Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti «tarix va falsafa» kafedrasi


II BOB. ARABLAR DAVRIDA IJTIMOIY HAYOT VA BOSHQARUV TUZUMI


Download 70.59 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi70.59 Kb.
#1481324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4aziz Arablar bosqini Arablar davrida ijtimoiy hayot va boshqaruv

II BOB. ARABLAR DAVRIDA IJTIMOIY HAYOT VA BOSHQARUV TUZUMI
II.2. Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi
O'zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so'ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo'lib, uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda diniy hokimiyat tegishli bo'lgan. Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O'zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo'yicha noibi idora etgan.
Noib alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayxlarini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o'lponlar yig'ish hamda jamoat tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba'zi shaharlarning hokimlari ma'muriy-moliyaviy ishlardan tashqari, hatto harbiy kuchlarni ham boshqarganlar. Ko'p joylarga arablar o'z harbiy qismlarini joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. Arablarning ma'muriy apparati va mirshablari bo'lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo'riqchilari mavjud edi.
VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganlaridan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgari yerlar Buxoroda yirik zodagon - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug' vazir)ga tayangan. Harbiy ishlar, harbiy qo'shinlar amir ul-umaro qo'li ostida edi. Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko'rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo'lingan: ular devon al-mashriq, devon al-mag'rib va devon al-harajdan iborat bo'lgan. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal etilar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlash yoki bo'shata olish huquqiga ega edi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur'oni Karim va Rasululloh (s.a.v.) ko'rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko'rib chiqilgan.
Shunday qilib, VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy-idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o'z ta'sirini o'tkaza oldilar.Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach, bu hududdagi hamma shaharlar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun og‘ir yuk bo’lib qoldi. Istilochilar avval boshda Movarounnahming hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ulami taladilar va katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. 0 ‘lkalami bosib olish chog‘ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina joy- larda qurg‘oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o‘ljalar, Buxoro, Poykand va So‘g‘d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi.
Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan sa- farbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok boidi, bir qis- mi asir olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashti- rishgan arablar shu harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirishar, ulami turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylaming qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar deh­ qonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘masha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolami ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan be- pul foydalanar edilar. Shu bilan birga, mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shini- ni ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab tu- rishi kerak edi. Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig‘i ham qo‘shildi.
Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqaror- ligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor ber- dilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, bud- dizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa, zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodat- xonalari yo‘q qilindi. Uning o‘miga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan, diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.
“Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini qirib tashlab, ulaming kitob va qo’lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yoz- gan edi Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ulaming faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat o‘zlari uchun mos boigan xotiralargina saqlanib qoldi”.
So‘g‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon boigan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya soligini o‘z vaqtida toiamagan kishilar tutib olinib, bo‘yinlariga “qarzdor” deb taxtachalar osib qo‘yilgan.
Qutaybaning o’limidan so‘ng, arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda b o ia boshlaydi. Sulaymon vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717— 719) - Umar II xorijiylar talimoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiq- qan guruh boiib, ilk islom taiimoti tartiblarini va umumiy tenglik g‘oyalarini ilga- ri surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘y- sundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movaroun- nahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko‘ra, arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda, yangi musulmonlardan ham juz­ ya va xiroj soligi olish bekor qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on va Hadislarga qat’iy amal qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo’llar bilan xiroj soligi yig‘a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat soligi sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytiri- shni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719-yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq olish ko‘zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib, Samarqand shahristonini qaytarib berishni so‘radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishi- ni so‘raydi. Samarqandliklar shikoyati ko‘rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foy- dasiga hal bo‘ldi. Qozi Samarqanddan arab gamizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan sa­ marqandliklar o‘z da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay qo'ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan soliqlami olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kucha- yib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.


Download 70.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling