O‘qitish turlari va mustaqil ishlashga ruxsat berish tartibi;
Ishga yangi kirayotgan barcha xodimlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshirishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga oid o‘quvni tashkil etishi shart.
Yuqori xavfga ega bo‘lgan ishlab chiqarishga yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kiruvchi xodimlar uchun ishni xavfsiz uslublar va usullar bilan bajarish bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik, kasb bo‘yicha bir oy davomida mehnatni muhofaza qilishga doir o‘quv o‘tkazilib, imtihon topshiriladi va keyinchalik mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha majburiy davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitilishi, yo‘l-yo‘riq olishi, bilimlarining tekshiruvidan o‘tkazilishi shart.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riq olmagan va bilimlari tekshiruvdan o‘tkazilmagan shaxslarni ish beruvchi ishdan chetlashtirishi shart.
Umumiy xavfsizlik choralari
Korxonaga xos bo‘lgan asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ulardan himoya qilish usullari
Zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili
Xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da quyidagi zararli ishlab chiqarish omillari mavjud
Ishlab chiqarish shovqini
Ishlab chiqarish shovqini – bu vaqt oralig‘ida tartibsiz o‘zgaruvchi, har xil tezlik va chastotadagi tovushlar jamlanmasi bo‘lim, ishlovchilarga yoqimsiz tuyg‘ularni chaqiradi. Qattiq, gazsimon va suyuq moddalarning tebranishi shovqinning manbasi hisoblanadi. Shovqinlar kichik chastotali ( tebranish chastotasi 30-350 gs), o‘rta chastotali (tebranish chastotasi 360-800 gs) yuqori chastotali (tebranish chastotasi 800 gs dan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Shovqin ta’siri jarohatlanish darajasini oshishiga, ish unumdorligini pasayishiga, eshitish va organizmning boshqa a’zolarining o‘ziga xos shikastlanishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Eshitish qobiliyatining pasayishi odatda 5-7 yil ishlagandan keyin rivojlanadi. Shovqindan himoyalanish bo‘yicha asosiy tadbir bu shovqin sababini bartaraf etish yoki hosil bo‘layotgan manbaning o‘zida uni kamaytirish. Agar shovqin manbasini yo‘qotishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositasi - shovqinga qarshi tiqinlardan yoki quloqchinlardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |