Dehqonobod kaliy zavodi” аj faoliyati Reja
Transportda tashish va saqlash
Download 1.53 Mb.
|
Dehqonobod kaliy zavodi Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqaruvchi kafolatlari
- M U N D A R I J A “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ faoliyati haqida ma’lumot………………………………………………………… Kaliy xlorid haqida ma’lumot ………………………………..
- Texni tuz ………………………………………………………… LAF (Нефрас C2 800/120)…………………………………….. Ishlab chiqarish dinamikasi………………………………………
Transportda tashish va saqlash
Vositalar transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amalda bo‘lgan, yuklarni tashish qoidalariga muvofiq yopiq transport vositalarida tashiladi. Qadoqlangan holdagi vositalar havoning 75% dan ortiq bo‘lmagan nisbiy namligi bilan, + 350S dan ortiq va 00S dan past bo‘lmagan haroratda stellajlarda yopiq, quruq, omborxonalarda saqlanishi kerak. Ishlab chiqaruvchi kafolatlari Iste’molchi tomonidan transportda tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda, ishlab chiqaruvchi mahsulotning muvofiqligini kafolatlaydi. Suyuq vositaning yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan kunidan boshlab 36 oy. Ishlab chiqarish dinamikasi2019-2003 yillarda loyiha quvvati 120 ming tonna, qiymati 61 mln. АQSh dollariga teng kaliy sulьfati va boshqa kaliy tuzlarining turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda 180 ming tonna, qiymati 15 mln. АQSh dollariga teng granulyatsiyalangan xlorli kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish boʼyicha 2 ta investitsion loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Аyni paytda jamiyatda 1925 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, shundan ayollar 215 nafarni tashkil qiladi. “DKZ” АJ da GOST 4568-95 talablariga javob beradigan maydalangan markali, 1 nav kaliy xlorid mahsuloti flotatsion usulda ishlab chiqariladi. Oʼzbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimining 05.09.2018 yildagi UZ.SMT.04.001. 07910 muvofiqlik sertifikati mavjud. “DKZ” АJ da ISO 9001:2015 xalqaro stantartiga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va amal qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati kafolati mustaqil xalqaro SGS kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Korxonada oʼtgan 9 yil davomida jahon standarti talablariga toʼliq javob beradigan 1866,7 ming tonna kaliy xlorid mahsuloti ishlab chiqarildi, shundan 1370,8 ming tonnasi (73,4 %) xorijga eksport qilindi. Аyni paytda bu turdagi mahsulotlar dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlariga jumladan Indoneziya, Malayziya, Vьetnam, Fillipin, Koreya, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Latviya, Litva, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va boshqa qator davlatlarga eksport qilinmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Kimyo sanoatining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 3246-son qaroiriga muvofiq 2017 yil 1 oktyabrdan “Oʼzkimyosanoat” АJ korxonalari, shu jumladan “DKZ” АJ mahsulotlar eksport/import operatsiyalari “Oʼzkimyoimpeks” MChJ orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Qishloq xoʼjaligi vazirligining hisob kitoblariga koʼra, qishloq xoʼjaligi ekinlarining kaliyli oʼgʼitlarga ilmiy asoslangan talabi sof holda 313,6 ming tonnani, shundan sugʼoriladigan maydonlarda paxta va gʼalla ekinlari talabi 173,4 ming tonnani yoki umumiy talabning 55% ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 2018 yilda 76 % ni tashkil etdi Kaliyli oʼgʼit tarkibida xlor boʼlsa-da, tuproqni zararlamaydi. Shoʼr tuproqli yerlar uchun ham, mevali daraxtlar uchun ham foydali. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida unga talab katta. Kuzatishlar shuni koʼrsatganki, kaliyli oʼgʼit solingan paxtazorning 1 gektarida hosildorlik 7-8 va gʼallada 14-15 sentnergacha oshgan. Jamiyat xoʼjalik faoliyati doirasida ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur boʼladigan tovar (ish, xizmat) larning xaridlari Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi»ning 2018 yil 15 maydagi 185, 186-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan «Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida» gi va «Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʼtkazish borasidagi faoliyati toʼgʼrisida»gi nizomlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Qarori talablariga asosan amalga oshirib kelinmoqda. Jamiyatda “Navroʼz” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida ehtiyojmand oilalarning farzandlarining sunnat va nikoh toʼylari oʼtkazilishi, ularga pul mablagʼlari bilan omonat daftarchalari va qimmatbaho sovgʼalar berilishi anʼanaga aylanib bormoqda. Korxona faoliyatini yuritish bilan birga obodonchilik va koʼkalmzorlashtirish ishlariga jiddiy eʼtibor berib borilib, korxonaga qarashli mavjud 21,5 gektar bogʼ maydonida jami 20 mingdan oshiq turli mevali va manzarali daraxtlar parvarishlanib kelinmoqda. Korxona hududidagi ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiqcha boʼsh hududlarda ham koʼkalamzorlashtirish ishlariga jiddiy yondoshilib, mavjud 540 dona mojovelьnik, 400 dona Qrim sosnasi, 95 dona tut, 315 dona sharq tuyasi daraxtlari va 2000 m2 yashil maysa (gazon)ni parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda hamda har yili mavsumiy gullar ekilishi taʼminlanmoqda. Korxona ishchi-xizmatchilari uchun qurilgan namunali uy-joylar va ishchilar yotoqxona atrofidagi hududlarda mevali va manzarali daraxt koʼchatlari parvarishlanmoqda. M U N D A R I J A “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ faoliyati haqida ma’lumot………………………………………………………… Kaliy xlorid haqida ma’lumot ……………………………….. Texni tuz ………………………………………………………… LAF (Нефрас C2 800/120)…………………………………….. Ishlab chiqarish dinamikasi……………………………………… Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling