Demekologiya Eydekologiya
Download 30.45 Kb.
|
Autekologiya
Moslashish
Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o‗ziga xos to‗rtta muxitda tarqalgan ekan, ulardan biri xisoblangan suv muxitida dastlab xayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib, tuprok xosil bo‗lishida qatnashadilar va uni egallaydilar. SHuningdek, xavo va boshqa bir tirik organizmni ichida yoki sirtida xam tarqalganlar. Demak, bizga ma‘lum bo‗lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari xisoblangan uvoqlilar, zamburug‗lar, o‗simliklar va xayvonlar ana shu muxitlarda yashashga moslashganlar. Xush moslashishni o‗zini qanday tushunish kerak? Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populyasiyalar tur yoki jamoalarning morfofiziologik xulqiy va axborot biotsenotik xususiyatlarining majmuidan iborat bo‗lib, boshqa individlar, populyasiyalar, tur yoki jamoalar bilan yashash uchun kurashda g‗olib chiqishga sababchi bo‗ladigan, shuningdek abiotik muxit omillarining ta‘siriga chidamliligini ifodalaydi. Moslashish turli darajalarda va ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Masalan xarorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Kupchilik o‗simliklar ortiqcha kizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o‗simlik turining soyasida o‗sadi. Bu erda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‗lmokda. Asalarilarning uyalarini xaddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga misol bo‗ladi. Xayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‗simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. Kuchli yorug‗lik ta‘sirida xloroplastlarning xujayra devori ostida ma‘lum bir tartibda joy olishi xujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlaring oqsillarini yuqori xarorat ta‘siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi moslashish xisoblanadi. Download 30.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling