Demokratiya O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li


Download 207 Kb.
bet1/2
Sana15.05.2020
Hajmi207 Kb.
#106414
  1   2
Bog'liq
Demokratiya o'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li


Demokratiya O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li

Reja:



  1. Islom Karimov — mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori. Amalda o`zini to`liq oqlagan besh tamoyil.

  2. Huquqiy demokratik davlatning barpo etilishi.

  3. Erkin fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi.

  4. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarining yaratilishi.

  5. Jamiyat ma`naviy hayotining yuksalishi.

  6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, uni hayotga tatbiq etish borasida erishilgan yutuqlar.

XX asrning 90-yillari O`zbekiston tarixida tub o`zgarishlar davri sifatida e`tirof etiladi. 1991 yilda O`zbekiston xalqining asriy orzulari ro`yobga chiqdi: O`zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o`zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, milliy istiqlol mafkurasi asosida qator iqtisodiy islohotlar ham amalga oshirila boshlandi.

Yangi barpo etilayotgan jamiyatning mohiyati, afzalliklari haqida so`z yuritilar ekan, istiqlol tufayli xalqimiz manfaatlariga mos siyosat ishlab chiqilganligi hamda dunyoning rivojlangan mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan keng ma`nodagi diplomatik aloqalar o`rnatilganligini qayd etish joiz.

Istiqlolning dastlabki kunlaridagi amalga oshiriladigan muhim o`zgarishlar haqida gap borar ekan, mamlakatning o`sha paytdagi iqtisodiy ahvoli borasida aytib o`tish o`rinlidir. Sobiq mustabid tuzumdan bizga meros bo`lib qolgan iqtisodiy qaramlik natijasida O`zbekiston o`z tabiiy boyliklariga, yer-suv va boshqa resurslariga o`zi egalik qila olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko`rsatayotgan barcha sanoat korxonalari bevosita markazga, uning maqsadlariga bo`ysundirilgan edi. O`zbekiston rahbariyati, o`zbek xalqi respublika hududidagi tabiiy zaxiralardan qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga sarflanib, qancha iqtisodiy daromad keltirayotgani haqida aniq ma`lumotga ega emas edi. Moliya-kredit muassasalari faoliyati ham butunlay qaram holatda edi: respublikamiz o`zining milliy valyutasi va valyuta jamg`armasiga ham ega emas edi. Aholi turmush darajasi jihatidan sobiq Ittifoq miqyosida eng nochor ahvolda edi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi sohasida O`zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi band bo`lib, ular qo`l uchida tirikchilik qilar edilar. Umumiy iqtisodiy tanglikni yuzaga chiqargan ijtimoiy hamda ekologik muammolar eski mustabid tuzumdan qolgan meros edi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o`z taraqqiyot yo`lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo`lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritish natijasida O`zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma`naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi.

Vaziyat taqozosi bilan O`zbekiston dastlabki kunlardanoq, bir yoqlama rivojlantirilgan majruh iqtisodiyotdan meros bo`lib qolgan, tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan noto`g`ri foydalanish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda, narx belgilashda, aholi iste`mol tarkibidagi buzilishlar tufayli vujudga kelgan g`oyat keskin muammolarni yakka o`zi hal qilishga majbur bo`ldi. Ma`muriy buyruqbozlik, ya`ni ma`muriy yo`l bilan rejalashtirishga asoslangan iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o`tish tartibi va usullarini o`zi belgilashga majbur bo`ldi. Jahon xo`jalik aloqalari tizimiga kirish, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo`lga ko`yishning eng maqbul yo`llari izlandi.



Bularning barchasi jamiyatni yangilashda, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishning o`ziga xos yo`lini izlashni talab qilar edi. Mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida davlatimiz rahbari I.A. Karimovning “O`zbekistonning o`z istiqlol taraqqiyot yo`li”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” kabi asarlarida hamda ko`plab ma`ruza va nutqlarida O`zbekiston xalqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etayotgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, Prezidentning “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” asari mustaqil taraqqiyot uchun chuqur iqtisodiy bilimlarga tayangan holda sobiq Ittifoq tuzumining og`ir asoratlariga qaramay, mamlakatning o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`li, O`zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani ilmiy asoslab berilgan. Mazkur asarda o`zbek xalqining pirovard maqsadlari — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, barqaror iqtisodiyotga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat barpo etish alohida ta`kidlab o`tiladi.


Фуқаролик жамияти



Давлат

Давлат ҳокимияти

Инсон

Касаба уюшмалари

Сиёсий партиялар

Ижодий уюшмалар

Жамоат бирлашмалари

Диний ташкилотлар

Тарбия муассасалари

Оила

Фан ва маданият муассасалари

Оммавий ахборот воситалари

2-chizma. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi


Binobarin, mustaqillikning dastlabki yillaridagi tub o`zgarishlar totalitar tuzumning barcha jabhalarida yangilanishlar va burilishlar yuz berishiga muhim turtki bo`ldi. Mamlakatda amalga oshiriladigan iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma`rifiy islohotlar jamiyatning ijtimoiy hayotida birlamchi ahamiyat kasb etdi.

Shuni alohida e`tirof etish zarurki, mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida Prezident I.A. Karimovning jamiyatdagi yangi munosabatlarni qaror toptirish yoki takomillashtirishga yo`naltirilgan qator Farmoyishlari, shuningdek qonunlar va hukumat qarorlari yangicha dunyoqarash, milliy mafkura asoslari targ`iboti ham taraqqiyotning O`zbekistonga xos yo`lini belgilab berdi. Aynan shu yo`l o`zbekistonliklarning munosib turmush kechirishi uchun kafolat bo`la oladi, milliy an`analar va madaniyatning rivojlanishini, ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning qayta tiklanishini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi davlat qurilishining bosh yo`nalishi mashaqqat bilan qad rostlagan mamlakatlarning murakkab tajribasini, shu bilan birga, respublikaning o`z xususiyatlarini va xalqimiz aql-zakovatini hisobga olib ishlab chiqilgan o`z yo`limizdan aniq maqsad sari qat`iyat bilan ilgarilab borishdan iboratdir.

O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun mamlakat iqtisodini tubdan isloh qilishga kirishildi. Buning uchun, eng avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi asosiy strategik maqsadlari belgilab olindi:

jamiyat a`zolarining hayoti va faoliyati uchun zarur va yetarli shart-sharoitlarni ta`minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

mamlakatda ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish;

xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlashga erishish;

korxonalar hamda fuqarolarga erkin iqtisodiy faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratish hamda imtiyoz va erkinliklar berish;

iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilib borish;

jamiyat a`zolari ongida yangicha iqtisodiy fikrlarni shakllantirib borish.

Islohotlarning yuqorida ko`rsatib o`tilgan strategik maqsadlari iqtisodiy munosabatlar tizimida davlatning o`rnini aniqlashga tegishlidir. O`zini o`zi boshqarish vujudga kelmagan, erkin raqobat bo`lmagan, tashqi aloqalar cheklangan bir sharoitda talab va taklif ta`sirida davlatning iqtisodiyotni boshqarishdan voz kechishi tanglikning chuqurlashishiga, narx-navo o`sishi va pulning qadrsizlanishi kuchayishiga turtki bo`ladi.

Islohotni amalga oshirishda uning bosqichlari izchil bo`lishi muvaffaqiyat garovidir. Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan demokratik jamiyat barpo etishdan iborat pirovard maqsad unga boruvchi har bir bosqichda o`z ifodasini topmog`i lozim. Har bir bosqichni shakllantirish maqsadlar uyg`unligini va ularga izchillik bilan erishishni ta`minlashi zarur. Har bir bosqich uchun qo`yilgan aniq vazifalar, bu vazifalarni hal qilishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmigina tanlab olingan maqsad sari bosqichma-bosqich ishonch bilan olg`a borishni ta`minlaydi. Bu hol kuch va resurslarni oldimizga qo`yilgan vazifalarni bajarishga yo`naltirish, eng muhim ustuvorliklarni aniqlash, iqtisodiy islohot jarayonini ana shu maqsadlarga erishishga butunlay bo`ysundirish imkonini beradi.

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq O`zbekistonning qanday taraqqiyot yo`lidan borishi butunjahon afgor ommasini qiziqtirgan savol bo`lgani sir emas. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun bir xil bo`lgan taraqqiyot yo`li, bir xil andoza bo`lishi mumkin emas. Binobarin, mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o`ziga xos taraqqiyot yo`lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o`z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida Prezident asarlari, ma`ruza va nutqlarida yangi ma`no-mazmun bilan to`ldirilib, aniqlashtirib berildi. Prezident “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” yangi jamiyat qurishning 5 tamoyilini asoslab berdi:

Iqtisodiyotni mafkuradan to`la xoli qilish, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.

Davlat — bosh islohotchi, iqtisodiy o`zgarishlar tashabbuskori.

Qonun ustuvorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o`tish. Bunda islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish ko`zda tutiladi.

Shunday qilib, O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning “O`zbek modeli” bundan олдин яратилган ва мавжуд бўлган моделларнинг ҳеч бирини такрорламайди. У ўз мазмун-моҳияти жиҳатидан бутунлай янги тараққиёт модели бўлиб, бу йўл халқимиз томонидан ҳам, халқаро майдонда ҳам, тараққиётнинг “Ўзбек модели” деб қабул қилинди. Мазкур модел ҳақида кейинги ўринларда батафсил тўхталиб ўтилади.



  1. Ишлаб чиқилган тамойиллар ҳаёт синовидан ўтди. Амалий иш жараёнида уларнинг тўғрилиги ва таъсирчанлиги тасдиқланди. Бу тамойиллар жаҳон жамоатчилиги томонидан маъқулланди, энг муҳими, халқимизнинг ўзи уларни қабул қилди ва қўллаб-қувватлади. Ҳозирги вақтда мазкур тамойилларни амалга oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich o`tib borish ta`minlanmoqda.

  2. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, jamiyat ma`naviy hayotini yuksaltirish bo`yicha qat`iy va izchil siyosat olib borilmoqda.

  3. Ma`lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O`zbekiston o`z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo`naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o`tkazish yo`lidan bormoqda. Jumladan, mustaqillik qo`lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar O`zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etdi.

  4. “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilingan O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan 2-sessiyasidayoq, yangi Konstitutsiya lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha komissiya tuziladi.

  5. Konstitutsiyaviy komissiya O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida ikki yarim yil ishladi.

  6. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o`rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo`lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa davlatchiligimiz tarixida zalvorli o`rin tutgan allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g`oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.

  7. 1992 yil 26 sentabrda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e`lon qilindi. Muhokama ikki oy davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e`lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida bildirilgan olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar inobatga olindi. Oliy Kengashning 1992 yil dekabrda bo`lgan XI sessiyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o`zgartirish, qo`shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

  8. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr umumxalq bayrami – O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e`lon qilindi.

  9. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Preambula, 6 ta bob, 26 ta bo`lim, 128 ta moddadan iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g`oyalarni o`zida to`la mujassamlashtirgan.

  10. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to`plangan eng ilg`or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi.

  11. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o`rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi quyidagi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur:

  12. O`zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverenitetidir. “O`zbekiston Respublikasi” va “O`zbekiston” degan nomlar bir ma`noni anglatadi.

  13. Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir.

  14. Davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo`linishi. O`zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo`linishi qonunlashtirildi.

  15. Asosiy konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umume`tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.

  16. O`zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo`yilgan.

  17. Конституция ва қонунларнинг устуворлиги. Конституциянинг 15-моддасида “Ўзбекистон Республикасида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва қонунларининг устунлиги сўзсиз тан олинади”, - деб белгилаб қўйилган.



Ўзбекистон Республикаси Конституциявий тузумининг принциплари

Ҳокимият ва шахс муносабатларининг принциплари

Жамият турмуши асосларини ташкил қилиш принциплари

Халқ ҳокимиятчилиги

Қонуннинг устунлиги

Ҳокимият ваколатларининг бўлиниши

Давлат суверенитети

Жаҳон ҳамжамиятига унинг бир қисми сифатида кириш

Инсон ҳуқуқлари ва эркинлик-ларини олий қадрият сифатида тан олиш

Давлатнинг асосий вазифаси — инсон ва фуқаро ҳуқуқлари ва эркинликла рини ҳимоя қилиш ҳамда уларга риоя этиш

Мафкуравий ва сиёсий кўпфикрлилик (плюрализм)

Иқтисодий фаолият эркинлиги


Давлат ҳокимиятини ташкил қилиш асосларининг принциплари

Давлатнинг дунёвийлик хусусияти

Давлат ва фуқароларнинг ўзаро масъуллиги

Мулк шаклларининг хилма-хиллиги ва тенг ҳуқуқлилиги

Сиёсатнинг ижтимоий йўналганлиги

3-чизма. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий

тузумининг принциплари



  1. Конституциянинг 21-моддасига биноан, Ўзбекистон Республикаси- нинг бутун ҳудудида ягона фуқаролик ўрнатилган. Ўзбекистон Республикасининг millati, elatidan qat`iy nazar barcha fuqarolari O`zbekiston xalqini tashkil etadi.

  2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy maqomi, O`zbekiston bilan o`zaro munosabat- larning huquqiy asoslari belgilab berilgan.

  3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo`ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo`lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o`tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.

  4. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning XI sessiyasi bo`lib o`tdi va “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar hamda qo`shimchalar kiritish to`g`risida“gi Qonun loyihasi muhokama etilib, mazkur Qonun qabul qilindi.

  5. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi. 89-moddaning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 97-moddalarga ham o`zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning “O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi.

  6. Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining, hukumatning mas`uliyatini kuchaytirishga jamiyat siyosiy hayotini faollashtirishga xizmat qiladi.

  7. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni barpo etish quyidagi omillarni o`z ichiga oladi:

  8. Xalqaro tan olingan huquqiy prinsiplar e`tiborga olinishi shart.

  9. Rivojlangan demokratik davlatlar tajribalariga tayanish zarur.

  10. O`zbek davlatchilik tarixi va qo`p yillik axloqiy-ma`naviy qadriyatlarga asoslanishi kerak.

  11. Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimlarini barpo etish.

  12. Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi bilan prezidentlik boshqaruvi usulini tanlash.



Давлат ҳокимияти


Қонун чиқарувчи ҳокимият

Суд ҳокимияти


Ижро этувчи ҳокимият

Олий Мажлис



Конституциявий суд, Олий Хўжалик суди, судлар


Ўзбекистон Республикаси Президенти, Вазирлар Маҳкамаси, вазирликлар, давлат қўмиталари, ҳокимликлар

Қонун чиқарувчи, ижро этувчи ва суд ҳокимияти — давлатнинг учта асосий таянчидир”.



И.А. Каримов
4-chizma. Davlat hokimiyatining bo`linishi tamoyillari
Mustaqillikning dastlabki kunlarida mavjud qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash hisoblanib, 1990 - 1994 yillarda faoliyat yuritib, 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar qabul qilindi.

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, respublika parlamenti Oliy Majlis deb atala boshlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida shunday deb belgilanadi: “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”.

Mana shunga ko`ra, 1993 yil 28 dekabrda “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to`g`risida” Qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo`lishi belgilandi.

Birinchi bor Oliy Majlisga saylov 1994 yil 25 dekabrda demokratik, ko`ppartiyaviylik va muqobillik asosida o`tkazildi.

Oliy Majlis 1994-1995 yillarda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo`lni huquqiy tanlashga qaratilgan 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 452 ta qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, 70 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilinib, xalqaro konvensiyalarga qo`shilish to`g`risida 58 ta qaror qabul qilindi. Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabr oyida saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovlarda 7 ta subyekt, ya`ni 5 ta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan 1010 nafar nomzod qatnashib, saylangan deputatlar soni quyidagi ko`rsatkichlarni tashkil etdi: XDP — 48 nafar; “Fidokorlar” MDP — 34 nafar; “Vatan taraqqiyoti” — 20 nafar; “Adolat” SDP — 11 nafar; “Milliy tiklanish” DP — 10 nafar; Hokimiyat vakillik organlaridan — 111 nafar; Saylovchilar tashabbus guruhlaridan — 16 nafar. Jami: 250 nafar.

O`zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo`lib o`tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining 329 ta qonun hujjatiga 1357ta o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Oliy Majlis 1995-2004 yillarda o`z faoliyatini quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirdi:

O`zbekistonda o`tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish.

Qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish.

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Shaxsning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish.

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringini xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirish.

Joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko`rsatish.

Demak, Oliy Majlis bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e`tiborga olib, oshkoralik tamoyili asosida faoliyat yuritdi. Bu esa milliy parlamentarizm rivojlanishi tarixida munosib o`rin egalladi.

2000 yil 25 mayda II chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7 - sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi.

2002 yil 27 yanvarda “Siz kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” masalasida referendum o`tkazildi. Referendum qatnashchilarining 93,6%i rozi ekanliklarini bildirib ovoz berdilar.

2002 yil 4-5 aprelda bo`lib o`tgan Oliy Majlisning 8-sessiyasida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to`g`risida” gi Qonun qabul qilindi. Bunga muvofiq, respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyilib, u ikki palatali –quyi va yuqori palatalardan iborat bo`lishi belgilab qo`yildi. Quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanib, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilandi.

2002 yil dekabr oyida bo`lib o`tgan II chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 10-sessiyasida “O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi Senati to`g`risida” konstitutsiyaviy qarorlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat esa 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi.

2003 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to`g`rsida”gi Qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

2004 yil dekabr - 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar o`tkazildi.

Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikaning har bir viloyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri deputatlar kengashlaridan 6 nafardan, jami 84 nafar senator saylandi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan 16 nafar senator O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.

Ikki palatali parlament tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o`rtasida vakolatlar demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi roli yanada oshdi. Davlat hokimiyatining eng demokratik tizimi — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlarining tashkil etilishi va yanada liberallashtirishni davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi bo`lgan prezidentlik respublika boshqaruv usulining yaratilishida puxta zamin vazifasini bajardi.

O`zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an`analarini o`zida ifoda etgan ijroiy hokimiyat — Oliy Majlis tuzildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i kengesi raisi kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezident tavsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a`zolari Bosh vazir tavsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis Qarorlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi nomidan ish ko`radi.

Huquqiy demokratik davlat barpo etilishining asosiy shartlaridan yana biri sud hokimiyati hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Sudlar to`g`risida”gi Qonun asosida sud islohotlari o`tkaziladi.

Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi. Yangi isloh qilingan “Sudlar to`g`risida”gi Qonunga muvofiq ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi ta`minlanib, mazkur hokimiyat qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida teng ekanligini ta`minlaydi.

Yangi isloh qilingan “Sudlar to`g`risida”gi Qonunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimi quyidagicha belgilanadi:




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling