Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja
Download 210.27 Kb.
|
Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vanadiy gidroksid
Vanadiy. Atom belgisi 23, atom massasi 50, 9414. Tabiatda ikki barqaror izotopi 50V va 51 V ma’lum. 1869 yilda G. E. Rosko tomonidan olingan. Er po’stlog’idagi massasi bo’yicha miqdori 0, 015 % ni tashkil etadi.
Vanadiy tarkibida vanadiy bo’lgan temir va polimetall rudalardan olinadi. U odatda, rudalardan vanadiyning temir bilan qotishmasi—ferrovanadiy yoki vanadiy angidridi V2O5 xolida olinadi. Toza vanadiy metalini V2O5 yoki VCI3 ni kaytarib yoki VCI3 ni termik dissotsiatsiyalab xosil qilinadi. Toza xolda vanadiy kumushsimon kulrang plastik metall, 1900 °C da eriydi. Unga suv, dengiz suvi, ishqor eritmalari ta’sir qilmaydi. Tuz va suyultirilgan kislota eritmalari (HCI, HNO3, H2SO4)ga ham befarqdir. 300 °C dan yuqorida vanadiy havo kislorodi, galogenlar, vodorod bilan, 700 °C dan yuqorida esa azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Vanadiy ftorid kislota, nitrat kislota va zar suvida eriydi. U o’z birikmalarida ikki, uch va besh valentli bo’ladi. Vanadiyning VO, V2O3, VO2 va V2O5 kabi oksidlari ma’lum. Yuqori oksidi bo’lgan V2O5 kislota tabiatiga ega, dioksidi VO2 esa amfoterdir. Quyi oksidlari bo’lgan VO va V2O3 lar asos xossalariga ega. Oksidlari orasida V2O5 va uning xosilalari katta ahamiyatga ega. Vanadiy (U)- oksidi yoki vanadat angidrid V2O5 tuq-sarik. rangli, ishqorlarda erib, metavanadat kislotasi HVO3 ni xosil qiladi. Vanadat angidrid sulfat kislota olish jarayonida katalizator sifatida, maxsus shishalar, glazur va lyuminoforlar tayyorlashda qo’llaniladi. Vanadiy gidroksid V(OH)3 yashil rangli ipir-ipir cho’kma. Qizdirganda oksidga aylanadi. Tuzlaridan—vanadiy sulfat V2(SO4)3 sariq rangli kukun bo’lib, suvda erimaydi, ishqoriy metallar sulfatlari bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi. Umuman, uch valentli vanadiy birikmalari tez oksidlanuvchi moddalar xisoblanadi. Vanadiy galogenlar bilan bir qator tuzlar hosil qiladi. Bularga VR3, VCI2, VCI3, VCI4 misol bo’la oladi. Bu tuzlar suyuq yoki kristall bo’lib, elementlardan yoki ularning xosilalari dan olinadi. Vanadiy xloroksidi (oksitrixlorid) VOCI3 sariq suyuqlik bo’lib, -78 0C da qotadi, 126,7 °C da qaynaydi. Benzolda, petroley efiri, atseton, spirt, sirka angidridda eriydi, suvda gidrolizlanib V2O5 va VOCI2 hosil qiladi. Vanadiy xloroksidi (oksitrixlorid) epitaksial plyonkalar tayyorlashda qo’llaniladi. Metavanadat kislota HVO3 tuzlari vanadatlar nomi bilan ma’lum. Pirovanadat, metavanadat va ortovanadatlarning hosil bo’lishi eritmaning vodorod ko’rsatkichi (pH) ga bog’lik.. Eritmada vodorod ionlari oshganda (pH kamayganda) vanadatlarning polimerlanishi va kondensatlanishi natijasida ularning tarkibi murakkablashadi. Vanadatlar kuchli ishqoriy muhitda vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishib, peroksovanadatlar hosil qiladi. Vanadiy kuyi oksidlari kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Bular vanadillar nomi bilan ma’lum. Ularning vakillari sifatida vanadil sulfat VOSO4 va vanadil xlorid VOCI2 ni ko’rsatish mumkin. Download 210.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling