Dda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari


Download 61.71 Kb.
bet10/18
Sana18.06.2023
Hajmi61.71 Kb.
#1570417
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
fermer xo`jaligi

20-modda. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.
21-modda. Fermer xo‘jaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki qonunchilikka muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ning 139-bandi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limiga (“Vorislik huquqi”) qarang.
V. FERMER XO‘JALIGI FAOLIYATINING TAShKIL ETILIShI
22-modda. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15, 324—339, 985, 989 va 990-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga qarang.
Fermer xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling