Davrda osiyo va afrika mamlakatlari


Download 30.72 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1605964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OSIYO VA AFRIKA

Sipohilar qo'zg'oloni. Sipohilar qo'zg'olonining boshlanishiga bevosita turtki qo'shinda patron bilan o'qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo'ldi. Yangipatronning usti qog'ozpo'stlog'i bilan qoplangan bo'lib, uni miltiq stvoliga solishdan oldin po'stloqni tish bilan yirtib tashlashi kerak edi. Bu qog'oz po'stloq ustiga esa yog' surtilgan edi. Si­pohilar orasida shu yog' sigir va cho'chqa yog'ining aralashmasidan tayyorlangan, degan gap tarqalib ketgan.
Hinduiylik diniga ko'­ra, hindlarda sigir muqaddas hisoblanadi va uning go'shti ham yeyilmaydi. Hind sipohi sigir yog'i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlashni o'z dinining qattiq tahqirlanishi, sipohi musulmon esa cho'chqa yog'i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlashni islom dinining ongli ravishda qattiq tahqirlanishi (islomda cho'chqa go'shti harom hisoblanadi) deb qabul qildilar.
Oqibatda ular yangi patronni olishdan bosh tortdilar. Oxiri bu hodisa qo'zg'olonko'tarilishigaolibkeldi. Qo'zg'olon 1857-yildaboshlandi. Sipohilar tez orada Dehli shahrini egalladilar. Shoh saroyiga bostirib kirishib, Boburiy hukmdor Bahodirshoh II ni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish haqidagi chaqiriqqa imzo qo'yishga majbur etdilar.
Qo'zg'olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga qo'shimcha harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo'ldi. Shundan so'ng harbiy kuch ustunligi ingliz bosqinchilari tomoniga o'tdi. Ingliz qo'shinlari qo'zg'olonchilar egallagan shaharlarni qamal qilib, ularni shturm bilan egalladilar. Aholi o'zini qahramonona himoya qildi. Janglar ko'chalarda olib borildi. Inglizlar to'plarni fillarga ortib Dehliga olib kirdilar va bu tadbir jang taqdirini hal qildi.
Ammo qo'zg'olonchilar kurashni davom ettirdilar, partizan otryadlarni tuzdilar. Partizanlar harakatiga Tantiya Topi boshchilik qildi. Qo'zg'olon qatnashchilari orasida hind xalqining jasur va mard qizi, aslzoda Lakshmi Bay alohida o'rin egallaydi. Dushman Jxansi shahrigabostirib kirganida, u oxirgi o'qi qolguncha jang qildi. So'ng arqondan yasalgan narvonda shahar minorasidan pastga tushib, dushman qo'liga tushmay qochib ketdi.
Keyinchalik u partizanlar otryadida kurashni davom ettirdi va janglarning birida halok bo'ldi. Uning jasadi hinduiylik diniy an'anasiga ko'ra kuydirilib, xoki muqaddas hisoblanuvchi Ganga daryosiga tashlandi.
Qo'zg'olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qilindi. Ingliz soldatlari na xotin-qizlarni, na bolalarni, na keksalarni ayashdi. Asir tushganlarni bir joyga to'plangan olomon oldida to'p og'ziga bog'lardilar va to'pdan o'q otib, parcha-parcha qilib tashlardilar. Qo'zg'olonchilarning jasoratli harbiy boshchisi Tantiya Topini xoinlar inglizlarga ushlab berishdi. Dunyoning ilg'or fikrli kishilari Hindiston xalqiga qizg'in xayrixohlik bilan qaradilar. Ular ingliz mustamlakachilarining vahshiyligini g'azab bilan fosh etdilar. Qo'zg'olonchilar tor-mor keltirilgan bo'lsa-da, mustamlakachilar o'z hukmronliklarini mustahkamlash uchun ba'zi islohotlarni o'tkazishga majbur bo'ldilar.
1858-yilda Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e'lon qilindi. Pomeshchiklarning soliqlarni oshirishi taqiqlab qo'yildi. Mahalliy knyazlarning o'z yerlariga egaligi daxlsiz deb e'lon qilindi. «Ost-Indiya» kompaniyasi tugatildi. Hindistonni boshqarish Britaniya ma'murlari qo'liga o'tdi.

Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling