H (0
bu yerda: N — oila boshliqlari (uy xo‘jaliklari) soni; M — boshqa oila a'zolarining soni.
Oila boshliqlari koeffitsienti usuli orqali aholining oilaviy tarkibini hisob-kitob qilishdagi asosiy uslubiy muammo turli yosh- jins guruhlari uchun oilaviy holat bo‘yicha ushbu koeffi- tsientlarning istiqboldagi dinamikasini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu holatda oddiygina qilib oilaviy holat bo‘yicha aholi hisob- kitoblari, uning yosh-jins tarkibi bo‘yicha ham bir xil deb, taxmin qilish maqsadga muvofiq. Bu istiqboldagi davrda aholining oila turlari bo‘yicha tarkibidagi asosiy o‘zgarishlarni tavsiflaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Demografik prognozlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Demografik prognozlashtirishning qanday yo'nalishlarini bilasiz?
Aholi harakatining istiqboldagi ko'rsatkichlarini baholash uchun qanday usullardan foydalaniladi?
Demografik prognozning qanday shakllari mavjud?
Prognozning tasdiqlanishi deganda nimani tushunasiz?
Demografik prognozlaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushuntirib bering.
Aholi soni va tarkibini prognozlashtirishda qanday usullar qo'llaniladi?
Kogort uslubining mohiyatini tushuntirib bering.
Aholi o'limini prognozlashtirishda qaysi usullardan foydalaniladi?
Oilalar sonini prognoz qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |