Savollar raundi va Taymkiper - Shuningdek, har bir jamoaga nutqqa yoki savollar raundiga tayyorgarlik kо‘rish uchun qо‘shimcha 8 daqiqa beriladi. Jamoa a’zolari bu vaqtni birga о‘tkazishadi, vaqt tugallanganligi tо‘g’risida taymkiper ogohlantiradi.
- Taymkiper spikerlarning taqdimot vaqti tugashidan 2, 1 va 0,5 daqiqa oldin ogohlantiradi va taqdimotning tugallanishi lozim bо‘lgan payt haqida xabar beradi.
Spikerlarning majburiyatlari Tasdiq 1 - hamma bilan salomlashadi va о‘z jamoasini tanishtiradi;
- debat mavzusi, uning dolzarbligini va jamoa nuqtayi nazarini e’lon qiladi;
- kalit sо‘zlarga izoh beradi;
- argumentlarni belgilaydi va uning ahamiyatini tushuntiradi;
- inkor etishga qaratilgan barcha dalillarni ATIX tizimi bo‘yicha keltiradi
- “Qarama-qarshi savollarga tayyorman”degan sо‘zlar bilan nutqini tugatadi;
- I3 savollariga javob beradi va I2 ga savollar beradi.
Inkor 1 - hamma bilan salomlashadi va о‘z jamoasini tanishtiradi;
- debat mavzusi, uning dolzarbligini va jamoa nuqtayi nazarini e’lon qiladi;
- kalit sо‘zlar tasdiq jamoasi tomonidan noto‘g‘ri ta’riflangan bo‘lsa, ularga izoh beradi;
- argumentlarni belgilaydi va uni tasdiq jamoa argumentlari bilan taqqoslaydi;
- ATIX tizimida dalillarni keltiradi;
- qarama-qarshi savollardan xulosa chiqaradi;
- “Qarama-qarshi savollarga tayyorman” degan sо‘zlar bilan nutqini tugatadi;
- T3 savollariga javob beradi va T2 ga savollar beradi.
Tasdiq 2 - hamma bilan salomlashadi;
- rebatl qiladi;
- argumentlarni taqqoslaydi;
- o‘z dalillarning ahamiyatliligini kо‘rsatadi;
- yangi isbotlar kiritmaydi, aksincha, keltirilgan dalillarni yanada qо‘llab-quvvatlaydi;
- qarama-qarshi savollardan xulosa qiladi;
- “Qarama-qarshi savollarga tayyorman” degan sо‘zlar bilan nutqini tugatadi;
- I1 savollariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |