Sud xarajatlari. - To’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zaxiraga ajratmalar.
- Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o’tgan va undirish noreal bo’lgan boshqa qarzlar bo’yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha to’lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar.
- Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalari bo’yicha ko’rilgan zararlar.
- Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo’lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to’xtashi va boshqalar tufayli yo’qotishlar) tufayli ko’rilgan qoplanmaydigan yo’qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlar.
- Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo’lmagan hollarda ko’rilgan zararlar.
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko’rilgan zararlar.
- Xo’jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan to’lovlar va boshqa xil sanktsiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to’lash bo’yicha xarajatlar.
- Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
To’langan boshqa jarimalar. - Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo’jaliklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narx tafovutlari.
- Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan mol-mulk bo’yicha, belgilangan tartibda.
- Yangi texnologiyalar yaratish va qo’llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog’liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
- Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to’lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |