Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti 1I-22 Guruh Talabasi Xursandov Shaxzod ning Menejmentga kirish fanidan tayorlagan Mustaqil ishi
Download 0.81 Mb.
|
menejment 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
Personalni boshqarish fanining predmeti - korxona va tashkilotlarning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tizimidir. Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilmini 13 amaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.U talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Personalni boshqarish fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan iborat.Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir. Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:1.Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling