Olinishi. Temir metallurgiyasida hosil qilinadigan metall toza bo’lmaydi; uning tarkibida uglerod, oltingugurt, fosfor, marganes va silisiy qo’shimchalari bo’ladi.
Shuning uchun kimyoviy toza temir quyidagi usullar bilan olinadi:
temir oksidini vodorod bilan qaytarish: Fe2O3+3H2→3H2O+2Fe\
Bunda hosil qilingan temir kukun holida bo’lib, u pirofor xossa namoyon qiladi, ya’ni havoda o’z-o’zidan yonib ketadi;
temir karbonilni termik parchalash:
Fe(CO)5 → Fe +5CO
temir tuzlari (ko’pincha xloridlar) ning suvdagi eritmasini elektroliz qilish: Fe2+ + 2e → Fe
1,2 usullar bilan olingan kukun holidagi temir presslanib, undan yaxlit metall tayyorlanadi. U yaxshi magnitlanadigan, minimal gisterezis ko’rsatadigan “ancha yumshoq” modda. Temir texnikada, asosan, cho’yan va po’lat holida olinadi. Cho’yanda 90-93% temir, 2-4% uglerod bo’ladi; S, R, Mn, Cr, Ni, V kabi qo’shimchalar miqdori cho’yan hosil qilishda ishlatiladigan rudaning sifatiga bog’liq. Po’lat tarkibida 0,3-1,7% uglerod bo’ladi: yumshoq temir tarkibida esa uglerod miqdori 0,3% da kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |