Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Xonliklarning ma`muriy tizimdagi mansablari


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Xonliklarning ma`muriy tizimdagi mansablari. 
Xonliklarda ma`muriy boshqaruv tizimi bilan bog’liq tarixiy atamalar bir—biridan farq 
qiladi. 
Amir Buxoro amirligining oliy hukmdori, ya`ni cheklanmagan xoqimiyat egasi bo`lgan. 
Uning xuzurida ijroiya hokimiyatni saroy a`yonlaridan quyidagilar amalga oshirgan: 
Qushbegi — oliy mansab bo`lib, amirdan keyingi birinchi amaldor hisoblangan, ayni 
vaqtda amirning o`rinbosari sanalgan. Mang’itlar sulolasi davrida barcha viloyat hokim va 
beklari Qushbegiga bo`ysungan, amir poytaxtda bo`lmagan vaqtda u amirlikning barcha ishlarini 
boshqargan. Qushbegi, shuningdek, Buxoro viloyatining hokimi ham hisoblangan. Qushbegi 
ham poytaxt arkida yashagan. Qushbegi mansabidan keyingisi otaliq bo`lgan. 
Amirlikdagi keyingi mansab — qushbegiyi — poyondir. U, asosan, moliya ishlarini 
boshqargan, ayni vaqtda butun amirlik hududidagi zakot yig’uvchilar boshliri hisoblangan. SHu 
boisdan ba`zan uni zakotchiyi — kalon deb yuritishgan. 
Amaldori mexmonxona amir kabulxonasidagi ishlarni tashkil etgan. 
Dodxox—amir saroyining yuqori lavozimlaridan biri bo`lib, u Buxorodagi YUqori xizmat 
doirasida 10—toifadagi amal yoki mansab xigoblangan. U arz, iltimosnomalarni qabul qilib
ularga yozma va ogzaki javob kaytargan. 
Amir saroyining yirik mansabdorlaridan biri — mirzaboshi devonxona hokimi, mirzalar 
boshliri hisoblangan. 
Xazinachi – amir xazinasini muxofaza qilgan. 
Tashrif buyurgan xorijiy mexmon va elchilarni kutib olish bilan udaychi shurullangan.
Kutvol — davlat qurilishlariga javobgar shaxs bo`lib, ark qurilishi, qal`a devorlari va 
imoratlarini ta`mirlash uning zimmasida edi. 
Parvonachi – amir farmonlarini yozib olib, ularni tegishli shaxslarga etkazgan, vazir 
muovini sifatida farmon ijrosi bilan shug’ullangan. 
Amir oshxonasining bosh oshpazi farroshboshi. Mehmonlarni kutib olish, dasturxon 
yozish, taom keltirish bilan shurullanuvchi dasturxonchi, amir otxonasini boshqaruvchi 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling