Dehqonchilik fanining asosiy vazifasi nimadan iborat? A *Tuproq unumdorligini va ekinlarni hosildorligini oshirish
Download 0.83 Mb.
|
dehqonchilik asoslari savol javoblar to`plami222
Dehqonchilik fanining asosiy vazifasi nimadan iborat? A)*Tuproq unumdorligini va ekinlarni hosildorligini oshirish B) Begona o’tlarni yo’qotish C) Tuproq unumdorligini mineral o’g’itlar qo’llash bilan oshirish D) Tuproqni meliorativ xolatini yaxshilash 2. Tuproq unumdorligining turlarini ko’rsating. A)*Tabiiy, sun’iy va foydalik B) Tuproq oziqa moddalarining miqdori C) Tabiiy unumdorlik D) Tuproqning meliorativ holatiga ko’ra unumdor 3. Foydali unumdorlik qanday belgilanadi? A)*Olingan hosil bilan o’lchanadi B) Fan texnikaning rivojlanishi to’g’risida C)) Dehqonlarning aktiv ishtirokida D) Dehqonlarning xech qanday ta’siri bo’lmaganda 4. Unumdorlik tushunchasi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A)* O’simlikdan yuqori hosil olish uchun zarur sharoitlar bilan taminlanishi B) O’simlikni oziqa moddalar bilan ta’minlanishi C) O’simlikni havo-issiqlik va yorug’lik bilan D) Ilg’or agrotexnik tadbirlarning qo’llanilishi 5. Tuproq strukturasi buzilish sabablarini ko’rsating. A)* Traktorlar, odamlar, hayvonlar va ishlash qurollarining tasirida B) Yogin sochin suvlar ta’sirida C) Tuproqdagi chirindini azrob sharoitida chirishi natijasida D) Sug’orish natijasida 6. Tajriba sxemasi nima? A)* Tajriba sxemasi bu tajriba va nazorat variantlari yig’indisidir B) Tajribada o’rganilayotgan omil C) Eng yaxshi ko’rsatgichga erishgan variantlar yig’indisi D) Faqat tajriba variantlari yig’indisi 7. Tuproqning strukturasi qaysi yo’llar bilan tiklanadi? A)* Tuproqni chirindi bilan boyitish, almashlab yekishni va organik o’g’itlar qo’llash B) Yerga sifatli ishlov berish C) Tuproqqa mineral o’g’itlar solish D) Yerlarni sifatli yuza ishlash 8. O’simlikning o’sishi uchun zarur omillarni ko’rsating? A)* Issiqlik, suv, havo, oziqa moddalar B) Sho’rlanish, kislotalik va ishqorlik C) Azot, fosfor, kaliy, kalsiy D) Shamol, yomg’ir, yorug’lik 9. Dexkonchilikda moddalarni kaytarib berish konunini ko’rsating. A)* O’simlik o’zlashtirgan moddalarni qaytarib berish B) Sharoitlarni minimum, optimum, maksimum ta’sir etish C) Bir sharoitning ikkichisi bilan almashtirib bo’lmasligi D) Ekinlarni o’rin almashtirib bo’lmasligi 10. Dexqonchilikda bir omilni ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaslik qonuni qaysi javobda aniq yoritilgan. A)* Bir omilni ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmasligi B) Sharoitlarning minimum, optimum va maksimum ta’siri C) O’simlik o’zlashtirgan moddalarni qaytarib berishi D) Ekinlarni o’rin almashtirib ekilishi 11.Tadqiqotlarni loyihalashtirishning asosiy bosqichlarini ko’rsating. A)* Mavzu tanlash, vazifa va obyektini aniqlash, masalaning tarixi va zamonaviy ahvoli, ish gipotezasi B) Tadqiqot obyektini aniqlash C) Masalaning tarixini o’rganish D) Ish gipotezasi 11. Dexqonchilikda ekinlarning o’rin almashtirib ekish qonuni qaysi javobda to’g’ri berilgan. A)* Ekinlarni ekin maydonlarida o’rin almashtirib B) Bir sharoitni ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmasligi C)) Sharoitlarni minimum, maksimum, optimum ta’sir etishi D) Sharoitlarni bir vaqtda kompleks ta’sir etishi 12. Tuproqdagi mikroorganizmlar uchun optimal namlikni ko’rsating. A)* 60-70 B) 0-5 C) 15-20 D) 30-36 13. Tuproqdagi mikroorganizmlar uchun optimal issiqlikni ko’rsating. A)* 30-36 B) 0-5 C)) 5-15 D) 36-45 14. Bedaning transpirasion koyeffisiyenti qanchaga teng? A)* 1000-1500 B) 230-250 C) 370-600 D) 700-800 15. Bug’doyning transprasion koeffisiyenti qanchaga teng? A)* 370-600 B) 230-550 C) 600-800 D) 900-1000 16.Vegetasion tajribalar qayerlarda olib boriladi? A)* Vegetasion uylar, issiqxonalar va iqlimiy kameralar B) Dala sharoitida C) Laboratoriya va dala sharoitida D) Ishlab chiqarish tajribalarida 17. Yilning qaysi faslida yog’adigan yog’inlar tuproqda ko’proq suv to’playdi? A)* Qishda B) Yozda C) Bahorda D) Sel kelganda 18. Tuproqning suv o’tkazishi qobiliyati qanday omillarga bog’liq? A)* Tuproqning mexanik tarkibi va donadorligiga B) Tuproqdagi organik moddalar miqdoriga C) Tuproqdagi suvning miqdoriga D) Tuproqdagi mineral moddalarniig miqdoriga 19. Tuproqning suv o’tkazish qobiliyatini qaysi yo’llar bilan yaxshilanadi? A)* Donadorlik paydo qilish, chirindi bilan boyitish B) Tuproq yuzasini yumshatish C) Tuproqni zichlash D) Tuproqni sho’rini yuvish 20. Tuproqning to’liq nam sig’imi nima? A)* Tuproq zarrachalari orasidagi kapillyar va nokapillyar bo’shliklar suv bilan to’lganda B) Kapillyar naylar suv bilan to’lganda C)) Nokapilyar naylar suv bilan to’lganda D) Tuproq qor-yomg’ir suvlari bilan to’yinganda 21. Tuproqning kapillyar nam sig’imi nima? A)* Kapillyar naylar suv bilan to’liq to’yinganda B) Tuproqda anchagina suv pastga siljimasdan tuproqda ushlanib turishi C) Tuproq zarrachalari orasidagi nokapillyar bo’shliqlar suv bilan to’yinganda D) Tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida ushlangan suv 22.Dala tajribasini o’tkazish uchun yer uchastkasiga qo’yiladigan talablar? A)* Tipikligi va unumdorligi bir xilligi B) Faqat tipikligi C) Faqat tuproq unumdorligini bir xilligi D) Tuproqning ishonchligi 23. Tuproqdan namlikni foydali sarflanishini ko’rsating. A)* Madaniy yekinlar tomonidan o’zlashtirishi B) Yovvoyi va begona o’tlarning o’zlashtirishi C) Tuproqdan oqib chiqib ketishi D) Tuproq yuzasida bug’lanishi 24. Tuproqdagi namlikning behuda sarflanishi sabablarini ko’rsating. A)* Yovvoyi va begona o’tlarning o’zlashtirishida B) Biologik prosesslarni o’tishida C) Foydali mikroorganizmlarni faoliyatida D) Madaniy ekinlarni o’zlashtirishida 25. Nishab yerlarni suv rejimini yaxshilash tadbirlari qanday? A)* Nishab yerlarni ko’ndalangiga haydash B) Tuproqni zichlash C) Tuproqqa mineral o’g’itlar qo’llash D) Enish yerlarni uzunasiga haydash 26.Lizimetrik tajribada lizimetrlar hajmi qancha bo’ladi? A)* 1-2 m3 B) 0,5 m3 C) 5 m3 D) 4 m3 27. Atmosfera havosining tarkibi % qaysi javobda to’g’ri berilgan. A)* Azot 78,8; kislorod 20,95; karbonat angidrid 0,03 B) Azot 78,8; kislorod 18,0; karbonat angidrid 0,8 C) Azot 78,8; kislorod 15,0; karbonat angidrid 10,0 D) Azot 78,8; kislorod 10,0; karbonatangidrid 15,0 28. Tuproq havosini yangilanishi qanday amalga oshiriladi? A)* Tuproqni boronalash bilan B) Tuproqni zichlash bilan C) Urug’ ekish bilan D) Sug’orish bilan 29. Tuproq havosini tarkibini o’zgarish yo’llarini ko’rsating. A)* Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni kuchaytirish yo’li bilan B) Tuproqni tekislash C)) Tuproqni yuza ishlash D) Tuproqni zichlash 30 Tuproqning havo rejimini yaxshilash tadbirlarini ko’rsating. A)* Tuproqni sifatli chuqur haydash haydov qatlamini chuqurlashtirish B) Tuproqni joriy tekislash C) Tuproqni yuza qatlamini zichlash (molalash qatorlar bilan bostirish) D) Mineral o’g’itlar qo’llash 31. Tuproqda biologik jarayonlarning o’tishi uchun optimal haroratni ko’rsating. A)* 300 360 B) 800 900 C) 600 700 D) 400 500 32. Tuproqni qizdirishda issiqlik manbalarini ko’rsating. A)* Quyosh nuri B) Oy nuri C) Atmosferadagi namlik miqdori D) Yorug’lik 33.Tajriba dalasi va yo’l orasidagi masofa necha metrdan kam bo’lmasligi kerak? A)* 10-20 metrdan B) 5-10 metrdan C) 20-25 metrdan D) 20-30 metrdan 34. Tuproq haroratini pasaytirish tadbirlarini aniqlang. A)* Tuproqni sug’orish bilan B) Rangini qoraga o’zgartirish bilan (go’ng,ko’mir changlari, mulcha materiallar) C) Tuproqni sifatli ishlash bilan D) Tuproq yuzasida pushtalar hosil qilish bilan 35. Tuproq haroratini oshirish yo’llarini ko’rsating. A)* Tuproq yuzasida pushtalar hosil qilish bilan B) Tuproqni yuzasini tekislash bilan C)) Tuproqni yuza qatlamini zichlash bilan D) Tuproqga suv quyish bilan 36.Tajribada paykallarining joylashtirish usullari? A)* Sistematik, tasodifiy, lotin kvadrati B) Faqat sistematik C) Faqat tasodifiy D) Faqat lotin kvadrati 37. Tuproqda nitrifikasiya jarayoni deganda nimani tushunasiz? A)* Tuproqdagi ammoniyning nitratlargacha yemirilishi B) Tuproqdagi organik moddalarning azotning ammoniy holigacha yemirilishi C) Tuproqdagi organik moddalarning ammiakgacha yemirilishi D) Organik moddalarning azotning molekulyar holigacha yemirilishi 38. Nitrifikasiya qanday sharoitda kuchlik o’tadi? A)* Tuproqning aerasiya prosesi yaxshi bo’lganda B) Bostirib sug’orilganda C) Tuproq yuzasi zichlanganda D) Tuproq reaksiyasi kislotalik bo’lganda 39. Nitrifikasiya prosesining o’tishida tuproqda optimal harorat qanday bo’lishi kerak? A)* 300-400 B) 10-50 C) 100-200 D) 200-300 40. Nitrifikasiya jarayonini o’tishda tuproqda optimal namlik % qanday bo’lishi kerak? A)* 600-700 B) 1,50-100 C) 100-300 D) 300-600 41.Tajriba o’tkazayotgan vaqtda tadqiqotchi qanday xatolarga duch kelishi mumkin? A)* Tasodifiy B) Sistematik C) Qo’pol D) Tasodifiy, sistematik, qo’pol 42. Tuproqni ozik moddalar bilan boyitish yo’llari qanday? A)* Tuproqga mineral va organik o’g’itlar solish B) Tuproqni sug’orish C) O’z vaqtida sifatli haydash D) Tuproq yuzasini ishlash 43. Tuproqni oziqa rejimini yaxshilash tadbirlarini ko’rsating. A)* Almashlab ekishni qo’llash B) Sho’r yuvish C) Reaksiyani neytrallash D) Tuproqni tekislash 44. Yovvoyi o’simliklar deb qaysi o’simliklarga aytiladi? A)* Tabiatda o’zi o’sadigan, ko’payadigan, tarqaladigan o’simliklar B) Inson tomonidan ekilmaydigan ammo madaniy yekinlar orasida o’sadigan begona o’tlar C) Madaniy ekinlar orasida boshqa madaniy yekinlarni zkish usuli D) Ayrim madaniy o’simliklar orasidagina o’sadigan begona o’tlar 45.Dala tajribalari nechta turga bo’linadi? A)* Maxsus ajratilagan maydonlarda (stasionar) va ishlab chiqarish sharoitida B) Agrotexnikaviy tajribalar C) Nav sinash tajribalari. D) Yalpi yoki geografik dala tajribalar 46. Moslashgan begona o’tlar nima? A)* Ayrim madaniy ekinlar orasidagina yashaydigan begona o’tlar B) O’simliklarda tekinxo’rlik kilib yashaydigan begona o’tlar C) Asosiy madaniy ekinlar orasida o’sadigan boshqa madaniy ekinlar D) Inson tomonidan ekilmaydigan ammo ekinlar orasida o’sadigan begona o’tlar 47. Begona o’tlarning dehqonchilikka yetkazadigan zararini ko’rsating. A)* Tuproqdan namlikni ko’p bug’latadi B) Tuproqni haydov qatlamini yumshatish C)) Tuproqni donadorligini yaxshilaydi D) Tuproqni mexanikaviy holatini yaxshilaydi 48. Begona o’tlar dehqonchilikka qaysi yo’l bilan zarar yetkazadi? A)* Oziqa moddalar miqdorini kamaytiradi B) Biologik holatlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi C) Tuproqning tuzilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi D) Tuproqni sho’rlanishiga olib keladi 49. Zaxarli begona o’tlarni ko’rsating A)* Kakra, kampirchapon, bangidevona B) Gultojixo’roz, shamak, sho’ra C) Zubturum, qoqioo’t, bargizub D) G’umay, ajriq salomalik 50. Tekinxo’r begona o’tlar qaysi javobda to’g’ri berilgan? A)* Zarpechak, devpechak, shumg’iya B) Semizo’t, shamak, kurmak C) Kakra, kampirchopon, bangidevona D) G’umay, ajriq, qamish 51.Tajribalarda takroriylik nechta bo’lishi kerak? A)* 3-8 ta B) 1-2 ta C)) 9-10 ta D) 12 ta 52. O’simliklar yer ustki organlarida tekinxo’rlik qilayotgan begona o’tlarni ko’rsating. A)* Zarpechak, devpechak B) Otquloq, oqquray, kampirchopon C) Zubturum, bargizub D) Qirqbo’g’in, salomalaykum, yantoq 53. O’simliklar ildizida tekinxo’rlik qiladigan begona o’simliklar qaysilar? A)* Shumg’iyalar B) Zarpechak va devpechaklar C) Olabuta, ituzum, takasoqol D) Zubturum, bargizub, qoqio’t 54. Efemer begona o’tlarni aniqlang. A)* Lolakizg’aldoq, yulduzo’t B) Yovvoyi suli, olabuta, gultojixuroz C)) Shamak, kurmak, itqo’noq D) Burgan, tuyaqorin, ituzum 55. Bir yillik begona o’tlarni ko’rsating. A)* Oqsho’ra, yovvoyi gultojixo’roz, semizo’t B) Qashqarbeda, sariq yovvoyi beda, lattatikan C) Otqulok, okquray, qoqio’t, kampirchopon D) Zubturum, bargizub, kirqbo’gin 56.Dala tajribalari omillar soniga ko’ra nechta turga bo’linadi? A)* Bir omilli va ko’p omilli B) Omillar inobatga olinmaydi C) Qisqa va ko’p omilli D) Yakka tartibli dala tajribalari 57. Ko’p yillik begona o’tlarni ko’rsating. A)* Yantok, kakra, qo’ypechak, ajrik B) Oksho’ra, semizo’t, yovvoyi gultojixo’roz C) Zarpechak, devpechak D) Beda shumg’iyasi, kungaboqar shumg’iyasi 58. Ildiz poyalaridan ko’payadigan begona o’tlarni ko’rsating. A)* G’umay, ajriq B) Otkuloq, oqquray, kampirchopon C) Zubturum, bargizub, qoqio’t D) Quypechak, yantok, kakra 59. Fakat urug’idan ko’payadigan begona o’tlarni ko’rsating. A)* Yovvoyi gultojixo’roz, shamak, ituzum B) Zubturum, bargizub C)) Qo’ypechak, yantok, kakra D) G’umay, ajrik, qamish 60. Vegetativ organlari va urug’idan ko’payadigan begona o’tlarni toping. A)* G’umay, ajrik, salomalaykum, qamish B) Yovvoyi suli, olabuta, yovvoyi gultojixuroz C) Oqitqo’noq, ituzum D) Lolakizgaldok, yulduzo’t 61. Takroriylik deb nimaga aytiladi? A)* Tajriba davomida har bir variant bir qismli paykallarining takrorlanishiga B) har bir variant takrorlanishiga aytiladi C) Takrorlik deb, paykallarning takrorlanishiga aytiladi D) Takrorlik deb, tajriba takrorlanishiga aytiladi 62. Yovvoyi o’simliklarga qarshi kurashishda ularning bo’lmasligi uchun oldini olish choralari qanday? A)* Karantin xizmatini yaxshi ishlash B) Yerlarni yuza ishlash va chukur xaydash C)) Yerlarni urug ekishdan oldin D) Ekinlarning kator oralarini 63. Begona o’tlarni agrotexnik yo’llar bilan yo’qotish choralarini ko’rsating. A)* Yerlarni yuza ishlash va chukur xaydash B) Karantin xizmatini to’g’ri yulga qo’yish C) Ekiladigan uruglarni yovvoiy o’simliklar urug’laridan tozalash D) Go’ngni begona o’tlarning urug’idan tozalash 64. Ekin maydonlarida begona o’tlarni yo’qotish choralari qanday? A)* Gerbisidlar qo’llash bilan B) Tashlandiq yerlarni ariq chekkalarini begona o’tlardan tozalash C)) Karantin xizmatini to’gri yo’lga quyish D) Go’ngni begona o’tlarning urug’ini yo’qotish 65. Begona o’tlarni termik yo’llar bilan yo’qotish yo’llarini ko’rsating. A)* Kuydirish choralarini qo’llash B) Mexanikaviy usullar bilan C) Agrotexnika tadbirlari bilan D) Gerbisidlarni qo’llash bilan 66. Begona o’tlarni biologik vositalar bilan yo’qotish choralari qanday A)* Maxsus almashlab ekishni qo’llash B) Begona o’tlarning uruglarini ildiz poyalarini va ildiz bachkilarini kuydirish C) Gerbisidlarni qo’llash D)Maxsus agrotexnika tadbirlarini qo’llash bilan 67.Dala tajribalari amalga oshirilish ko’lamiga ko’ra nechta turga bo’linadi? A)* Yakka tartibli dala tajribalari va geografik dala tajribalar B) Xususiy tajribalar C) Maxsus ajratilagan maydonlarda (stasionar) va ishlab chiqarish sharoitida D) Tajribalarda ko’lam hisobga olinmaydi 68. Ekinlar orasida begona o’tlarni kimyoviy yo’qotish choralarini ko’rsating. A)* Tanlab ta’sir etuvchi gerbisidlarni qo’llash B) Gerbisidlar qo’llash bilan C)) Yoppasiga ta’sir yetuvchi gerbisidlarni qo’llash D) Kontakt ta’sir etuvchi gerbisidlarni qo’llash 69. Kuzgi shudgordan oldin begona o’tlarga qanday gerbisidlar qo’llaniladi? A)* Yoppasiga ta’sir etadigan gerbisidlar B) Tanlab ta’sir etadigan gerbisidlar C) Kontakt ta’sir etadigan gerbisidlar D) Ichdan ta’sir etadigan gerbisidlar 70. Ekinlarning o’rin almashtirib ekilishning ijobiy ta’siri nimada? A)* Moslashgan begona o’tlarni yo’qotish B) Namlikni befoyda yo’qotish C)) Tuproqda tuzlarning miqdorini oshiradi D) Tuproqda begona o’tlarni ko’paytiradi 71.Dala tajribalarida qaytariqlar nima? A)* Bir xil variantlarni qaytarilishi B) Bir xil paykallarni joylashishi C) Yarusli joylanishi D) Ikki va to’rt yarusli joylanishi 72. Paxta beda almashlab yekish sxemasini aniqlang A)* Beda 1-yil beda 2-y paxta, paxta, paxta, paxta-g’alla, oraliq ekin, paxta, paxta B) Beda 1-y beda 2-y kartoshka kartoshka poliz makkajoo’xori kartoshka sabzavot C) Shudgor kuzgi bug’doy arpa chopiq qilinadigan D) Ekinlar kuzgi bug’doy arpa beda 2-y sabzavot 2-y kartoshka makkajo’xori sabzavot 73. Yerni asosiy ishlash usulini toping. A)* Haydash B) Zichlash C) Yumshatish D) Yuza ishlash 74. Tuproqni yuza ishlash nima? A)* Boronalash B) Haydash C) Molalash D) O’g’itlash 75. Yerni zichlash qanday bajariladi? A)* Molalash B) Boronalash C) Diskalash D) Tekislash 76. Ang’iz yerlarni asosiy ishlashni ko’rsating. A)* Yuza yumshatish so’ngra chuqur xaydash B) Yerlarni to’g’ridan to’g’ri ag’darib xaydash C) Pushta xosil kilib xaydash D) Jo’yak xosil kilib xaydash 77.Dala tajribalarida qanday xujjatlar yuritiladi? A)* Dala va laboratoriya jurnali, kundalik daftar, ishchi daftar B) Kundalik daftar C) Ishchi daftar D) Xujjat yuritish shart emas 78. Keng qo’llanadigan yerni haydash usullarini ko’rsating. A)* Taxtalarga bo’lib xaydash B) U chastka chetidan boshlab aylana shaklida haydash C) Uchastka o’rtasidan boshlab aylana shaklida haydash D) Tekis yerlarda jo’yak xosil kilib haydash 79. T.S.Malsev usulida yerni xaydash usulini aniqlang. A)* Qatlamni ag’darmasdan haydash B) Qatlamni ag’darib haydash C) Pushta xosil kilib haydash D) Ikki qatlamga ajratib ag’darib haydash 80. Shamol eroziyasi xavfi bo’lgan yerlarni asosiy ishlashni ko’rsating. A)* Yerlarni ag’darmasdan ang’iz qoldiqlarni tuproq yuzasida qoldirib haydash B) Qatlamni ag’darib haydash C) Ikki katlamlab ag’darib haydash D) Tuproq yuzasida pushta xosil qilib haydash 81.Dala tajribalari o’tkazish davomiyligiga ko’ra bo’linadi? A)* Qisqa muddatli, ko’p yillik va uzoq yillik B) Bir yillik, ikki yillik, qisqa muddatli C)) Qisqa muddatli, ikki yillik va uzoq yillik D) Bir yillik, qisqa muddatli va uzoq yillik 82. Suv eroziyasi xavfi bo’lgan yerlarni asosiy ishlash tadbirlari qanday? A)* Nishab yerlarni ko’ndalangiga haydash B) Qatlamni ag’darib haydash C) Ikki qatlamlab ag’darib haydash D) Enish yerlarni uzunasiga haydash 83. Kultivasiya bilan qanday texnologik jarayon bajariladi? A)* Qatlam yumshatiladi va ag’darilmaydi B) Qatlam yumshatiladi va ag’dariladi C) Qatlam zichlanadi va tekislanadi D) Qatlam chuqur yumshatiladi 84. Mola qilish bilan qanday jarayon bajariladi? A)* Qatlam zichlanadi va tekislanadi B) Qatlam yumshatiladi C) Qatlam ag’dariladi D) Qatlam ag’darilmaydi yumshatiladi 85. Kuzgi g’alla ekinlarini erta bahorda ishlashni ko’rsating. A)* Boronalash B) Diskalash C) Kultivasiyalash D) Yuza haydash 86. Urug’ing ekish me’yori nimaga bog’liq? A)* Urug’ing sifatiga xo’jalik yiroqligiga B) Ekish chuqurligiga C) Ekish muddatiga D) Tuproqda namlikning miqdoriga 87. Urug’ning ekish chuqurligi nimaga bog’liq? A)* Tuproqning mexanik tarkibiga B) Urug’ing sifatiga C) Urug’ning xo’jalik yaroqligiga D) Tuproqning sho’rlanishiga 88. Chopiq qilinadigan ekinlarni ekish usulini ko’rsating. A)* Keng qatorlab pushtalab, qatorlab yoki jo’yakka ekish B) Yoppasiga qatorlab C)) Tor qatorlab D) Shaxmat diagonal usulida ekish 89.Qisqa muddatli tajribalarga necha yil davom o’tgan tajribalar qaraydi? A)* 4-10 yil B) 1-3 yil C) 1-2 yil D) 10-15 yil 90. Yerlarni yuza ishlash usulini ko’rsating. A)* Yerlarni kultivasiya qilish B) Qatlamni ag’darib haydash C)) Qatlamni ag’darmasdan haydash D) Xaydov qatlamni chuqurlashtirish 91. Ekinlarni qator oralarini ishlashni ko’rsating. A)* Kultivasiya B) Pushta qilish C)) Diskalash D) Boronalash 92. Dala tajribasining maydoni nimaga bog’liq? A)* O’simlik turi va tajriba xiliga B) Tajriba xiliga C) O’simlik soniga D) Joyning relyefiga 93. Paxtaning solmog’i 70 % bo’lgan almashlab yekish sxemasini ko’rsating. A)* 2:4:1:3 B) 3:6 C) 2:4:1:2 D) 2:6:1:3 94. Uch yillik bedaning ildizida va ang’iz qoldiqlarida qancha biologik azot to’planadi? A)* 300-500 B) 50-100 C) 100-150 D) 00-250 95.Bir yoki bir necha omillarning o’zaro ta’siri bo’yicha umumiy ishonch baho qaysi tahlilda aniqlanadi? A)* Dispersion tahlil B) Korrelyasion tahlil C) Kovariasion tahlil D) Regression tahlil 96. Dalalarning tarixiy daftarini moxiyati nimada? A)* Dalalar bo’yicha har yili qo’llangan agrotexnika tadbirlar va olingan hosil daftari B) O’g’itlarni qo’llash rejasi yozilgan daftar C) Xo’jalikning perspektiv rejalari yozilgan daftar D) Yovvoyi o’simliklarni kartalashtirish daftari 97. Ko’p yillik bir omilli va ko’p omilli stasionar tajribalar davomiyligi qancha vaqt bo’lishi kerak? A)* 10-50 yil B) 4-10 yil C) 50-70 yil D) 50-80 yil 98.Tajribalarda takroriylik nechta bo’lishi kerak? A)* 3-8 ta B) 1-2 ta C) 9-10 ta D) 12 ta 99. Paxtaning salmogi 80% bo’lgan almashlab yekish sxemasini ko’rsating. A)*1:4:1:4 B) 2:6:1:3 C)) 2:4:1:2 D) 3:6 100. Dala tajribasini o’tkazish uchun yer uchastkasiga qo’yiladigan talablar? A)* Tipikligi va unumdorligi bir xilligi B) Faqat tipikligi C) Faqat tuproq unumdorligini bir xilligi D) Tuproqning ishonchligi testDownload 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling