Defektologiya fani haqida. Defektologiya fanining predmeti. Defektologiya fanining maqsadi va vazifalari


-Mavzu: Harakat tayanch a’zolarining turli tug’ma va orttirilgan deformatsiyasi


Download 174.65 Kb.
bet39/48
Sana10.03.2023
Hajmi174.65 Kb.
#1258053
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
10.Defektologiya majmua

27-Mavzu: Harakat tayanch a’zolarining turli tug’ma va orttirilgan deformatsiyasi
REJA
1. Harakat-tayanch a’zosi haqida umumiy ma’lumot
2. Harakat-tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalarning o’ziga xos xususiyatlari
3. Harakat-tayanch a’zosi jarohatlangsn bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya va tibbiy muolajalar
Tayanch so‘zlar va iboralar: harakat tayanch a’zosi, miya falaji, kompleks yondashuv, ixtiyorsiz harakatlar, harakatning susayishi, serebral falajlik, muvozanatning buzulishi, murakkab nuqson.
Respublikamizda so‘nggi paytlarda bolalarnining sog‘lom tug‘ilishini ta’minlash, aloxida yordamga muhtoj bolalarning tug‘ilishini oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo‘lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora-tadbirlari ustida talaygina ishlar olib borilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bo‘lishini ta’minlash maqsadida onaning homiladorlik davridan boshlab to bola voyaga yetgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, korreksion pedagoglar tomonidan nazorat qilinib, “Sog‘lom avlod” dasturini to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Natijada harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam ko‘rsatilmoqda. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligida nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch a’zolarining turli tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning majruxligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l suyaklri o‘sishining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qimalarida modda almashinuvi bilan bog‘liq bolgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi,kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xatti-harakati, xissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Markaziy zaiflashish nima?


Markaziy zaiflashish ko‘pincha harakatni cheklashga olib keluvchi harakatlanish muskulini boshqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qobiliyatsizlikdir. Masalan serebral falajlik, artritlar, paralich, biror a’zoning yo‘qligi va bir yoki undan ko‘p a’zolar vazifasi pasayishini o‘z ichiga oladi. Bu holatlarning o‘qish, rivojlanish va ishtirok etishdagi ta’siri bolalarda farq qiladi.
Markaziy zaiflashuvi bo‘lgan ko‘pgina bolalar boshqa bolalar (kattalar) bilan ijtimoiy muloqotdagi qiyinchiliklarga ham duch kelishadi, ayniqsa aqliy va nutq rivojlanishida. Bu to‘xtamlarga o‘qituvchilar, maktablar va ta’lim hukumati tomonidan tashkillashtirilgan xizmatlar quvvatlangan ta’lim, sog‘lik va ijtimoiy sektorlar orasidagi hamkorlik kerak bo‘ladi.

Download 174.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling