Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
Sezarepatizm — bir odam qo`lida ikkita oliy hokimiyat: dunyoviy (imperatorlik) va
cherkov (papalik) hokimiyatning birlashuvi. To`sib olish (G’ov tutish) — pomeshchiklar — er egalari tomonidan dehqonlarning jamoa erlarini bosib olish protsessi. Bu jarayon feodal qishloqlarga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi bilan bog’likdir. To`sib olishning klassik mamlakati Angliya edi. Angliyada To`sib olishning boshlanishi XV asrning oxiriga to`g’ri keladi. Bozorda jun narxining oshuvi kunchilikni rivojlantirishga, xaydaladigan erlarni ham yaylovga aylantirishga olib keladi va bu hol o`rab olishning kuchayishi uchun bir turtki bo`ldi. To`sib olish orqali erlarni bosib olishda pomeshchiklar va Angliya qishloqlarining to`q tabaqalari ishtirok etdilar. O`rab olish XVI asrdayoq qishloqlarning kuchli ravishda tabaqalashuviga va kambarallashuv, ersizlanishiga olib keldi. XVIII asrga kelib o`rab olish katta miqyoslarda olib borildi va dehqonlarning oilaviy ravishda erdan ayrilib qolishga olib keldi. Dehqonlar ommasi To`sib olishga kuchli qarshilik ko`rsatdilar. To`sib olish bir necha bor dehqonlar qo`zg’oloniga olib keldi. To`sib olish Angliyada dehqonlar sinfining batamom bo`linib ketishi va yollanma ishchilar juda katta sinfning vujudga kelishiga olib keldi. Turnir — o`rta asrlarda ko`pchilik Yevropa mamlakatlarida qo`llanib kelingan ritsarlar harbiy musobaqasi. Turnirlarda o`rta asr harbiy kuchlarining asosiy negizini tashkil etuvchi ritsarlarning jangovar sifatlari namoyish etilardi. Bu Turnirlar Frantsiyadan kelib chiqqan. Turnirlar feodal a`yonlarining keng ishtirokida ommaviy ravishda o`tkaziladi. Turnirning o`tkazilishi maxsus kodes yordamida tartibga solinib turilar va uning bajarilishi ustidan iroedlar nazorat qilib boradilar. XIII asrdan boshlab turnirlar qonli harakatga ega bula boshladi va ko`pincha to`qnashuvchilarning og’ir yaralanishi yoki xatto ulimi bilan tugar edi. XVI asrdan shaharliklar va dehqonlar ommasi ichidan yollanib tuzilgan piyoda o`qchilar paydo bo`lgach, otliq ritsarlar uz ahamiyatini yo`qotdi va turnir o`tqazish ham shu bilan birga barham topdi. Uniya (lot. — birlashma) — monarxiya davlatining bitta monarx hokimiyati ostida birlashuv formasi. Uniya ko`pincha nomustahkam xarakterda bo`lar, umumiy monarx hokimiyati esa nominal darajada bo`lar edi. Ayrim hollarda bitilgan shaxsiy uniyalar keyinchalik 46 mustahkam birlashuvlarga yoki davlatning to`la ravishda bir — biriga qo`shilib ketishiga olib kelgan edi. CHerkovlar bo`linib ketganidan keyin Rim papaligida provoslav cherkovining bot rol’ uynashini saqlab qolgan xodda, ammo ibodat qilish va marosimlarni o`tqazish ona tilida olib borish sharti bilan provoslav cherkovini katolik cherkovi bilan birlashtirish uchun cherkov uniyalari tuzishga urinishlar ham bo`lgan Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling