Davron sultonov
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
6 mavzulashgan eski
Ochiq urug'lilar bo'limi
1. Virgin archasining vatani va uning oddiy archadan farqini aniqlang ? A) Janubiy Amerika, bir yillik B) Astraliya, qubba hosil qilmaydi C) Janubiy Amerika, nisbatan sekin o'sadi D) Shimoliy Amerika, nisbatan tez o'sadi
2. Archa (1) va qarag'ayga (2) xos belgilar to'g'ri keltirilgan javobni toping ? 1. ikki uyli; 2. bir uyli; 3. barglari tangachasimon; 4. barglari ikkitadan o'rnashgan, uzun; 5. urug'idan sekin o'sadi; 6. urug'idan yaxshi o'sadi; 7. urug' qubassi rezavor mevaga o'xshaydi; 8. urug'mevasi qubbameva deyiladi; 9. urug'chi mevalari ikki yilda yetiladi; 10. urug' qubbasi ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi A) 1-1.3.5.7.8.10 2-2.4.6.9 B) 1-1.2.4.6.9 2-1.3.5.7.8.10 C) 1-2.3.5.9 2-1.4.6.7.8.10 D) 1-1.3.6.8 2-2.4.7.8.10
3. Archada sperma arxegoniydagi tuxum hujayraga nima orqali yetib boradi?
A) suv B) shamol C) hasharot D) qushlar
4. O'zbekiston tog'larida archazorlar hosil qiladigan yovvoyi archalarni belgilang. 1. Zarafshon archasi 2. Virgin archasi 3. Sharq sauri 4.Turkiston archasi 5. Saur archa A) 1.2.4 B) 2.3.5 C) 1.2.3 D) 1.4.5
5. O'zbekistonda uchraydigan ochiq uruglilarni turkum va turlari qaysi javobdato'g'ri ko'rsatilgan? A) 18 turkum 40 tur B) 8 turkum 30tur C) 1 turkum 7,tur D) 18 turkum 660 tur
6. Markaziy Osiyoda archaning nechta yovvoyi turi uchraydi ? A) 40 ta B) 3ta C) 7ta D) 18 ta
7. Ochiq urug'lilarning urug'i qaysi a'zoda hosil bo'ladi? A) boshoqda B) qubba C) ko'sakda D) tugunchada
8. Ochiq urug'lilarning murtagi nimadan hosil bo'ladi ? A) urug'langan tuxum hujayradan B) urug'langan markaziy hujayradan C) urg'kurtakdan D) sporadan
9. Archani urug'kurtagi uning qaysi qismida joylashgan? A) urug'chi tugunchasida B) qubba tangachalarida C) arxegoniy ichida D) urug'chi tumshuqchasida
10. Archaning bargi qachon to'kiladi? A) bahorda B) kuzda C) yozda D) yil davomida 11. Ochiq urug'li o'simliklar nimasidan ko'payadi? A) urug'ida B) sporasidan C) zoosporalaridan D) sporafitdan
12. Archadoshlar oilasiga mansub manzarali o'simlik? A) zarafshon archasi B) saur archa C) sharq sauri D) virgin archasi
13. Ochiq urug'li o'simliklar guruhini ko'rsating. A) sarv, archa, qarag'ay B) qarag'ay, chinor, terak C) archa, tol, saksovul D) qarg'ay, yantoq, archa
14. O'zbekiston tog'larida qaysi archa uchraydi? A) virgin archasi B) sharq sauri C) saur archa D) virgin va sharq sauri
15.Qaysi o'simlik O'zbekistonda tabiiy holda uchramaydi? A) archa B) qarag'ay C) nok D) tok
|
ma'muriyatiga murojaat qiling