Dehqonchiligi
Download 84.04 Kb.
|
8-sinf Dehqonchilik konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog‘dorchilik va uzumchilik
- Sabzavot-poliz ekinlari
- Uyga vazifa
Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik deyarli barcha viloyatlarda rivojlangan. U Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlar atrofida katta maydonlarni egallaydi. O‘zbekiston qovunlari xushbo‘y va shirinligi bilan qadimdan mashhur. Ular Xorazm, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda ko‘plab yetishtiriladi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik tabiiy sharoit, xalqning asrlar bo‘yi to‘plagan boy tajribasiga muvofiq har bir viloyatda alohida tarmoq sifatida ixtisoslashgan. Quva (Farg‘ona viloyati) va Dashnobod (Surxondaryo viloyati) anorlari, Andijon uzumi, Samarqand mayizi azaldan mashhurdir. Oltiariqda uzumchilik va bodring yetishtirish, Farg‘ona viloyati adirlarida (O‘qchi, Rishton, Chimyon, Mindon) o‘rik, shaftoli yetishtirish, Oqqo‘rg‘onda (Buvayda) anjir yetishtirish rivojlangan. Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda bog‘ va tokzor maydonlar birmuncha kamroq. Sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumlar mamlakatimizdan shimolda joylashgan yurtlardagiga nisbatan 60-70 kun erta yetiladi. Demak, bu sohada ham O‘zbekiston talay eksport imkoniyatlariga ega. O‘zbekistonda bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan ko‘plab xo‘jaliklar bor. Ularning aksariyati o‘zi yetishtirgan mahsulotni shu yerda qayta ishlab, sharbat va konserva tayyorlaydi. Ana shunday sanoat korxonalari bo‘lgan xo‘jaliklar negizida agrosanoat birlashmalari vujudga kelmoqda. Yangi mavzuni mustahkamlash:Sholi, kanop, moyli ekinlar, tamaki ekiladigan joylarni xaritadan toping. Siz yashab turgan tuman yoki viloyatdan qanday mevalar qaysi viloyatlarga yuboriladi? Siz yashab turgan tumanda qaysi tarmoqlar paxtachilik bilan bog‘langan? Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish mavzu yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni bajarish. Foydalanilgan adabiyotlar: Geografiya 8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Download 84.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling