O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish holati


Download 1.45 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1537488
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rvojlantirish holati

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta yo'nalishlarda ishonchli chiqish yo’lariga ega bo`lish, Yevrosiyoning turli qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog`lanish orqali iqtisodiy-geografik o‘mining tranzit imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadlarida transport sohasida Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Xiloy, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg‘oniston hududidagi birinchi Termiz Mozori Sharif temiryo`li O‘zbekistondan janubiy yo'nalishda dunyo okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning dastlabki bosqichi bo`ldi. Afsuski, Afg‘onistondagi geosiyosiy vaziyatning beqarorligi bu davlat hududidan Hind okeaniga tomon loyihalashtirilgan transport magistrallari qurilishini noaniq muddatgacha to‘xtatib turibdi.

So'nggi yillarida O'zbekistonda avtomobilsozlik, mikroelektronika sanoati, kaliy o'g'itlari va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi.

Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi - respublika temiryo'l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir.

Dunyoning 140 taga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini yo'lga qo'yayotgan O'zbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi.

Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta o'zgarishlar ro'y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo'lgan.

Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog'liq.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling