Davrda osiyo va afrika mamlakatlari
Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari
Download 30.72 Kb.
|
OSIYO VA AFRIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernizalsiya
- «Sharq masalasi».
Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. Meydzi islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo'ydi. Natijada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi-iyen joriy etildi. Hukumat ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga chet davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat korxonalari qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy zavodlar davlat mablag'i hisobiga qurildi, keyinchalik esa imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi.
Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag'batlantirdi va qo'llab-quvvatladi. Meydzi islohotlari tarixga «Meydzi inqilobi» nomi bilan kirgan. Modernizalsiya-zamonaviylashtirish. Eksterritorial huquq-chet el fuqarolari shaxsining va uy-joyi, mol-mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi. 34-§. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'Igan davrda Usmonli turklar imperiyasi Davlat tuzumi. Usmonli turklar imperiyasi so'z yuritilayotgan davrda ham mutlaq monarxiya edi. Unda o'rta asrlarga xos harbiy davlat belgilari to'la saqlanib qoldi, Davlat boshlig'i huquqi hech narsa bilan cheklanmagan monarx-sulton edi. Aynan uning despotik hokimiyati va yangilikni qabul qilishga mutlaqo tayyor emasligi jamiyat taraqqiyoti yo'lidagi asosiy g'ovga aylandi. Hukumatning kundalik ishlarini buyuk vazir boshqargan. Aholining ruhoniylardan boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan. Sulton hokimiyatining asosiy tayanchlaridan bin qo'shin edi. Uning asosini sipohilar va yanicharlar tashkil etgan. «Sharq masalasi». XVIII asr oxiriga kelib Yevropaning buyuk davlatlari Turkiya imperiyasining zaiflashib qolganligidan foydalanib, uning mustamlaka hududlariga ko'z olaytirishni kuchaytirdilar. Bu hududlar geografik va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega tabiiy boyliklarga, xomashyolarga boy o'lkalar edi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron tabaqalarining har biri bu o'lkalardan mumkin qadar ko'proq o'ljani qo'lga kiritishga intildilar. Shu tariqa tarixga «Sharq masalasi» degan nom bilan kirgan masala pay do bo'ldi. Usmonli turklar imperiyasining parchalanib ketishi birdan-bir adolatli tarixiy hodisa bo'lgan bo'lardi. Biroq birinchi navbatda Buyuk Britaniya va Fransiya bu imperiyani saqlab qolishga ham harakat qilganlar. Ular bir tomondan, imperiya xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirishda sulton hukumatiga yordam ko'rsatgan bo'lsalar, ikkinchi tomondan, imperiyani o'z ta'sirlarida tutishga uringanlar. Rossiya esa Usmonli turklar imperiyasiga qaram bo'lgan Bolqon yarim orolida mustahkam o'rnashib olishga va Qora dengiz bo'g'ozlarini qo'lga kiritishga intilgan. Avstriya Gabsburglari esa Bolqonning Rossiya ta'sirida qolishiga aslo toqat qila olmas edi. Aksincha, uning o'zi ham Bolqonda mustahkam mavqega ega bo'lib olishga intilgan. Bu davlatlar Turkiyada o'rta asr feodal jamiyatining saqlanib qolishidan manfaatdor edilar. Chunki shunday bo'lsagina imperiya iqtisodiy tanazzul holatida qola berardi. Bu esa ularga Turkiyaga o'zlarining bosqinchilikdan iborat rejalarini o'tkazishlarini ta'minlar edi. Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling