Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Yaponiya


Download 30.72 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA

XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo'lgan davrda Yaponiya
Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi». XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy an'analarini buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun yopib qo'ydilar va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib yubordilar.
Syogun farmonida bunday deyilgan edi: «Shu davrdan boshlab Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto o'lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim».
Shu tariqa yillar ketidan yillar o'taverdi. Va nihoyat, 1854-yilda AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o'rtasida «Tinchlik va do'stlik to'g'risida» shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi.
AQSHdan so'ng Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari Yaponiya bozorlarini egallash edi.
1855-yilda esa Rossiya-Yaponiya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kurill orollari Rossiya hududi deb tan olindi.
1858-yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo'yildi. AQSH fuqarolariga Yaponiyada eksteritoriallik huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlariga juda past boj toiovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi noteng shartnomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning iloji yo'q edi.
Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqligi davri tugadi. «Ma'rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi. Chet el davlatlari uchun ochilish Yaponiya iqtisodigahamsalbiyta'sir ko'rsata boshladi. Chunki chet el tovarining Yaponiya bozorlarini to'ldirib tashlashi Yaponiya manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta zarba berdi. Natijada mamlakatda chet elliklarni quvib chiqarishni talab qiluvchilar harakati kuchaydi. Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH va G'arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini achinish bilan qayd etardilar.
Shuning uchun ular chuqur islohotlar o'tkazish yo'li bilan Yapo­niyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o'ylay boshladilar.
Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar.
Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun hukumatining chet davlatlar bilan imzolagan noteng shartnomalari mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo'ldi. Syogun hokimiyatini ag'darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini samuraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda o'rta tabaqalari qo'shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun hokimiyati ag'darildi.
1867-yilda syogun imperator Musuxito (1852-1912) foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi nomi bilan toj kiydirildi. Meydzining imperatorlik davri Yaponiya tarixiga «ma'rifatli boshqaruv» nomi bilan kirgan.

Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling