Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari; - Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lash bilan bog’liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq.
- Yangi ishlab chiqarishlarni, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari.
- Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko’rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko’rish.
- Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar.
- Foydalanishdagi to’liq eskirgan uskuna uchun to’lov.
- Ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.
- Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
- Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
- 9410-«Sotish xarajatlari»;
- 9420-«Ma’muriy xarajatlar»;
- 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»;
- 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
- Hisobchilikning jurnal order shaklida sotish bo’yicha xarajatlarning analitik hisobi 15-sonli qaydnomada yuqorida keltirilgan alohida xarajatlar kesimida keltiriladi. Davr xarajatlarining debet oborotlari jami №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo’yicha oborotlari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
- Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
- Yuqoridagi keltirib o’tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
- Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari 9440-«schyotida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi.
- Hisobot davri oxirida 9440-schyotning debetida yig’ilgan xarajatlar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkaziladi. 9440-schyotning debetida hisobga olingan xarajatlar balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo’yicha xarajatlar» schyotida yig’ib boriladi. Sodir bo’lgan muomalalar summasiga 9440-schyotning debeti bilan birga, 010-schyotda ham yozib boriladi. 010-schyotning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschyotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |