Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti «tarix va falsafa» kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 70.59 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi70.59 Kb.
#1481324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4aziz Arablar bosqini Arablar davrida ijtimoiy hayot va boshqaruv

Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Asosiy maqsad Arablar bosqinidan so’ng Movarounnahr va Xurosonda yuz bergan davlat boshqaruv tizimidagi o’zgarishlarni turli manbalardan foydalangan holda yanada kengroq yoritib berish va aniqlik kiritishdan iborat. Bundan tashqari sulolalar o’rtasidagi mojarolarga mahalliy xalqning munosabati va xalq qo’zg’alonlari maqsadini o’rganish. Ushbu tadqiqot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  1. Arablar bosqining maqsad va vazifalarini aniqlash

  2. Arablarning o’lkani boshqarish siyosati bilan keng tanishish.

  3. Soliq siyosati va qo’zg’alonlar maqsadini aniqlash.

  4. Islomlashtirish siyosatining qay tarzda olib borilganligini aniqlash.

  • Mavzuga oid ma’lumotlarni o’rganish va tahlil qilish natijasida xulosalar chiqarish, amaliy taklif va tavsiyalar berish.

Kurs ishining tuzilishi: Ish kirish, ikki bob, to‘rt band, xulosa va foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat bo‘lib, umumiy hajmi -betni tashkil qiladi.

I BOB. ARABLAR ISTILOSI VA HUKMRONLIGI DAVRIDA O‘RTA OSIYO
I.1. Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi

Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan. So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar.


Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo‘shini tomonidan istilo qilinishi. VII asr o‘rtalariga kelib, xalifalik e’tibori 0 ‘rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallay- dilar, so‘ngra Amudaryogacha boMgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hudud- lami Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan no- ib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryo- dan shimoldagi boy viloyatlami istilo etishga tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlami arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kid- lab o‘tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo‘shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’- lum oMjalami qoMga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlami yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So‘fiyonning 654-yilda Maymurg‘ga, 667-yilda Chag‘oniyonga, 673-yilda uning o‘gli Ubaydulla ibn Zi- yodning Amudaryodan o‘tib, Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so‘ngra Buxo­ ro hukmdorini yengib, o‘z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qoMga ki- ritishi va, nihoyat, 675-676-yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Sa­ marqand tomon qo‘shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlami yengib, katta boy- lik va ko‘p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular 0 ‘rta Osiyo hu- dudlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. OMkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xusu- san, 704-yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun 0 ‘rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuk- lanadi. Qutayba 707-yilda Amudaryodan o‘tib, Poykandni egallash sari harakatla- nadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shahami qoMga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og‘ir janglar bilan fath etiladi. 710-yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug‘dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radi. Shu orada Xorazm shohi Chag‘on o‘z ukasi Xurzod boshchiligida ko‘tarilgan xalq qo‘z- g‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib, Xorazmga yurish boshlaydi. Xurzod tor-mor qilinadi
va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe boMib, uning bojdoriga aylanadi. Chag‘onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712-yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G‘urak ) edi. G‘urak arab qo‘shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng boMmaganligi sababli yengiladi. Qutayba bilan G‘urak (709-738) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, u arablarga bir yoMa 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to‘- lash, 30 ming baquvvat yigitlami qul o‘rnida berishi ko‘zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etiladi. Arab qo‘shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab, O‘rta Osiyoning sharqiy hudud­ larini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay, oMkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ish- g‘ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg‘inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo‘ravonlik o‘tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo‘lyozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko‘plab ibodat- xonalari, muqaddas qadamjolari kunpaya-kun etildi. Ulug‘ bobokalonimiz Beruniy o‘zining “0 ‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida achchiq alam bilan ta’- kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlami o‘l- dirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So‘ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlami yo‘q qildilar. Musulmon- chilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ulaming nazarida g‘ayritabiiy hoi hisoblanib, ayovsiz yo‘q qilindi. Bulaming o‘miga arablar aholi- dan olingan mo‘may daromadlar, to‘lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjid-u madrasalar, xonaqolar, maqbaralar barpo etib, odamlami ularga da’vat etdilar. Yur- timiz jilovini qoiga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulm-u asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o‘lponlarni joriy etdilar.

685-705-yillarda xalifalik taxtini Abdumalik ibn Marvon boshqardi. U Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishni o'z oldilariga asosiy maqsad qilib qo'ydilar. 705-yilda boshlangan hujum natijasida Qutayba ibn Muslim Balx, Chag'oniyon, Shumanni egallab, O'rta Osiyo janubidagi kichik viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710—712-yillarcia Xorazmshoh Chag'on Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. Qutayba endi o'z nigohini Samarqandga qaratadi. Unga Xorazmshoh va Buxorxudot qp'shinlari yordam berdilar. Bu paytda Samarqandda norozilik qo'zg'oloni bo'lib, Tarxun taxtdan ag'darilgan edi. Samarqand taxtiga Tarxunning ukasi G'urak (710-737) o'tirgan edi. U arablarga qattiq qarshilik ko'rsatsa-da, yengildi. Ikki o'rtada sulh tuzildi. Shartnomaga ko'ra, G'urak So'g'd, Kesh, Nasaf hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2000 boiak gazmol to'lash majburiyatini oldi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu erda o'z ukasi Abdurahmon ibn Muslimni saralangan qo'shin bilan qoldiradi. Ammo 712-yilda shaharda arablarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon faqat 713-yil bahoridagina Qutayba tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq arablarga qarshi kurash lo'xtamadi. Bu gal arab istilochilariga qarshi So'g'd, Choch, Farg'ona ittifoq tuzadi. Ittifoqqa Panjikent hokimi Divashtich ham qo'shiladi. Qutayba faqat 715-yil boshidagina Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazmdan 20 ming askar yordam olgach, raqiblarini tor-mor keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma viloyatlarda arab amirlarini noiblikka qo'ydi. Xuddi shu yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o'rniga taxtga Sulaymon ibn Abdumalik o'tiradi. Qutayba unga bo'ysunmay qo'zg'olon ko'tardi. Biroq Qutaybaning o'zi 715-yilda Farg'onada askarlar tomonidan o'ldirildi.


Shunday qilib, arablar O'rta Osiyoni bosib olish uchun o'n yil jang qildilar va uni o'z mustamlakalariga aylantirdilar. Buning eng asosiy va bosh sababi o'lka xalqlari o'rtasida birlik va ahillikning bo'lmaganligi, aholining har xil diniy g'oyalarga sig'inganligidir.


Download 70.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling