Dehqonobod kaliy zavodi


Yer osti nasos qurilmalar va quvur tizimi


Download 332.49 Kb.
bet3/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Yer osti nasos qurilmalar va quvur tizimi
Yer osti qazish ishlarini olib borish jarayonida qatlamlardan sizib chiqqan tuzga to‘yingan suv rassollar qazilgan laxmlarda kam yig‘iladi. Gidrogeologik o‘rganishlar natijasi ko‘ra konda paydo bo‘ladigan umumiy rassollarning maksimal yig‘indisi 15m3/soatni tashkil etadi.
Boshqa davlatlardagi kaliy konlarini ekspluatatsiya qilinishida rassolga qarshi kurashish ishlarini o‘rganib chiqib Tepaqo‘ton konida asosiy rassol xavfi paydo bo‘lishi va doimiy ravishda laxmlarda paydo bo‘linishini o‘rganib chiqilib kon yer osti majmuasida magistral kon laxmlarini ko‘p yillar ishlatilishi zaruriyligini xisobga olib quyidagi ishlar;

  • №1 va №2 qiya stvollarda rassol jamlash punktlari va ularda yig‘ilgan rassollarni yer osti ariqchalari orqali tayyorlangan xovuzlarga yo‘naltirish.

  • Yer osti stvollarida rassol yig‘ish majmuasi va rassollarni qiya stvol orqali o‘tkazilgan quvur liniyasi orqali markaziy nasos stansiyasida joylashgan nasoslar yordamida yer yuzasiga chiqarish.

  • laxmlarda paydo bo‘lgan rassolni markaziy rassol to‘plagichga yo‘naltiruvchi quvur tizimi o‘rnatish.

  • Ko‘p miqdorda rassol kelishi xavfi tug‘ilganda bartaraf etishni tezkor bajarish uchun yer osti texnik bazasi tashkil qilish ishlari amalga oshirilgan.

Yer ostida qurilgan markaziy rassol to‘plagich 1247m3 rassol to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lib kapital va magistral qiya laxmlaridan rassollarining tabiiy oqib borib to‘planishini ta’minlash uchun pastki gorizontda qurilgan.


Yig‘ilgan rassollarni yer yuzasiga surib olib chiqarish uchun markaziy nasos stansiyasi qurilgan. Markaziy nasos stansiyasida 3 dona SNSK-60/330 va 2 dona N-125 turdagi nasoslar o‘rnatilgan. Ushbu nasos qurilmalari orqali 2 ta rassol chiqarish tizimidan yig‘ilgan rassol 1,3m/sek tezlikda yer yuzasiga chiqariladi.
Kaliyli o‘g’iti ishlab chiqarish 1-2 sexi
Kondan qazib olingan ruda qayta ishlash majmuasiga yuk tashish avtotransport vositalari yordamida, 45 km masofadan tashib keltiriladi.
Qayta ishlash majmuasi asosiy – kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexidan
(1-va 2-bosqich) va yordamchi ishlab chiqarish sexlaridan (ta’mirlash mexanika sexi, avtotransport sexi, suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi, issiqlik gaz ta’minoti sexi, kompressor stansiyalari, suv tozalash inshootlari, zavod markaziy laboratoriyasi), shuningdek ma’muriy va maishiy ob’ektlardan iborat.
Silvinit rudasidan kaliy xloridni flotatsiya usulida ajratib olinadi, flotatsiya jarayonida o‘lchami 1 mm gacha bo‘lgan rudani maydalash, saralash, flotatsiya, filtrlash, quritish, sovutish va tayyor mahsulotni qadoqlash texnologik jarayonlaridan o‘tib, tayyor mahsulot holiga keladi.

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling