Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


Download 30.72 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA

Birinchi «afyun urushi». Ingliz savdogarlari Hindistondan g'ayri-qonuniy ravishda Xitoyga afyun kirita boshladilar. Mahalliy Xitoy ma'murlari afyun ortilgan karvonlarni musodara qilganiga javoban ingliz hukumati afyunni va ingliz tovarlarini olib kirishni qonunlashtirish uchun 1840-yilda Xitoyga qarshi urush boshladi. Bu urush tarixga «birinchi afyun urushi» nomi bilan kirgan. Bu urush 1842-yilgacha davom etdi. Buyuk Britaniya floti va qo'shinlari Sin qo'shinini tor-mor keltirdi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy texnika jihatdan qoloqligi mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Yomon qurollangan Xitoy qo'shini inglizlarning eng yangi qudratli o't ochish qurollar bilan ta'minlangan qo'shini hujumini qaytara olmagani oqibatida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oldi va Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir qator portlarni ochib qo'yish haqidagi shartnomani imzolashga majbur edi. Lekin Xitoy afyun olib kirilishining qonuniy ekanligini tan olmadi.
Ikkinchi afyun urushi. 1856-yilda ikkinchi afyun urushi ro'y berdi. Bu safar Xitoy ingliz va fransuzlarning birlashgan qo'shinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ular Pekin bo'sag'alarida juda boy xazinalarga ega bo'lgan yozgi imperator saroyini taladilar va vayron qildilar. Mustamlakachilar Xitoyni yangi noteng shartnomalar tuzishga majbur etdilar. Chet eliiklarga yana boshqa portlarda ham savdo olib borishga ruxsat etildi va yangi imtiyozlar berildi.
Xitoyga majburan qabul qildirilgan shartnomalarning notengligi, ayniqsa, shu narsada yaqqol namoyon bo'ldiki, ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy hududida Xitoy qonunlari va sudiga bo'ysunishdan ozod qilindilar. Agar ular jinoyat qilsalar, ularni tegishli mamlakatning elchisi o'sha mamlakatning qonunlariga binoan sud qilardi. Dengiz savdosida ustunlikni egallagan Buyuk Britaniya Xitoyda hammadan ko'proq imtiyozlarga ega bo'ldi. Dengiz sohilidagi katta shaharlarda maxsus vujudga keltirilgan kvartallarda faqat ajnabiylar yashashgan xitoy ma'murlari esa bu yerlarga kira olmas edilar.
Dehqonlar urushi va taypinlar davlati (1850-1864). Taslimchilik siyosati va zulm dehqonlarni qo'zg'olon ko'tarishga majbur etdi. Mamlakatda qudratli dehqonlar urushi alanga oldi. Bu urush 1850-yilda mamlakat janubida-Guansi yaqinida boshlandi. Manjuriya sulolasiga va feodallarga qarshi kurash mustamlakachilarga qarshi kurash bilan qo'shilib ketdi. Qo'zg'olonchilarga dehqonning o'g'li, maktab o'qituvchisi Xun Syu Syuan boshchilik qildi. Qo'zg'olonchilar Yanszi viloyatida «Samoviy mo'1-ko'lchilik davlati» («Taypin tyango'») barpo etkanlar. Uning markazi Nankin shahri bo'lgan. Xun Syu Syuan fikricha,bunday davlat dadehqonlar jamoa bo'lib yashashlari, jamoada «hech bir narsada tengsizlik bo'lmasiigi uchun, hamma to'q va kiyim but bo'lishi uchun dalaga ega bo'lgan holda uni birgalikda ishlash, ovqat bo'lganida birgalikda tanovul qilish, kiyim-kechak bo'lganida ularni baravar taqsimlash, pul bo'lganida uni birgalikda sarflash lozim» edi. Aholi turmushi harbiy tartib asosida qurilardi. Har bir oilaning qo'shinga bitta askar yetkazib berishi belgilab qo'yildi. Qism boshlig'i esa butun tumanning hokimi hisoblanardi. Shaharlarda turmushni harbiylashtirish yanada ildamlab ketdi. Barcha erkaklar bitta mehnat lageriga, xotin-qizlar va bolalar boshqa lagerlarga joylashtirildi.

Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling