Demografik prognozlashtirish


Download 139 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi139 Kb.
#1466457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Demografik prognozlashtirish

Ekonometrik prognoz usullarida aholining tabiiy harakat ko'rsatkichlari matematik bog‘lanishlar vositasida aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy omillar darajalari bilan bog'liq o‘zgaruvchilar sifatida ko‘riladi. Xususan, demograflar orasida uzoq davr mobay- nida tug‘ilishning o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi bilan (D) U-shakldagi bogUanishi xususida uzoq vaqtgacha tortishuvlar bo'lgan. Bunday bog'lanish m-guruhi uchun quyida- gicha ifodalanadi:
bm(f) = aQ + <2] x D(t) + a2 x D2(t). (12.1)
Migratsion harakat ko‘rsatkichlarining tashqi omillar bilan bog‘Iiqligi xususida ham bir qator qiziqarli gipotezalar ilgari surilgan. Masalan, migratsion harakatlarni prognoz qilishda quyidagi ko‘rinishdagi gravitatsion modellar qo‘llanilishi mumkin:
Z'=*(Z")“(xr)’/Cr. (12.2)
Bu yerda: Zn — odatda n — hududining tortishini tavsiflab, masalan, mehnatsarflanadiganjoylarsoni orqali ifodalanadi; cnrushbu hududlar o'rtasidagi masofani ifodalovchi o'zgaruvchi; k, a, P — model konstantalari. Shunday qilib, r hududidan n hududiga bo'lgan migratsiya n hududi tortishi va r hududi aholisi soniga mutanosib bo‘lib, ular o‘rtasidagi masofaga (masofa kvad- ratiga) teskari proportsionaldir.
Tug'ilish va o‘lim tavsiflarining imitatsion modellarini qo‘llash orqali baholashga urinishlar qilingani ham ma’lum. Masalan, «Mir-2» va «Mir-3» Rim klublarining modellarida bu tavsiflaming istiqboldagi qiymatlari, ovqatlanish sifati, atrof-muhit holati va h.k.lar bilan bog‘liq. Boshqa hollarda tug‘ilishning yosh koef- fitsientlari er-xotinlarning reproduktiv maylini ularning ijtimoiy- iqtisodiy holati, fe’l-atvori, farzand ko'rish istagi, organizm fizio- logiyasi va boshqa stoxastik tabiatga ega omillarni hisobga olib yasama qilish asosida aniqlangan. Modeldagi ushbu omillarning qiymatlari tasodifiy tarzda ularning ehtimoliy zichligining eksperi- mental yo‘l bilan taqsimlanishidan kelib chiqadi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling