Davrda osiyo va afrika mamlakatlari
Meydzi islohotlarining boshlanishi
Download 30.72 Kb.
|
OSIYO VA AFRIKA
Meydzi islohotlarining boshlanishi. Yaponiya uchun modernizatsiya davri boshlandi. Hukumat o'z oldiga milliy an'analardan voz kechmagan, mustaqillikni to'la saqlab qolgan holatda g'arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo'ydi.
Dastlab agrar islohot o'tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo'ldilar. To'g'ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo'yildi. Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining 50 foizgacha teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o'tgach yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o'zlariga berilgan yerni saqlab qolaoldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo'lishiga qaramay islohot qishloq xo'jaligida kapitalizmning rivojlanishini ta'minladi. Ma'muriy sohada o'tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab yerlarining bir qismi musodara qilindi. So'ng ular boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qoiiga o'tdi. Harbiy islohotga ko'ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Samuraylaf avvalgi qiyofasini yo'qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo'lish imtiyozidan mahrum bo'ldilar. Yevropacha andozadagi yangi qo'shinning shakllantirilishi belgilandi. Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo'shin Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand qo'shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo'lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo'lib qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o'z davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o'limni nazar-pisand qilmaslik g'oyalari toqat bilan singdirildi. Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari, belgilari deb hisoblandi. Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi Amiterasu xohishiga ko'ra paydo bo'lganligi, shuning uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjud ekanligi, imperatorga xudo Ameterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo'lishi mumkin emasligi, imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug' vazifasi kabi g'oyalar ham undan-da kam bo'lmagan toqat bilan singdirila borildi. Ayni paytda G'arb davlatlari siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya imperatori hokimiyati ostiga birlashmoqligining lozimligi ham esdan chiqarilmadi. Bu g'oyalarni yoshlar ongiga singdirishda ibodatxona, qo'shin va maktablarga katta e'tibor berildi. Bu g'oyalar kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit'asida olib borgan keng ko'lamli bosqinchilik urushlarini mafkuraviy jihatdan tayyorlash jarayonida muhim rol o'ynadi. Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling