Demografik prognozlashtirish


Prognozning ishonchliligi


Download 139 Kb.
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi139 Kb.
#1466457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Demografik prognozlashtirish

Prognozning ishonchliligi deganda, odatda uning qiymatini jarayon rivojlanishi sharoitlarining saqlanishi holatida berilgan ishonch intervaliga tushish ehtimolining bahosi tushuniladi. Ishonch intervalining kengligi shu ehtimoliylik bilan bog‘liqligini hisobga olib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: prognozning aniqligi va ishonchliligi o‘zaro bog'liq tushunchalar bo‘lib, bu aniqlik tavsifi ishonchli ehtimoliylik asosida belgilanishi va shuning aks holati, ya’ni ishonchlilikaniqlikka tayanishining kuzatilishida namoyon bo'ladi.
Demografik prognozlashtirishning ahamiyati. Demografik prognozlar aholining takror barpo bo‘lish tendentsiyalarini, shu jumladan, urbanizatsiyaning keyingi rivojlanishini, aholining ta'lim va madaniyat darajasining o‘sishini, o‘limning kamayishi va hayot davomiyligining oshishini, ko'pfarzandlilik an'analarining asta- sekin yo‘q bo‘lib borishini, oila vazifalarining o‘zgarishini, aholi- ning ijtimoiy va hududiy safarbarligining oshishini, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va etnik omillar bilan bog‘liq bo'lgan turli mintaqalarning demografik rivojlanishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Demografik prognozlar istalgan ijtimoiy rejalashtirish asosida tuzilganligi bois quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

  • mehnat resurslarining istiqboldagi miqdori va tarkibini aniqlash;

  • ijtimoiy-demografik guruhlaming turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini baholash (iste’molning yosh-jinsni hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uzoq muddat foydaianiladigan tovarlarga va h.k.larga bo'lgan ehtiyojlari). Masalan, oila uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar- ning asosiy iste'molchisi hisoblanadi. Shuning uchun ularga bo'lgan talabni hisob-kitob qilishda aholining oilaviy tarkibini bilish lozim;

  • ijtimoiy soha ob'yektlarining rivojlanishi va joylashtirilishini baholash;

  • marketingni rivojlantirish;

  • ijtimoiy ta’minot, tibbiy xizmat ko‘rsatishning aniq shakllarini rivojlantirish bo‘yicha davlat chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Aholining keksayishi sharoitida pensionerlar sonini, ularning oilaviy ahvolini, sog'ligini prognozlashtirish dolzarbdir;

  • ijtimoiy siyosat, ya’ni bandlik, ta'lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatni rivojlantirish yo‘nalishlarini rejalash- tirish. Masalan, aholining milliy va til tarkibi dinamikasining prog- nozlari mamlakatda, ayrim mintaqalarda madaniyatni rivojlanti- rishni rejalashtirishga yordam beradi.

Shunday qilib, demografik prognozlar mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash, suv ta'minoti, energiyani ishlab chiqarish va iste'mol qilish, atrof-muhitni ifloslantirish, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy sug‘urta va boshqa sohalarda hisobga olinadi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishning asosini tashkil qiladi.



    1. Aholi soni va tarkibini prognozlashtirish

Demografik prognozlarni shartli ravishda ikkita guruhga ajra- tish mumkin. Birinchi guruhga aholi sonining prognozlari kirib, ular ekstrapolyatsiya va regression modellarga asoslangan, ikkinchi guruhga esa nafaqat aholining umumiy soni, balki aholining larkibini ham hisoblashga qaratilgan usullar kirib, ular yoshni siljitish usulni qo‘llash yordamida hisoblanadi.
Ma'lumki, demografik jarayonlar inertsion xususiyatga ega, ya’ni vaqt davomida sekin o‘zgaruvchi ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy omiliar ta’siri bilan bog‘liq holdagi o‘zining rivojlanish parametrlari va asosiy xususiyatlarini yetarli darajada uzoq saqlab turish xusu- siyatiga ega. Shuning uchun aholining istiqboldagi takror barpo bo‘iishi parametrlari va asosiy xususiyatlarini saqlanib qolishi mumkinligini inobatga oluvchi istiqbolii hisob-kitob usullaridan foydalanish kerakligi- oddiy hol bo‘lib qoladi. Bunday usullar qatoriga ekstrapolyatsiyaning turli usullarini kiritish mumkin, ular ko‘pincha aholining umumiy soni dinamikasini istiqbolli baho- lashda qo‘llaniladi.
Ma'lumki, ekstrapolyatsiya usuli doimo ma'lum bir boshlan- g‘ich ma'lumotlarni tahlil qilish va o'rganilayotgan hodisa yoki jarayonning istiqboldagi o'zgarish tavsifiga nisbatan shart-sharoit- larni qo'llashga asoslanadi. Qabul qilingan shart-sharoitlarga tanlangan ekstrapolyatsiya uchun analitik funktsiya (chiziqli, eksponentsial, kvadratik yoki mantiqiy) mos tushishi kerak.
Sanab o‘tilgan matematik funktsiyalardan eng soddasi - bu chiziqli funktsiyadir. U aholining mutlaq o‘sishi yoki kamayish shartlarining mavjudligi faraz qilinganda qo‘llanilishi mumkin va uning tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
S, - 50(l + kt), (12.3)
bu yerda: St aholining istiqboldagi soni; 50 — aholining boshlang'ich (bazaviy) soni; k — aholining o‘rtacha yillik o‘sishi; t— davroralig'i (yiliarda).
Eksponentsial funktsiya aholining nisbiy o‘sishi yoki kamayishi shartlarida qo‘llaniladi va uning ko'rinishi quyidagicha bo‘ladi:
St=Soekl, (12.4)
bu yerda: e — 2.712828...ga teng bo'lgan natural logarifmlarning asosi.
Kvadratik funktsiyada aholi sonining mutlaq o'sishi barqaror emas, balki doimiy kattalikka nisbatan o'zgarish tendentsiyasiga ega, deb faraz qilinadi. Boshqacha holda, kvadratik funktsiya aholini doimiy kattalikka mutlaq o'sishi yoki kamayishining o'zgarishi shartlarida, ya’ni parabola bo'yicha rivojlanishi shartida qo'llaniladi. Bunda ikkinchi tartibli parabola juda ko‘p qo'llaniladi:
S, = a + bt + ct2, (12.5)
bu yerda: a, b, c — ushbu parabolaning parametrlari bo‘lib, ular eng kichik kvadratlar ustili bo'yicha topilishi mumkin.
Aholi sonini istiqbolli baholashda «Gomperts egri chizig‘i» deb nomlanadigan S-shaklidagi egri chiziqli funktsiya ham ko'p qo'llaniladi. Uning tenglamasi quyidagi shaklga ega:
yt = k ■ ab' (12.6)
Ushbu egri chiziq ko'pincha emperik ma'lumotlarga juda mos tushadi va shuning uchun ham hisoblash usuli anchayin soddaroq. Bunday egri chiziqni qo'llanilishiga misol qilib Komperts- Makegama formulasi bo'yicha o‘lim jadvalining yashovchanlik (px) ehtimolini hisoblash va 70 yoshdan yuqori bo'lgan yoshdagilar uchun kutilayotgan hayotning o'rtacha davomiyligini hisoblashni keltirish
px - a ■ bcx (12.7)
yoki uning logarifmik ko'rinishdagisini keltirish mumkin:
Ig px = Ig a + Ig b • cx .(12.8)
Bir qator hollarda noldan farqlanuvchi, faqatgina asimptotaga ega bo'lgan xuddi shunday egri chiziqli tenglama qo‘llaniladi. Statistikada bunday egri chiziqli tenglama modifikatsiyalangan eksponenta nomlanishini olgan va uning tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
yt = k + ab1. (12.9)
Grafik tasviri logistik egri chiziq yoki «Ferxyulst-Pirl (Pirl va Rid) egri chizig‘i» deb nomlanuvchi logistik funktsiya, boshla- nishida uzluksiz va borgan sari tezlashuvchi, populyatsiya soni o'sishi sur’atining o'sayotganligini, keyin esa o'sishni deyarli lo'laligicha to'xtashigacha sekinlanishini nazarda tutadi.
Logistik egri chiziq tenglamasi S-shaklidagi egri chiziqli lenglamaning boshqacha turi hisoblanib, uning formulasi aholi haqidagi emperik ma’lumotlar dinamikasini muvofiq tarzda tasvirlab beradi va quyidagi ko‘rinishga ega:
y, =—-—-, yoki -- = k + ab'. (12.10)
l+be~a' y’
Shunday qilib, logistik egri chiziqli tenglamasiga ko'rgazmali funktsiya ko'rinishi beriladi. Aynan xuddi shunday ko‘rinishda u aholi sonini istiqbolli hisob-kitob qilishda qo‘ 1 lanilishi mumkin. Aholi soni prognozlarini matematik funktsiyalar yordamida hisoblashdagi eng murakkab bosqich bo‘lib egri chiziqli tenglamani eng mos tushadiganini tanlash hisoblanadi. Ushbu muammoning echimini hal etish ko'p jihatdan ekstrapolyatsiya natijalari bilan belgilanadi.
Shuni ham ta'kidlash zarurki, aholi soni dinamikasi qatorlari ekstrapolyatsiyasi kelajakdagi o‘zgarishlarning rasmiy matematik qonuniyatini qabul qilishga asoslanadi. Odatda, amaliyotda aholi sonining faktik dinamikasi hisoblashlar natijalariga qaraganda farqli bo'lib chiqadi. Ushbu holat ko‘pincha tadqiqotchilar bu usulni aholi rivojlanishining sifat jihatdan turli bosqichlariga nisbatan qo'llashga harakat qilganliklari va ushbu jarayonni qandaydir bitta matematik funktsiya yordamida tasvirlashga harakat qilganliklari bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq, hisob-kitob qilinayotganda tadqiq qilingan davr bir xil va tarixiy rivojlanishning bitta bosqichiga tegishli ekanligini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Faqatgina shu holatda ekstropolyatsiya usullarini qo‘llanilishi ijobiy natijalarberishi mumkin.
Oxirgi yitlarda demografik prognozlarda «regression modellar» deb nomlanadigan usul ham ko‘p qo‘llanilmoqda. Ushbu usul aholi yoki uning ayrim guruhlari umumiy sonining dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga oluvchi ko‘p o‘lchovli modellarga asoslangan. Bunda barcha omillar mustaqil o'zgaruvchilar, hisob- kitob qilinayotgan miqdor esa bogMiq o‘zgaruvchi sifatida ko'riladi. Misol sifatida etarli darajada oddiy bo'lgan, ishchi kuchi, milliy daromad va mehnat samaradorligi o‘rtasidagi bog'liqlikni keltirish mumkin:

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling