Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


Download 30.72 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA


Mavzu: XIX ASRNING 60-YILLARI OXIRIGACHA BO'LGAN
DAVRDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI


Reja:

  1. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Hindiston

Ingliz mustamlakachilik tartibi.

  1. Hind ziyolisining shakllanishi.

  2. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Xitoy

Sin imperiyasi qudratining zaiflashuvi.
XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Yaponiya

  1. Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi».

Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari yangi asrda ham Hindistonni butunlay o'z mustamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Chunonchi, hukumat «Hindiston ishlari bo'yicha nazorat kengashi» tashkil etdi. Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlaka­chilik siyosatining yo'nalishlarini belgilab borardi.


Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to'g'risida qonun qabul qildi. Unga ko'ra, «Ost-Indiya» kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hin­distondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma'muriyat apparatiga aylantirildi. Hindistonda ingliz ma'muriyatining Oliy Sudi joriy etildi.
Hindistonning mustamlakaga aylantirilgan hududlari ma'muriy jihatdan general-gubernatorga itoat etuvchi gubernatorlar tomonidan boshqarildi.
Buyuk Britaniya to'qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindis­tonda sotilishi mahalliy to'qimachilik hunarmandlarini xonavayron qilgan. Chunki ularning mahsuloti sifat jihatdan ingliz tovarlari bilan raqobat qila olmagan. Endi metropoliyaga Hindiston paxtasi ham olib ketila boshlandi.
Buyuk Britaniya to'qimachilik fabrikalari paxtani qayta ishlab, sifatli mato tayyorlardi. Bu mato Hindistonga olib kelinib sotilgan.
Bu esa Hindistonning shahar hunarmandchiligini halokat yoqasiga keltirib qo'ygan. Shu tariqa hind to'qimachilarining taqdiri fojiali ahvolga tushdi. Ingliz fabrikantlari ulkan-ulkan miqdorda daromad olayotgan bir davrda, Hindistonning o'n minglab to'quvchilari ochlikka mahkum etilgan.
«Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U hindlarning o'zidan ham yollanma qo'shin tuzgan. Bu qo'shin soldati sipohi deb atalardi. Qo'shinga ingliz zobitlari qo'mondonlik qilishardi. Hindistonda faqat shu qo'shingina hindlarning birdan-bir uyushgan tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohilarning Buyuk Britaniyaga so'zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi.
Buyuk Britaniyaning Hindistonda talonchilikdan iborat mustam­lakachilik siyosati mahalliy knyazliklar va hind jamiyati turli tabaqalarining tarqoqligi tufayli tobora chuqurlashib bordi. Ayni paytda ular milliy va diniy jihatdan ham kamsitilar edi. Ularning diniy his-tuyg'ulari hisobga olinmasdi. Oqibatda mana shu yagona uyushgan, sipohilardan iborat harbiy kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora kuchayib borgan.

Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling