Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


Download 30.72 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA

Taypinlar mag'lubiyati. Xitoyda qo'zg'olonga rahbarlik qilishga qodir siyosiy kuchning o'zi yo'q edi. Ko'pgina pomeshchiklar va savdogarlar Sin sulolasiga qarshi kurash uchun qo'zg'olonga qo'shildilaru, lekin feodal tartiblarini tugatishga intilmadilar. Taypin rahbarlari orasida asta-sekin nizolar yuzaga keldi. Dehqonlar orasida esa umidsizlik kayfiyati kuchayib bordi. Bu esa manjur ma'murlariga taypinlarni tor-mor keltirishda yordam berdi. Hukumat kuch to'plab hujumga o'tdi. Unga Angliya va Fransiya, Amerika Qo'shma Shtatlari yordam ko'rsatdilar. Buyuk davlatlar Xitoyda inqirozga yuz tutgan Sin sulolasi hukmronligi saqlanib qolishidan manfaatdor edilar.
1864-yilda hukumat qo'shinlari qo'zg'olon rahbarlari joylashgan Nankin shahrini ishg'ol qildilar va shaharning 100 mingdan ortiq himoyachisini qirib tashladilar. Xun Syusyuan o'zini-o'zi o'ldirdi. Taypin qo'zg'oloni bostirilganidan keyin chet el mustamlakachilari Sin sulolasini qo’llab-quvvatlashni davom ettirdilar va undan yangi-yangi yon berishlarga erishdilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Afyun urushlari va taypinlar qo'zg'oloni Xitoyni zaiflashtirgan bo'lsa-da, feodal jamiyati asoslarini o'zgartira olmadi. Xitoy iqtisodining asosini hamon qishloq xo'jaligi tashkil etardi. Aholining 3/4 qismi qishloq xo'jaligi bilan bandligicha qoldi. Dehqonlar kam yerlilikdan aziyat chekardilar. Ular iqtisodiy jihatdan feodallarga to'la qaram edilar. Ijara haqi hosil miqdorining 50 foizdan 70 foizgacha qismini tashkil etardi. 1861-yilda imperatorlik taxtiga malika Sisi o'tirdi. U o'ta shafqatsiz hukmdor edi. O'zini «butun mamlakatning onasi» deb hisoblar va hatto Buddaga tenglashtirar edi. Hukmdor mamlakatda yalpi nazorat tartibini o'rnatdi. Shunday bo'lsa-da, u Xitoyni qudratli davlatga aylantirish harakatini boshlab bergan hukmdor sifatida nom qoldirgan. Bu maqsad yo'lida 1861-yilda maxsus dastur e'lon qilindi.
Mamlakatda zamonaviy harbiy sanoat korxonalari qurilishi bosh­landi. Telegrafchilar, artilleriyachilar, zobitlar, dengizchilar va kemasozlik mutaxassislari tayyorlovchi o'quv yurtlari ochildi. Hatto G'arbiy Yevropa tipidagi o'quv yurtlari ham faoliyat ko'rsata boshladi.
G'arb tipidagi o'quv yurtlarining ochilishi Yevropa ilm-fan yutuqlarining Xitoyda ham tarqalishiga yo'l ochdi. Shuningdek, Xitoy ziyolilarining yangi avlodi shakllanishiga asos solindi.
Afyun (rus tilida-opium)-kuchli giyohvand moddalarning bir turi.



Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling