Deb ta’kidlagan
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini
Download 78.06 Kb.
|
Kirish2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarining
1.1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarinimoliyalashtirishning o’rni va ahamiyatiO’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga qaratilgan. Jahon xo’jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan va respublikamizda ochiq iqtisodiyot asoslari shakllantirilayotgan bugungi kunda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish, ularning faoliyat ko’rsatishi uchun qulay huquqiy va me’yoriy shart-sharoitlarni barpo etish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar samaradorligini izchil oshirib borish mazkur maqsadga erishishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi “Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar 2022 yilda davlat tashqi qarzini jalb qilish rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalari kontseptsiyalarini ko’rib chiqib, ularning tegishli xorijiy hamkorlarga kelishish uchun yuborilishini tashkil etish to’g’risidagi” PQ-72-son qarori1da, xorijiy investitsiyalarni jalb etish tamoyillari, xorijiy investorlarning huquqlari, majburiyatlari va ularga taqdim etilgan imtiyozlar o’z aksini topgan. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga yo’naltirildi. Gap shundaki, xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko’plab yangi ish o’rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari faoliyatining samaradorligi ortdi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha hal etilishi lozim bo’lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yetarli bo’lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir nechta mintaqalarda to’planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan to’liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo’ymokda. Investitsiyalar darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atlariga bog’liq. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Investitsiya jarayoni va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tahlil qilishda investitsiya multiplikatori2 muhim ahamiyatga ega. Uni umumiy daromadlarning o’sishi va qo’shimcha kapital qo’yilmalar o’rtasidagi nisbat sifatida ifodalash mumkin. Haqiqatdan ham, iqtisodiy islohotlarning dastlabki davrida O’zbekistondagi investitsiya taqchilligining muhim sabablaridan biri bir tomondan, davlat investitsiyalari hajmining qisqarishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, xususiy investitsiya taqchilligining muhim sabablaridan biri bir tomondan, davlat investitsiyalari hajmining qisqarishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, xususiy investitsiyalar oqimi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatgan pirovard mahsulotga bo’lgan ichki talabning keskin qisqarishi bilan bog’liq. Shunday qilib, asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar tizimida investitsiya jarayonlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu esa, o’z navbatida, davlatning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirishni tartibga solish sohasidagi asosiy faoliyat yo’nalishlarini belgilab beradi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat: - hozirgi sharoitda jamg’arishning oqilona me’yorini asoslash; - davlatning milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarni moliyalashtirish va kreditlashdagi ishtiroki; - asoslangan jamg’arish me’yoriga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlariga - xususiy investitsiyalar kirib kelishini rag’batlantirish (bilvosita ta’sir vositalaridan ustun darajada foydalangan holda). Yuqorida keltirilgan vazifalardan birinchisi nisbatan murakkab iqtisodiy muammo hisoblanadi. Jamg’arishning oqilona me’yorlarini belgilash yalpi ichki mahsulot o’sish sur’atlarini oqilonalashtirish muammosining asosiy xalqasidir3. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish va kreditlash vazifasini hal etish investitsiyalash shakllari va yo’nalishlarini tanlashni taqozo etadi. Davlat maqsadli dasturlarni, davlat ehtiyojlarini moliyalashtiradi, shuningdek, bir tomondan, milliy iqtisodiyotning jamiyat manfaatlarini qondirish uchun hayotiy zarur bo’lgan tarmoqlarini, ikkinchi tomondan, tashqaridan pul mablag’lari oqimisiz rivojlana olmaydigan tarmoqlarni rivojlantirish va qo’llabkuvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Moliyalashtirish korxonalar yoki tarmoqlarning muayyan xarajatlarini to’liq qoplash, dotatsiyalar, subsidiyalar, kompensatsiyalar to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan moliyalashtirish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli pul miqdorini ajratib berishni ko’zda tutadi. SHuning bilan birga moliyalashtirish mahalliy boshqaruv hokimiyati byudjetlari orqali bilvosita ham amalga oshirilishi mumkin. Markazlashgan moliyaviy yordamning eng muhim turlaridan biri – subventsiyalar taqdim etish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ko’proq subventsiyalar shaklida davlat yordami ko’rsatiladi4 va bu ko’p jihatdan o’zini oqlaydi: birinchidan, subven- tsiyalarning bir qismi “investitsiya” maqomiga ega, ikkinchi tomondan, subventsiyali moliyalashtirish markazlashgan va mahalliy boshqaruv organlarining ulushli ishtiroki shaklida amalga oshiriladi, shuningdek, mablag’lardan maqsadli foydalanishni va maqsadga muvofiq ishlatilmagan sharoitda qaytarilib berilishini ko’zda tutadi. Davlat krediti davlat boshqaruv sub’ektlari tomonidan milliy va xorijiy shaxslarga taqdim etilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunda turli darajadagi davlat boshqaruv organlari qatnashishlari mumkin. Davlat krediti aniq qarz oluvchiga bank tizimi orqali yoki bevosita taqdim etilishi mumkin. Birinchi holatda ajratilgan byudjet mablag’lari davlat bankiga beriladi, ular esa bu mablag’larni kredit resurslari sifatida tijorat banklariga sotadi. Tijorat banklari esa kredit resurslarini muayyan foiz evaziga mijozlarga taqdim etadi. Ko’p hollarda davlat mazkur kreditlarni imtiyozli kredit shaklida takdim etadi. Ikkinchi holatda davlat krediti qarz oluvchilarga bevosita davlat byudjetidan ajratiladi. Bunday kreditni taqdim etish usullari turlichadir. Masalan, davlat krediti muayyan soliq to’lovchilarni alohida soliq turlarini byudjetga to’lashdan ozod qilish usuli bilan yoki soliq kanikullarini taqdim etish yo’li bilan berilishi mumkin. Bundan tashqari, investitsiyalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga davlat kafolatlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bozor munosabatlari tizimida bu usul eng samarali hisoblanadi. Davlat tomonidan moliyalashtirish va kreditlashning boshqa muhim muammosi mablag’larni tarmoqlar va korxonalar bo’yicha joylashtirish yo’nalishlarini tanlashdir. Ayni vaqtda investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini tanlash muammosi boshqacha qilib, aytganda, “o’sish nuqta”larini ajratib olish murakkab muammo bo’lib bir qator shart-sharoitlarni va zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hisobga olishni taqozo etadi. Agar iqtisodiy makonning u yoki bu unsuri iqtisodiy jihatdan samarali bo’lsa, o’z faoliyat sohasiga jalb etilayotgan moliyaviy, mehnat va boshqa resurslar hajmini kengaytirib borsa, “o’sish nuqtalari” atrofida “o’sish sektorlari”ning shakllanishiga yordam bersa, bunday unsurlar tarkibiy siyosat nuqtai nazaridan “o’sish nuqtalari” bo’la oladi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari eksportga yo’naltirilganlik, import o’rnini bosish, barcha darajadagi byudjetlarga tushumlarning o’sishi, ekologik vaziyatning yaxshilanishi ham “o’sish nuqtalari” mezonlari bo’lishi mumkin. 5 Shu o’rinda eksport multiplikatori to’g’risida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. Bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulot o’sishining eksportning boshlang’ich qo’shimcha o’sishiga nisbatini ifodalovchi koeffitsiyent sifatida aniqlanadi. Xorijiy talabning o’sishi bilan bog’liq eksport hajmining qo’shimcha ko’payishi boshqa barcha sharoitlar teng bo’lgan holatda qo’shimcha daromadlarni keltirib chiqaruvchi ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi. Aynan shu sababli eksport multiplikatori “ochiq iqtisodiyotga tatbiqan aytganda, investitsiya multiplikatori hisoblanadi”6. Birok shu o’rinda ta’kidlash lozimki, eksport multiplikatorining investitsion xarakteri iqtisodiyotning qayta ishlovchi sektorida ishlab chiqarishning holati va dinamikasiga bog’liq. Agar xom ashyo mahsulotlari eksporti o’sib borsa, ularni qayta ishlovchi milliy ishlab chiqarish quvvatlari esa to’xtab qolsa, bunday eksport investitsion xarakterga ega bo’lmaydi. Aksincha, u investitsiya sohalarining torayishiga olib keladi. O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni barpo etish, investitsiya muhitini takomillashtirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish respublikamiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. E’tiborlisi, sohada qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasiga keng ko’lamda integratsiyalashuvi, milliy iqtisodiyotga investitsiyalar olib kirilishi uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratildi. O’zbekiston “ochiq eshiklar” siyosatini olib bormokda, chet ellik investorlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun ishonchli huqukiy kafolatlar va keng iqtisodiy imkoniyatlar bermoqda. Xorijiy investorlar uchun eng qulay tartiblar yaratilgan va ular muttasil takomillashtirib borilmoqda. Chet el sarmoyasi ishtirokida ishlab chiqarish korxona- larini tashkil etish jarayoni imkon qadar osonlashtirilgan. Respublikada qabul qilingan qonunlar va qonun asosidagi hujjatlar chet el firmalari va kompaniyalari O’zbekiston bozorlarida faol ishtirok etishi uchun soliq sohasidagi imtiyozlar va rag’batlantirish choralarining, siyosiy va tijorat sohasidagi xavf-xatarlardan kafolatlarning yaxlit tizimini, qulay qonuniy sharoitlarini yaratib beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa shuki, respublikamizning tashqi investitsiya siyosati eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilishi lozim. Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi investitsiyalarni uzluksiz amalga oshirishni talab qiladi. Investitsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini tashkil etar ekan, o’z navbatida, bu takror ishlab chiqarishga investor tomonidan investitsiya resurslarining iqtisodiyot sohalariga o’zi ko’zlagan maqsadni, asosan, daromad olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida joylashtirilishini anglatadi. Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijalari investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarini samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko’proq ta’minlanishi mumkin ekan. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Umuman, bugungi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullari to’g’risida ko’plab gapirilmoqda. Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo’naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi. Qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiyboshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi. Investitsiya loyihasi tushunchasini uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. To’liq shakllangan, yakuniga etgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: investitsiya g’oyasini shakllantirish; investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish; investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash; shartnoma hujjatlarini tayyorlash; loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; ob’ektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish. Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va «loyiha»lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shuningdek uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi. Investitsiya loyihasi investitsiya g’oyasining shakllanishidan vujudga kelar ekan, uning murakkab jarayonlar asosida yaratilishida turli tadqiqotlar va tahlil etish ishlarini olib boruvchi mutaxassislarning asosiy o’rin egallashlarini alohida e’tiborga olmoq zarurdir. Investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyati uning amalga oshirilishi moliyalashtirishning turli shakllariga mos tushishi bilan izohlanadi. Bunda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun turli manbalardan mablag’larni jalb etish mumkinligi uning qulayligini, foydaliligini, samaradorligini va afzalligini oshiradi. Investitsiya loyihasi mazmun-mohiyatini investitsiya tushunchasiga bog’lagan holda tushunish o’rinlidir va shunga muvofiq, uni, bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda, kelajakda foyda (daromad) olish maqsadida kapital qo’yilmalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan uzoq muddatli kompleks tadbirlar majmui, deb baholash mumkin. Shu bilan birga investitsiya loyihasi resurslar va muayyan vaqt bilan cheklanadi hamda qo’yilgan maqsadga erishishni ko’zda tutadi. U cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet hisobidan, qo’yilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda tutadi. Investitsiya loyihasi boshqa tadbirlar majmuasidan o’zining maqsadi, belgilangan vaqt mobaynida amalga oshirish imkoniyatlari hamda hayotiy tsiklga egaligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir. Investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari va usullarini amal qilish sohasi va darajasiga ko’ra 40-50 yilgacha muddat bilan ishlab chiqilishi mumkin. Undagi hisob-kitoblar esa shu davrga mo’ljallangan bashoratlar asosida tizimli amalga oshiriladi. Bunday loyihalar, ko’proq, davlat ahamiyatiga molik va hukumat mablag’lari evaziga moliyalashtiriladigan ob’ektlarni ishga tushirish yoki muayyan sohaning tizimli o’zgartirilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida keng qamrovli va uzoq yillarga mo’ljallangan bashoratlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bunga mamlakat bo’yicha kommunikatsiya tarmog’ini tizimli zamonaviylashtirishga, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo’ljallangan, makrodarajadagi ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalari (ko’proq, davlat investitsiya loyihalari) misol bo’la oladi. Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, asosan, import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan maxsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib, shuning bilan birgalikda ichki bozorni mahalliy xom ashyolarga tayanillgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirishga qaratilmoqda. Bu esa respublikada milliy ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi, iqtisodiy faol mulkdorlar sinfining tobora shakllanib borishi, ishbilarmonlik, tadbirkorlikning, xusuan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan holda ular istiqboli uchun ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu holat, eng avvalo, mamlakatda mazkur yo’nalishda davlat tomonidan maqsadli, faol va samarali investitsiya siyosatini yuritilishi, investitsiya jarayonlarining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratib berilayotganligi hamda uni tartibga solish va qo’llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi ishlab chiqilganligi bilan uzviy bog’liqdir. O’zbekistonda investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhiti barpo etilishi shart hisoblanadi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablag’ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya’ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob-kitoblar majmuasini o’z ichiga oladi. Investitsiya muhitining jozibadorligi unga ta’sir etuvchi omillar darajasiga bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k. Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni muvafaqiyatli amalga oshirish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlarga bog’liq bo’ladi: xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashishi; yuqori texnologiya va ilmtalab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi; eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texniktijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish; innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llabquvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; o’zbek olimlari va mutaxassislarning chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish; yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish. Tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o’rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi, sig’imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar o’idirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o’rganish. Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash usullari samarali o’zlashtirish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi. 2. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullariningDownload 78.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling