O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish holati


Download 1.45 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1537488
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish holati

O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish holati

ERGASHEV DONIYOR


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
MTL-15

REJA:

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi.

O'zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan.

O'zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo'yicha 4-o'rin, uran bo'yicha 7-o'rin, molibden bo'yicha 8-o'rin, mis bo'yicha esa 10-o'rinda turadi.

Mamlakatimiz qishloq xo'jalikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtaehilik, bog'dorchilik. uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik tarmoqlari intensiv ravishda rivojlanmoqda. Lekin, qishloq xo‘jaligi asosan sun'iy sug‘orish yordamida rivojlanayotganligi sababli, respublikamiz qishloq xo‘jaligi qat'iy darajada suv resurslariga bog‘liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan Toshkent, Andijon va Surxondaryo va Samarqand viloyatlari nisbatan yaxshi darajada ta’minlangan. Shuningdek, davlatimiz g‘arbida joylashgan, kalta qismini cho‘llar egallagan Navoiy, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu jihatdan ancha murakkab vaziyat shakllangan. Ammo hududlarimizda suv resurslarning yetishmoviligiga qaramay, O‘zbekiston jahon mamlakatlari ichida sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.

Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega boʻlib, uning zaxiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda 14-o'rin egallaydi.

O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o‘sib bormoqda. 1990-yilda 20,2 min kishiga teng bo'lgan respublikamiz aholisi 2017-yilga kelib 32,1 min kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda 0‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga mos ravishda, 18, ya'ni 1,8 foizga teng bo`lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz) boMganligi tufayli, aholining yalpi ko‘payish suratlari 1,6-1,7 foizga teng.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling