqin aks ettirilgan. Asar hayotiy ziddiyat asosiga qurilgan va goyat jozibali, tasirli qilib yozilgan. «Istambul fojiasi» dramasida asosan uch obraz (kolxoz raisi Jalol, uning xotini Saodat va ukasi vatangado Iskandar) mavjud. Uchovi ham hayot haqiqatiga mos ravishda yaratilgan va asar goyasi ana shu qahramonlarning faoliyatlari, hatti harakatlari, dialog va manologlarga mohirlik bilan singdirib yuborilgan. Dramada korsatilishicha, Saodat muayyan vaqtda yoshlik qilib xatoga yol qoyadi: Iskandarning pok yuragiga ishq otini yoqib, «taqdir taqozasiga kora», uning akasi Jalolga turmushga chiqadi. Shu boisdan aka-uka ortasida sovuqlik solib, ozi bilmagan va istamagan holda turli nohush voqealarning sababchisiga aylanadi. Sevgilisiga yeta olmagan Iskandar esa qattiq iztirob chekadi va alam bilan armiyaga ketadi. Fashistlarga qarshi mardona jang qiladi. Ogir janglarning birida ilojsiz qochadi. Turli taqib va qiyinchiliklarga duch keladi. Kop yillar davomida Ona Vatan mehriga zor va xor bolib, chet ellarda daydib yuradi. Ona yurtida esa bu voqeadan xabarsiz holda frontda qahramonlarcha bolgan jangchi sifatida uning haykalini yaratib, Iskandarning nomini koklarga kotaradilar. Hatto Jalolni qahramonning akasi deb kotar-kotar qiladilar. Haqiqatda esa, Iskandarning qismati ayanchli boladi. U fojia ustiga fojiaga yoliqadi. Biroq Iskandar oz boshidan ne-ne gurbatlarni, achchiq qismatlarni kechirmasin, doimo ona yurt soginchi bilan hamnafas boladi. Oxir oqibatda u ona-Vatan va o`z xalqi yuziga qaray olmaydigan noxush xolga tushib befaqt qariydi. Ana shu qarilik Chogida Iskandar Ozbekistondan turist sifatida chet elga borgan akasi Jalolga, shuningdek, sobiq sevgilisi-hozirgi yangasi Saodatga duch kelib qoladi. Bu uchrashuv korinishi pyesa choqqisini tashkil etadi hamda asarning keskin drammatik holatlarga, chuqur fojiali voqealarga eng va eng tasirli sahifalari sifatida oquvchi qalbini larzaga soladi. Chuknki, bu uchrashuvda hayot haqiqati, aniqrogi, chalkash taqdirlar qismati, dahshatli voqealarning aslsabablari shekspirona mahorat bilan ochib beriladi. Bu uchrashuv haqida Jalolning o’zi shunday deydi: Men bu kecha bir lahza ham uxlolganim yoq, Butun umrim koz oldimdan birma-bir otdi Iskandarning uzoq yillar chekkan dardini Bir kechada yuragimdan kechirdim bugun Bu erda men olib ketgan ukam bilamas, Olib ketgan vijdon bilan uchrashib qoldim Sen bilmaysan ancha-buncha gunohlarim bor Dramaturg Jalolning shu uchrashuvdan songi ruhiy holatini tasvirlash, boshdan kechgan voqealarni eslash orqali shaxsga siginish va turgunlik davriga xos soxtalik, kozboyamachilik va qoshib yozish kabi illatlarni fosh etadi. Jalol eslaydi: Bu voqea on etti yil ilgari bolgan, Endigina rais bolib saylangan edim. Erta bahor bir kun obkom vakili kelib Bir piyola choy ustida gap ochib qoldi. «Biz maslahat qildik,-dedi,-oblastimizda Sizning kolxoz mashal bolib turishi kerak Qurltoyga siz borarsiz. Nutq gapirasiz» «Nega,-dedim-qoshni kolxoz hamma jihatdan Oldinda-ku..» U: «Yoq-dedi, hamma jihatni Oylamoqni bizga qoying... Siz munosibsiz Qahramonning akasisiz. Tabiat sizga Kop xislatlar berib qoygan. Korsatkich bolsa Korsatkichni togirlaymizda. Yordam beramiz». Boshlik qildim. Kondim. Shundan boshlanib ketdi (291- bet) Korinadiki, jamoa xojalik raisi Jalol yuqori tashkilotlarning xohishiga boysinib, togri yoldan chekinadi. Kozboyamachilik bilan birni ikki qilib yozadi: korsatkichni kotaradi. Shu tarzda davlatni ham, xalqni ham aldab, sohta obro hurmatga erishadi. Qosha-qosha ordenlar oladi, qahramon boladi. Oxir oqibatda Jalol oz qilmishidan qattiq pushaymon bolib ruhan eziladi. Asarda ruhiy holat haqqoniy aks ettiriladi. Umuman, Erkin Vohidov ozbek adabiyotining har tamonlama rivojiga o’zining munosib hissasini qoshgan. Download 13.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling