Yaratilgan sanasi: Wed, 5 Apr 2023 15: 55: 12 +0500 Page 1-savol


Download 198.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi198.57 Kb.
#1334613
  1   2   3   4
Bog'liq
Kapitoliy jamoasi Farg‘ona Namangan Andijon marafoni savollari 12



Yaratilgan sanasi: Wed, 05 Apr 2023 15:55:12 +0500
Page 1
1-savol:
.
Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqining partiyaviy rangi qora, Ozodlik Demokratik partiyasi sariq
hisoblanadi. Bu ikki partiya va “Yashillar” partiyasining koalitsiyasini bildiruvchi atama ALFA deb
nomlangan. ALFA haqidagi maʼlumotda "tricolor" ning yoʻqligi oʻziga xos hisoblanadi. Diqqat savol: ALFAni
ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Yamayka bayrogʻi.
Izoh: Germaniya partiyalarining ranglari Yamayka bayrog'ining ranglarini eslatib yuborgan. Tricolor - oq,
koʻk va qizil rangdan istalgan birini bayroqda aks etishini ifodalaydi. Yamayka bayrogʻida esa bu ranglarni
hech biri yoʻq.
Zachot: Aniq javob
Manba: 1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Ямайка-коалиция
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%80%D0%B8%D0%BA%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D1%80
2-savol:
.
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida U arabcha — chin yurakdan, ishonch bilan berilish; astoydil muhabbat; mehr
maʼnolarini bildirishi taʼkidlangan. Diqqat savol: 112 raqami bilan bogʻliq boʻlgan Uni bir soʻzda yozib
bering.
Javob:Ixlos
Izoh: Yuqoridagi taʼrif "ixlos" soʻziga tegishli edi. "Kalomulloh"ning 112-surasi ham "Ixlos" surasi ekanligi
barchamizga yaxshi maʼlum.
Manba: 1.https://uz.m.wiktionary.org/wiki/ixlos
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BB%D1%8C-%D0%98%D1%85%D0%BB%D1%8F%D1%81
3-savol:
. 


Yaratilgan sanasi: Wed, 05 Apr 2023 15:55:12 +0500
Page 2
Tarqatma material! Leonard Eyler tashqi ko'rinishi tufayli IKS deb nomlangan. Mexanika, fizika,
astronomiya va hatto musiqa sohasidagi ishlari uchun Eyler haqli ravishda MIKSER deb atalgan. Iloji boʻlsa
IKS, juda boʻlmasa MIKSER bilan almashtirilgan soʻzni yozib bering.
Javob:Siklop
Izoh: Shveytsariyada tug'ilgan taniqli matematik yoshligida bir ko'zini yo'qotgan, shuning uchun uni
"siklop" deb atashgan. Eylerning qiziqish sohasi faqat matematika bilan cheklanmagan, u turli sohalarda
qomusiy bilimlarga ega edi. IKS so'zi "MIKSER" so'zida boʻlganidek, "siklop" so'zi "ensiklopedist" so'zi
tarkibida bor
Zachot: EnSIKLOPedist!
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/Leonhard_Euler 2.https://goo.gl/Bv8QCL

Download 198.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling