Dengiz gidroid poliplari, obeliya koloniyasining tuzilishi


Mavzu: Ko’p hujayralilar kelib chiqishi va ularning klassifikatsiyasi


Download 1.52 Mb.
bet18/31
Sana20.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1038521
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
DENGIZ GIDROID POLIPLARI, OBELIYA KOLONIYASINING TUZILISHI.

Mavzu: Ko’p hujayralilar kelib chiqishi va ularning klassifikatsiyasi
Ko’p xujayralarning kelib chiqishi to’g’risida asosiy nazariyalar. Tuban ko’p xujayralilar: plastinkasimonlilarning tuzilishi, xususiyatlari, g’ovaktanlilar tuzilishi, hayot kechirishi, sistematikasi, kelib chiqishi.
KO’P XUJAYRALILARNING UMUMIY TAVSIFI VA KELIB CHIQISHI
Ko’p xujayralilarning tuzilishi va xayot kechirish xususiyatlari. Ko’p xujayralilar tanasi xar xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan xujayralardan iborat. Bu xujayralar mustakil yashash xususiyatiga ega bulmasdan yaxlit organizmning bir kismi xisoblanadi. Xujayralar turli darajada ixtisoslashgan bulib, ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul xujayralari fakat kiskarish, nerv xujayralari esa sezish xususiyatiga ega. Ixtisoslashgan xujayralar maxsus tukimalarni xosil kiladi.
Ko’p hujayralilar jinssiz hamda jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinssiz kupayish birmuncha sodda tuzilgan kup hujayralilar uchun xos bulib, ikkiga bulinish, kurtaklanish yoki kup marta bulinish orkali sodir buladi. Jinsiy kupayishni kup xujayralarning xamma tiplarida kuzatish mumkin. Jinsiy kupayish gametalar yahni xar xil jinsli ixtisoslashgan jinsiy xujayralar ishtirokida boradi. Urgochi xujayra tuxum (oogameta), erkaklik hujayra urug’ (spermatozoid) deyiladi. Gametalar qo’shilishi natijasida xosil buladigan uruglangan tuxum xujayra zigota deb ataladi. Individual rivojlanish (ontogenez) jarayonida zigotadan yetuk organizm shakllanib chikadi.
Ko’p xujayralilarning kelib chikishi. Kup xujayralilarning bir xujayralilardan kelib chikkanligi isbot kilingan. Lekin ular bir xujayralilarning kaysi guruxidan kelib chikkanligi tugrisida turli fikrlar mavjud.
Kup xujayralilarning kelib chikish muammosini xal etishda koloniya bulib yashovchi xayvonlar muxim urin tutadi. Kup xujayralilarni volg’voksga uxshash koloniyali xivchinlilardan kelib chikkanligini xozir kupchilik olimlar tan olishadi. Koloniyali bir xujayralilardan kup xujayralilarning paydo bulishi tugrisida bir qancha nazariyalar bor.
1. Gastrey nazariyasiga binoan kup xujayralilarning qadimgi ajdodi sharsimon koloniyali xayvonlar bulgan. Bu nazariyaning asoschisi E. Gekkel (1874) hisoblanadi. Kup xujayralilar embrional rivojlanishida gastrula davrida ichki ikkinchi embrion varagini blastula devorini blastula bushligiga botib kirishi — invaginatsiya natijasida x,osil bulishi bu fikrni tasdiklaydi. Gekkel fikricha kup xujayralilarning dastlabki ajdodi filogenez jarayonida sharsimon koloniyadan uning bir bulagini ikkinchi bulagi ichiga botib kirishi natijasida hosil bulgan. Gastrula bushligi birlamchi ichak bushligiga aylangan, u ogiz teshigi bilan tashkariga ochilgan. Gekkel “gastrey” deb atagan bu gipotitik organizm suvda kipriklar yordamida suzib yurgan, jinsiy kupaygan.
2. Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886- yilda I. I. Mechnikov asoslab berdi. Tuban tuzilgan kup xujayralilarning gastrula stadiyasi invaginatsiya yuli bilan emas, balki ayrim hujayralarning blastula bushligi (blastotsel)ga kuchishi — immigratsiya natijasida hosil bulgan. Keyinchalik ichki xujayralar tigiz joylashishi bilan birlamchi ichak bushligi gastrotsel, undan ham keyinroq birlamchi og’iz blastopor hosil bulgan.
Mechnikov ham Gekkel singari kup edokayrali xayvonlarni koloniyali bir xujayralilardan kelib chikkanligini tan oladi. Lekin uning kursatishicha ichki kavat kutblardan biridagi xujayralarning botib kirishi bilan emas, balki xujeyoalarning ichki bushlikka kuchib utishi tufayli hosil buladi. Xujayralarni ichki bushlikka utishi ularni oziqni hazm kilishga ixtisoslashuvi bilan boglik. Shuning uchun ham I. I. Mechnikov bunday xujayralarini fagotsitoblastlar, o’z nazariyasini “fagotsitella” deb ataydi. Eng sodda tuzilgan kup hujayralilar hisoblangan plastinkasimonlarning tuzilishi, kupchilik tuban tuzilgan g’ovaktanlilarning embrion rivojlanishi bu nazariyaning tugri ekanligini tasdiqlaydi.
A. A. Zaxvatkinning fikricha, E. Gekkelning “ Gastreya” va I. I. M yechnikovning “Fagotsitella” nazariyalari kup xujayralilarning kelib chikishini anik aks ettirmaydi, chunki blastula va gastrula voyaga yetgan organizmlar ajdodlari tuzilish ini ifodalamaydi, balki turlarni tabiatda tarkalishiga imkon beruvchi erkin xayot kechiradigan lichinkalari xisoblanadi. Kup xujayralilarni kddimgi ajdodlari koloniya bulib yashashdan govak tanlilar va gidroid poliplar singari utroq hayot kechirishga utgan xayvonlar bulgan. Lekin bu fikr xakikatdan ancha yiroq deyish mumkin. CHunki xazm sistemasi rivojlanmagan va sodda utrok xayvonlardan murakkab tuzilishga ega bulgan xayvonlarning kelib chikishiga ishonib bulmaydi.
3. Sellyulirizatsiya nazariyasi. Ayrim zoologlarning fikricha kup xujayralilar bevosita yakka yashovchi bir hujayralilardan kelib chikkan. Yugoslaviyalik olim Iovan Hoji kup xujayralilar bevosita kup yadroli infuzoriyalardan kelib chikkan degan fikrni bildirdi.
I.Hoji infuzoriyalar tanasidagi mahlum vazifalarni bajarishga moslashgan ayrim kismlari, ya’ni organoidlari kup xujayrali xayvonlarning xuddi shunday vazifalarni bajaradigan organlariga aylangan degan fikrni ilgari suradi. Shunga kura u, kup xujayralilarning teri qoplami ektoplazmadan, ichaklari esa endoplazmadan, muskullari mionemalardan, ayiruv organlari kiskaruvchi vakuollardan va jinsiy organlari infuzoriyalarning mikronukleuslaridan rivojlangan deydi. Xatto olim kup xujayralilarning jinsiy urchishi infuzoriyalarning konyugatsiyasiga, tuxum xujayralarning urug’lanishi esa mikronukleusning migradiyalanuvchi va statsionar yadrochalarining uzaro kushilishiga mos keladi, deb hisoblaydi. SHunday kilib, I.Hojining tsellyurizatsiya (cellula — xujayra) nazariyasiga binoan infuzoriyaning tanasi bir butun kup xujayrali organizmga aylanib qo’ya qolgan. Mazkur nazariya xakikatdan uzok bulishiga karamay, zoologlar orasida uni kullab kuvvatlovchilar xam uchrab turadi.
KO’P XUJAYRALILARNING KLASSIFIKATSIYASI
Ko’p xujayralilar (Metazoa) kenja dunyosi fagotsitellasimonlar — Phagocytellozoa, tuban kup xujayralilar — Parazoa va xakikiy kup xujayralilar — Eumetazoa deb ataladigan uchta bulimga ajratiladi. Fagotsitella simonlar bulimiga fakdt ikkita turni birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban kup xujayralilar (Parazoa)ra rovaktanlilar (Spongia) tipi kiradi. Fagotsitellasimonlar va rovaktanlilar tanasidagi hujayralarning ixtisoslashmaganligi, nerv sistemasi rivojlanmaganligi va bir xil hujayralarni ikkinchi xildagi hujayralarga oson aylanishi bilan boshqa kup hujayralilardan keskin ajralib turadi.
Haqiqiy kup xujayralilar (Eumetazoa) bo’limi o’z navbatida radial simmetriyalilar yoki ikki kavatlilar(Radiata) hamda ikki tomonlama simmetriyalilar (Bilateria) kichik bulimlarga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga bushliqichlilar va ninaterililar tiplari kiradi. Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarni ham o’z navbatida tana bushlikka ega bulmagan parenximatoz hayvonlarga (yassi chuvalchanglar, nemertinlar, mollyuskalar tiplari); birlamchi tana bushlikdilarga (tugarak chuvalchanglar, tikanbosh lilar ti p lari ), ikkilamchi tana bo’shliqlilar, ya’ni tselomik hayvonlarga (halkali chuvalchanglar, ignaterililar, xordalilar tipi) va aralash tana bushlikdilar (bugimoyokdilar tipi)ga ajratish mumkin.
Embrional tuzilishiga binoan tselomli hayvonlarni ham birlamchi ogizlilar (Protostomia) va ikkilamchi og’izlar (Deuterostomia) guruhlariga ajratiladi. Birlamchi og’izlilarning embrional rivojlanishi davrida hosil bulgan birlamchi ogiz (blastopor), ular voyaga yetgan davrida xam og’iz teshigi bulib qolaveradi. Bu guruhga halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bugimoyokdilar va onihoforalar tipi kiradi. Ikkilamchi ogizlilarning embrional rivojlanishidagi hosil bulgan birlamchi og’iz voyaga yetgan hayvonning chikarish teshigiga aylanadi. Ikkilamchi, ya’ni haqiqiy ogiz teshigi esa keyinchalik mustaqil holda, kupincha chiqarish teshigi joylashgan kutbning karama-karshi tomonida x,osil buladi. Bu guruhga ignaterililar, chalaxordalilar va xordalilar tiplari kiradi. Qiljaglilar va pogonoforalarning embrional rivojlanishi yukorida kursatilgan ikkita guruhning birortasiga ham uxshamaydi. Shuning uchun bu ikki tip vakillarini birlamchi yoki ikkilamchi ogizlilarga kiritib bulmaydi.
Ko'p hujayrali hayvonlarning tanasi har xil tuzilishga ega bo'lgan ko'p sonli hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayralar guruhi muayyan bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari qisqarish xususiyatiga ega bo'lib, harakatlanish vazifasini bajarsa, nerv hujayralari ta'sirlanish va ta'sirga javob berish vazifasini bajaradi. Ko'p hujayralilar organizmidagi ayrim hujayralar organizm uchun zarur bo'lgan muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Shuning uchun organizmdan ajratib olingan ayrim hujayralar mustaqil hayot kechira olmaydi. Ko'p hujayrali hayvonlar 17 dan ortiq tipga bo'linadi. Hamma ko'p hujayralilarni tana simmetriyasining rivojlanishiga ko'ra shulasimon, ya'ni radial va ikkiyonlama, ya'ni bilaterial simmetriyalilarga ajratish mumkin. Shu'lasimon simmetriyali hayvonlarni bo'shliqichlilar va ignaterililar tiplarining vakillari tashkil etadi. Ko'pchilik ko'p hujayralilar ikkiyoqlama (bilaterial) simmetriyali hayvonlar hisoblanadi. Bundan tashqari ko'p hujayralilar tana bo'shlig'ining va og'iz teshigining hosil bo'lish xususiyatlariga ko'ra birlamchi tana bo'shliqlilar va ikkilamchi tana bo'shliqlilar, birlamchi og'izlilar va ikkilamchi og'izlilarga bo'linadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling