Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi 6mm-20 guruhi talabasi Saydullayev Oybek
Download 485.33 Kb.
|
Abdusalomov Samariddin 1-mustaqil ish
O’tgan asr oxirgi o’n yilliklari davomida qator davlatlardagi, shu jumladan ayrim rivojlangan mamlakatlardagi byudjet inqirozlari natijasida davlat byudjeti samarali ijrosi masalalariga e’tibor keskin ortdi. Bunday salbiy holatlarga sabab bo’lgan omillar har bir davlatda o’zgacha bo’lgan bo’lsada, ularning barchasi uchun xos bo’lgan ikki umumiy yo’nalishni belgilash mumkin. Ayrim mamlakatlarda inqiroz sababi bo’lib xarajat va daromadlar o’rtasidagi tafovut va demak, ko’p xolatlarda inflyatsion xarakterga ega manbalar orqali qoplanadigan byudjet taqchilligining o’sib borishi xos bo’lgan bo’lsa, boshqa davlatlarda mazkur holat xorijiy davlatlardan yuqori hajmlarda qarzlar jalb qilib va demak, davlat sektori xarajatlarining keskin ko’tarilishi evaziga iqtisodiy o’sishga erishish bo’ldi. Ammo ikkala xolatda ham ularning natijasi o’laroq ko’proq yoki kamroq darajada byudjetning yirik taqchilligi va uning bilan bog’liq pul-kredit sohalaridagi nomutanosibliklar yuzaga kela boshladi. Bularning barchasi tashqi jamg’armalar oqimlarining keskin kamayishiga (tashqi qarzlar darajasi ularni to’lash imkoniyatlari doirasidan keskin oshib ketadi) va valyuta kurslari tizimining buzilishiga olib keldi. Bunday holatlarning tahlili mana shu o’n yilliklar davomida ko’plab mamlakatlarning byudjet tizimlarida o’ziga xos o’nglab bo’lmas salbiy o’zgarishlar yuzaga kelganidan dalolat bera boshladi.Byudjet taqchilliklari, katta hajmdagi tashqi qarzlar, xo’jalik faoliyatining ko’plab turli ko’rsatmalar orqali yurgazilishi yoki boshqacha qilib aytganda reglamentlashtirilishi va protektsionizm siyosati inflyatsiyani chuqurlashuviga olib keldi, valyutalar almashtirish kurslarining barqaror emasligi va foiz stavkalarining o’sishi kabi omillar makroiqtisodiyot darajasidagi qator muammolarning keskinlashuviga sabab bo’ldiOʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Download 485.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling