Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


Hind ziyolisining shakllanishi


Download 30.72 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA

Hind ziyolisining shakllanishi. Buyuk Britaniya hukumati 1857-1859-yillardagi qo'zg'olondan zarur xulosalar chiqardi. Endi hukumat mahalliy aholiga qator imtiyozlar joriy etish yo'liga o'tdi. Chunonchi, hindlarning ilm olishlariga yo'l ochdi. Maktablar, kollejlar va boshqa o'quv yurtlari ochila boshlandi. Shu tariqa hind ziyolisi shakllana bordi. Hindlar Yevropa davlatlari universitetlarida ham ilm olish imkoniga ega bo'ldilar.
Yevropacha ma'lumotga ega bo'lgan hindlar davlat xizmatiga qabul qilina boshlandi. Ular orqali ingliz tilining tarqalishi yanada kengaya bordi. To'g 'ri, dastlabki yillarda ingliz tilini biluvchi hindlar juda ozchilikni tashkil etgan. Biroq shu ozchilik ham hind jamiyatiga liberalizm va demokratiya g'oyalarining kirib kela boshlashiga asos solgan.
Sipohi (jangchi)-ingliz zobitlari rahbarlik qiluvchi hindlardan tuzilgan yollanma qo'shin..
Mirzoquyoshdan Mirzo Abdulshoh, Mirzo Abdulshohdan Mirzo Abdug'ofur dunyoga keladi. Uning ikki qizi Husnijahonrobegim va Laylo Ummaxoni hozir ham hayot (1997-yil ma'lumoti).
Laylo Ummaxonining 2 o'g'li va 3 qizi bor. Katta o'g'illari Ziyovuddin Tusiy janoblarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga yo'llagan xati bilan Siz VIII sinf «O'zbekiston tarixi» darsligingizda tanishgansiz.


XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Xitoy
Sin imperiyasi qudratining zaiflashuvi. Siz VII sinf «Jahon tarixi» dasrligidan Sin sulolasining katta bosqinchilik urushlari olib borganligini bilib olgan edingiz.
Biroq XVIII asr oxirlariga kelganda imperiyaning istilochilik qudrati zaiflashdi. Iqtisodiy turg'unlik va mamlakat aholisi asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning qashshoqlashuvi dehqonlar qo'zg'olonini keltirib chiqardi.
Shu tariqa Xitoy ichki ziddiyatlar oqibatida yemirilayotgan feodal tuzumi iskanjasida qoldi. Hukmron sulola umri tugayotgan tuzumni butun choralar bilan saqlab qolishga urindi. Hukmron tabaqalar siyosatiga qarshi har qanday bosh ko'tarish shafqatsizlik bilan bostirildi. Bu ham yetmaganidek, Xitoy xalqi ongiga: «Imperator yorug' dunyoning xudosi va boshqa barcha davlatlar uning soliq to'lovchilaridir» degan chirkin g'oya zo'r berib singdirilmoqda edi. Imperator 1757-yilgi mashhur farmoni bilan Xitoyni chet davlatlardan, birinchi navbatda, G'arbiy Yevropa davlatlaridan ajratish siyosatini joriy etdi.
Tashqi savdo faqat imperator amaldorlari nazorati ostida olib boriladigan tartib joriy etildi. Shunda ham tashqi savdo faqat Guanjou porti orqaligina olib boriladigan bo'ldi. Xitoyning o'zini-o'zi yakkalab qo'yish siyosati chirkin feodal tartiblarining saqlanishiga yordam berdi.
Uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga katta zarar yetkazdi. Imperator ma'murlari fan va texnika sohasida boshqa xalqlarning yutuqlarini rad etdilar. Mamlakat qoloqlik botqog'iga botib qoldi.
Shunday bir sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Xitoyni o'z savdogarlari uchun ochishga butun choralar bilan urindi. Sin imperatorining qaysarligini sindirish uchun unga bir bahona kerak edi.

Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling