Davr xarajatlarining tahlili va Kapital xarajatlar


Download 214.07 Kb.
bet7/15
Sana25.02.2023
Hajmi214.07 Kb.
#1229052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
davir harajatlari auditi

maqsadi hamda vazifalari


Sotish xarajatlari
2.1.1. Tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobilь, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar kiritiladi.
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan:
2.1.2.1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog’liq mehnatga haq to’lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
2.1.2.5. Inventarlar va xo’jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfektsiya qilish va h. k.) bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
2.1.2.6. Gaz, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning yo’qotilishi.
2.1.2.10. O’rash-joylash materiallari xarajatlari.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug’urta qilish xarajatlari.
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o’rnatish va saqlash, tuynuklar, o’yiqlar va boshqalarning atrofini o’rash bo’yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to’lash.
2.1.2.18. Kassa xo’jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog’oz salfetkalar, qog’oz dasturxonlar, qog’oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
2.1.3. Sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar).
2.1.4. Yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.

Xarajatlarni boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi, vaxolanki ishlab chiqarish jarayonida sodir bulayotgan vokealar va muomalalarni uz ichiga qamrab olgandir.


Xarajatlarni hisobga olish bu tegishli xо‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishiste’molchiga etkazib berish jarayonlarida sodir bо‘lgan voqealarni miqdoriy о‘lchash (miqdor va qiymat о‘lchovida), qayd qilish, guruhlashtirish, tayyor mahsulotlar tannarxining tarkib topishi chegarasi bо‘yicha tahlil qilishga qaratilgan faoliyatdir.
Hisob tizimi xarajatlarni ma’lum toifalarga kо‘ra tasniflab yig‘adi. Buxgalterlar mahsulot tannarxiga kiruvchi xarajatlar va hisobot davri sarflarini tasniflaydilar. Mahsulot tannarxiga qayta sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga oid xarajatlar kiritiladi. Korxonada bu xarajatlar tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini, uning sotilishi paytigacha belgilashda hisobga olinadigan mahsulot birligining tannarxi bо‘ladi. Mahsulot sotilgandan keyin foydani hisoblash uchun bu sarflar sotishdan tushgan tushumlar bilan qiyoslanadi. Hisobot davrining xarajatlari zahipalarni baholashda hisobga olinamaydigan sarflar hisoblanadi. Shuning uchun ular sodir bо‘lgan davridayoq xarajat sifatida tan olinadi.
Mahsulot tannarxini tо‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish hamda uning pasayish manbaalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy xarajatlarnigina emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish muhimdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi tizimi – bu ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish usullari hamda kutilayotgan samaradorlik va amaldagi me’yorlarni xarajatlar bilan taqqoslash, nazorat qilishda ruy beradigan о‘zaro bog‘liqlikdir.
Buxgalteriya hisobining xalqaro nazariyasi va amaliyotida ishlab chiqarish jarayonini ob’ektivligini va tezkorligini ta’minlaydigan axborotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki “boshqaruvning barcha bosqichlarida xarajatlar tо‘g‘risidagi axborotlar ahamiyatli omildir”4.
Amerika olimlari ushbu funktsiyalarni quyidagicha belgilaydi: 1) sotuvga mо‘ljallangan buyumlarni normal yoki qoniqarli sotish baholarini belgilash; 2) baho kamaygan paytda uning minimal chegarasini belgilash; 3) mahsulotlarning qaysi turlari kо‘proq yoki kamroq daromad keltirishini aniqlash; 4) zaxiralarni nazorat qilishni yо‘lga qо‘yish; 5) zaxiralarning bahosini belgilash; 6) turli ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini nazorat qilish; 7) bо‘lim, tsexlar faoliyatining samaradorligini nazorat qilish; 8) zararlar, yо‘qotishlar va kamomadlarni aniqlash; 9) ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bо‘lmagan xarajatlarni ajratish; 10) moliyaviy hisob bilan bog‘lash.5


Download 214.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling