49
Beklik — Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma`muriy hudud. Buxoro
amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo`lgan. Bek — O`rta Osiyo xonliklarida
shahar yoki viloyat boshlig’i. Bek o`zi boshqaradigan beklikda cheksiz huquqqa ega bo`lib, u
faqat amipra bo`ysungan. SHuningdek, bek so`zi aslzoda, hukmdor, janob, ma`nolarida
ishlatilgan.
Xivada xon Devoni bir necha tarmoklarga bo`lingan.
Bosh vazir va vazirlar, qushbegi,
otaliq, rais, kozi kalon, shayxulislom, mirzaboshi, to`pchiboshi, inok, devonbegi,
xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, yasovulboshi, maxramboshi kabi mansablar
shaxsan xar tomondan tayinlangan. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar—
inoq, otalik va
biy mansablari bo`lgan.
Qo`qon xonligida ham bir necha saroy unvon va mansablari bo`lgan Oliy darajali unvon va
mansablar:
otalik, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inok, eshikorasi, parvonachi,
dodxox, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, korovulbegi, tunqator, qushbegi.
O`rta darajadagi unvon va amallar:
kitobdor, risolachi, bakovul, mirzaboshi,
sarmunshi, maxtari zakotzona, miroxur, shirovul.
Past darajadagi mansablar:
salomoga, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi,
dafchi, chovkuchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor.
Harbiy va diniy mavzudagi tarixiy atamalar.
Harbiy ishlar bilan bog’liq atamalar ham xilma — xildir. Buxoro amirligida harbiy
ishlarni
to`pchiboshilari lashkar mansabidagi kishi boshqargan bo`lib, bu unvon ikkita bo`lgan: biri
to`pchiboshi lashkar, vaziri xarb (harbiy vazir) nomlari bilan atalib, Buxoro shaxri harbiy
gornizonining boshlig’i bo`lgan. Ikkinchisi to`pchiboshiyi arki—oliy ya`ni qal`a
artilleriyasining boshlig’i bo`lib, u poytaxt qal`asiga komendantlik qilgan.
Qurol—aslaxa omborining boshlig’i
jevachi deb yuritilgan.
Xivada
poytaxt xavfsizligini saqlash to`pchiboshi, Ichan—qal`a va Dishan—qal`a
kutvoli
(komendanta) zimmasida bo`lgan.
Qo`qon xonligida harbiy ishlarga asosan
mingboshi, bekliklardagi sarbozlarga
beklar
qo`mondonlik kilardilar. Urush boraetgan davrlarda ham eng tajribali mingboshini
amiri
lashkar (oliy bosh qo`mondon) k,ilib tayinlar, uning xuquq va vakolatlari yanada oshirilar edi.
Diniy atamalarga to`xtaladigan bo`lsak, Buxoro amirligi hayotida
qozikalon alohida
ahamiyatga molik bo`lganligiga duch kelamiz.
Qozi— shar`if, xaqam, xuquqiy ishlarni xal etib,
vasiylikka, vasiyatning bajarilishiga, meros taqsimotiga doyr ishlarni amalga oshirgan.
Vaqfni ham qozi nazorat qilgan. Qozi hukmi qat`iy bo`lib, uning yuzasidan amirgagina shikoyat
qilish mumkin bo`lgan.
Qozi-ul-kuzzot —qozikalon o`rinbosari bo`lgan.
50
Amirlikda ilohiyot ilmida erishgan yutuklari uchun maxsus 3 ta ilmiy unvon belgilangan.
Ularning oliysi
o`rok, keyingisi
sudur va oxirgisi
sadr deb atalgan.
Qo`qon xonligida diniy mansablarning eng oliysi
shayxulislom bo`lib, uni 1818 yil
Umarxon joriy etgan.
Xoja—kalon fiqx olimining faxriy unvoni.
Do'stlaringiz bilan baham: